Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 149,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü149,91 Kb.
#210261
1   2   3   4   5   6   7
 
 
 
 



1.
 
Aholini ijtimoiy himoyalashda davlat byudjetining daromad va 
xarajatlari 
Byudjetning daromadlari va xarajatlari byudjet hisobining asosiy obyektlari 
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming byudjet ijrosi jarayonining ayrim 
bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega. Davlat byudjeti daromadlari 
iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:
1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;
2) jismoniy shaxslardan tushgan mablagMarga boMinadi. 
Davlat byudjeti daromadlari byudjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar;
2) nosoliq tushumlarga bo‘linadi.
Davlat byudjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish davrlari bo‘yicha:
1) hisoblangan daromadlar;
2) kassa daromadlariga boMinadi. Davlat byudjetining hisoblangan darom 
adlari. Byudjetning kassa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda 
moliya organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan daromadlar davlat b u d jetin 
in g hisoblangan d arom adlari, deb ataladi.
Davlat soliq va m oliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor 
hisobi olib boriladi. Davlat byudjetining kassa daromadlari. Byudjetning bankdagi 
schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat byudjetining kassa darom 
adlari, deb ataladi. Kassa daromadlari byudjetning daromad qismining bajarilish 
darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham byudjet daromadlarining tushumida faqat 
kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi. D avlat byudjetining kassa xarajatlari.
Byudjetning 
bankdagi 
schyotlaridan 
byudjetda 
ko‘zda 
tutilgan 
xarajatlargagina mablag‘ beriladi. Byudjet mablag‘ari naqd pul sifatida hamda 
pulsiz hisob-kitoblar yoki bilan berilishi mumkin. Byudjetning bankdagi 
schyotlaridan bank muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat byudjetining 
kassa xarajatlari, deb ataladi. Davlat byudjetining haqiqiy x arajatlari. Byudjet 
mablag'lari hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan 
yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to‘lanmagan xarajatlar davlat byudjetining 



haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Byudjetning haqiqiy xarajatlari moliya organlarida 
hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar hisobi faqat bu xarajatlarning paydo bo‘lish 
joylaridagina, ya’ni byudjet tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda olib 
boriladi. Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni bank 
muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni esa byudjet 
tashkilotlaridan va xo'jalik yurituvchi subyektlardan oladi. Hisoblangan va kassa 
daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar byudjet ijrosi jarayonining turli bosqichlarini 
tavsiflaydi. Moliya organlari byudjet ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd 
etadi. 
Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat byudjetining 
daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi yotadi. Byudjet 
tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish 
maqsadida byudjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet 
ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan 
qiyoslanishini ta ’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar 
daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish 
manbalarini guruhlash hisoblanadi.
Byudjet tasnifi hamma byudjetlami bir yagona davlat byudjetiga jamlash 
imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirishuvchi 
hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat 
byudjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular 
boMinmalar deb yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar byudjet 
tasnifi bo‘linmalari hisoblanadi. Byudjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi.
Turli darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi k o ‘rsatkichlari doirasida 
shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish 
kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi. Byudjet tasnifi: 
1) byudjet daromadlari; 
2) byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan; 



3) byudjet xarajatlarining tashkiliy;
4) byudjet xarajatlarining iqtisodiy; 
5) davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini o‘z 
ichiga oladi. 
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi deganda qonun hujjatlariga muvofiq 
davlat byudjeti daromadlarining turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashtirish 
tushuniladi. Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi deganda davlat 
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa 
byudjet tashkilotlari tomonidan ijro ctiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha davlat 
byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi deganda budjctdan 
ajratiladigan m ablaglar ulami bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks 
ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha davlat byudjeti 
xarajatlarini guruhlashtirish tushuniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi deganda to ‘lovlaming 
iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarini guruhlashtirish 
tushuniladi. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi deganda 
Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalarini moliyalashtirishning ichki 
va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashtirish tushuniladi. Byudjet taqchilligi 
deganda muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq 
boMganligi tushuniladi.

Yüklə 149,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin