Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti


II BOB. Turkkomissiya tuzish to‘g‘risidagi qaror



Yüklə 139,8 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü139,8 Kb.
#204922
1   2   3   4   5   6   7   8
Turkiston ASSR ning tuzilishi1...

II BOB. Turkkomissiya tuzish to‘g‘risidagi qaror
2.1. Sovet hokimiyatining Turkiston respublikasida hayotga
tatbiq etgan qarorlar.
1919 yilning 8 oktyabrida V.Lenin Butunrossiya MIK va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) tuzish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu komissiya tarkibiga Sh.Z.Eliava – rais, M.V.Frunze, V.V.Kuybishev, Ya.Rudzutak, F.I.Golosheykin, T.I.Bokiylar kirdilar.22 Ushbu komissiya juda katta vakolatlarga ega bo‘lib, jumladan, Butunrossiya MIK va XKSning vakolatiga, Turkiston hududlarida va qo‘shni davlatlarda ularning nomidan ish ko‘rish huquqiga, RKP (b) MK nomidan respublikada oliy partiya nazorati va rahbarligini amalga oshirishga, o‘lka partiya tashkilotlarini tarqatib yuborish, favqulodda s’yezdlar va konferensiyalar chaqirish hamda partiya MK qarorlarini qat’iy bajarishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ko‘rish huquqlariga ega edi. Ushbu komissiyaning asosiy maqsadi – mahalliy aholi manfaatlari yo‘lida ishlash emas, balki Turkistonda sovet hokimiyatining mavqyeini mustahkamlash, imperiyaviy markaz bilan lenincha rahbariyatning go‘yo “strategik to‘g‘ri yo‘lini buzgan”, yangi hokimiyatning maqsad va mohiyatlarini “buzib” ko‘rsatgan mahalliy arboblar faoliyatini nazorat qilish hamda ular o‘rtasidagi masofani uzoqlashtirishdan iborat edi.23
Turkiston komissiyasi amalda mintaqadagi barcha partiya, sovet, xo‘jalik va partiya tashkilotlariga rahbarlik qilib, Markazdagi bolshevikcha siyosatni qat’iy ravishda amalga oshirishga kirishdi. Turkkomissiya o‘lkadagi butun hokimiyatni to‘laligicha o‘z qo‘lida to‘plab, faqat markaz manfaatlarini amalga oshiruvchi “davlat ichidagi davlat” vazifasini bajardi.
Sovet hokimiyatining Turkiston respublikasida hayotga tatbiq etgan dekret va qarorlari mahalliy xalqlarni mustamlakachilik asoratida tutib turish uchun xizmat qilgan edi. Xususan, Butunrossiya MIKning 1920 yil 10 apreldagi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risidagi”24 qarorida, 1921 yil 11 apreldagi “Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasini ta’sis etish to‘g‘risidagi” dekretda, RKP (b) MK 1920 yil 19 iyunda qabul qilgan “Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi” Nizomda, umuman, RKP (b) tomonidan e’lon qilingan ko‘plab dekretlar, chaqiriqlar, murojaatnomalarda ko‘zda tutilgan xalqlarga erkinlik berish, o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash, ajralib chiqib mustaqil davlat tuzish huquqi o‘rniga Turkiston o‘lkasiga yarim huquq va erkinliklar berish, uni Rossiya tarkibidagi avtonom respublika shaklida saqlash siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Turkiston o‘lkasi mustamlakachilikning yangi “sovet” shakliga aylandi.
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo‘ldi. Milliy kommunistlar o‘lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919 yil martda tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, Qayg‘usiz Otaboyev, Yusuf Aliyev, Abdulla Rahimboyev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov, Inomjon Xidiraliyev kabi ko‘plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar.
1920 yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot – TKP O‘lka komiteti, Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi yagona kommunistik partiyaga birlashtirildi. Konferensiya qarorida “Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasi” deb rasmiy nomlangan ushbu partiya keng mehnatkashlar ommasining partiyasi bo‘lishi, RKP (b) MKga nisbatan viloyat (o‘lka) komiteti huquqlaridan foydalanuvchi va unga bo‘ysunuvchi o‘z MK tomonidan boshqarilishi kerak edi. Shuningdek, konferensiyada T.Risqulov tomonidan Turkiston Sovet Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni Turkiston respublikasi deb atash taklif qilinganda bu taklif konferensiya ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.25
Taklif etilgan Turk respublikasiga TSR dan tashqari qo‘shni milliy respublikalarda (hoz. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlari) yashovchi turkiy xalqlar kirishi kerak edi. T.Risqulov o‘z ma’ruzasida Turkiston respublikasi Konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish, musulmonlarning alohida armiyasini tuzish hamda qizil armiyaning musulmon bo‘lmagan barcha qismlarini Turkistondan olib chiqib ketish masalasini ham ko‘targan edi. T.Risqulovning ushbu g‘oyalari TKPning V o‘lka konferensiyasi (1920 yil yanvar) da ham ma’qullandi. Musbyuroning III konferensiyasi “Turkiston muxtoriyati va Konstitutsiyasi haqidagi rezolyutsiya” qabul qildi. Ushbu hujjatda quyidagi takliflar bor edi.26
Besh viloyat – Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Samarqand, Kaspiyorti viloyatlaridan iborat Turkiston qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq, qipchoq, taranchi, tatar, dungan va boshqalardan iborat turkiy xalqlar (shuningdek, tojik, kelib chiqishi turk bo‘lmagan mahalliy yahudiylar hamda boshqa chetdan kelgan rus, armani, yahudiylar) mamlakatidir.27
RSFSR Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq, Turkiston muxtor respublikasi milliy sovet respublikasi hisoblansin, unda o‘z taqdirini o‘zi belgilovchi mahalliy xalq turkiy xalqlardir. Shu tufayli hududiy mazmun kasb etuvchi “RSFSR Turkiston Respublikasi” nomli “RSFSR Turk respublikasi” deb o‘zgartirilsin.
Sovet Turk respublikasi o‘z davlat faoliyati va Konstitutsiyasini mahalliy aholining tarixiy, iqtisodiy turmush talablariga javob bera oladigan asosda qurishi lozim.
Turkistonning besh viloyati o‘rtasidagi geografik chegaralar to‘siq hisoblanmasin.
Turkiston Respublikasi Sovetlarining VI s’yezdida tasdiqlangan Konsitutsiyasi qayta ko‘rib chiqilsin…, mahalliy hayotga muvofiq keladigan, RSFSR mehnatkashlari va ezilgan xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi asosidagi yangi Kostitutsiya ishlab chiqilsin.28
Ezilgan xalqlar mehnatkashlarini baynalmilal jipslashtirish manfaatlarini ko‘zlab, turkiy xalqlarni tatar, qirg‘iz, boshqird, o‘zbeklarga ajratib bo‘lib tashlash va alohida mayda respublikalar tuzish uchun intilishlarga kommunistik tashviqot yo‘li bilan barham berilsin…
T.Rizqulov Moskvaga, RKP (b) MK va V.Lenin nomiga bir necha marta radiogramma orqali xabar yuborib bu rezolyutsiyani tasdiqlashni so‘radi. Ammo, ushbu rezolyutsiya Turkkomissiya tomonidan keskin qoralanib, T.Rizqo‘lov va uning tarafdorlari “milliy og‘machilik”da ayblanib, ularga “panturkist” tamg‘asi bosildi. 1920 yil 8 martda RKP (b) ning maxsus qarori bilan “Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasi va Turk respublikasi” tuzish haqidagi qaror noqonuniy ravishda rad qilindi. T.Rizqulovning Moskvaga, Lenin huzuriga shaxsan borib “Turkistonda davlat qurilishi to‘g‘risidagi Nizom” loyihasini taqdim etishi ham samarasiz tugadi.
1920 yilning iyun oyida Turkkomissiya tarkibidan RKP (b) Turkiston byurosi (Turkbyuro) ajralib chiqdi. Turkbyuro partiya tashkilotlari faoliyatini nazorat qilib, Turkkomissiyaning izdoshi sifatida mintaqada Markazning mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Turkbyuro faoliyatini 1921-1922 yillarda Ya.Rudzutak, A.Ioffe, S.Gusev boshqardilar. 1922 yil may oyida Turkbyuro RKP (b) tomonidan O‘rta Osiyo byurosi qilib qayta tuzildi.29
1920 yilning yozidan boshlab Turkiston respublikasida vaziyat keskin o‘zgardi. T.Rizqulov hamda uning tarafdorlari hukumatdagi mas’ul lavozimlaridan iste’foga chiqdilar. Hokimiyat tepasiga esa Turkkomissiya va Turkbyuroning xohishi bilan hisoblashadigan shaxslar keldilar. Faqat Markazning ko‘rsatmalari bilan ish olib boradigan Turkkomissiya Turkistondagi butun hokimiyat organlarini o‘z qo‘liga olib, respublikada yangi sovet mustamlakachilik tizimini o‘rnatishga harakat qildilar va afsuski bunga erishdilar. Natijada Turkiston ikkinchi marta Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylandi.



Yüklə 139,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin