2.
Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish
tartibi.
Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi mamlakatdagi mavjud bo‘lgan
byudjet tuzilmasi asosida amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining
buxgalteriya hisobi bevosita moliya organlari, bank muassasalari va byudjet
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatning davlat byudjeti ijrosining
hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik 0‘zbckiston Respublikasi Moliya
vazirligiga yuklatilgan. Moliya organlarining byudjet ijrosining buxgaltcriya
9
hisobini olib borishdagi funksiyalari keyingi bobda yoritiladi. Mamlakat davlat
byudjetining kassa ijrosi bank muassasalariga yuklatilgan. Ular respublika
byudjetining kassa daromadlari va kassa xarajatlarini hamda mahalliy byudjetlar
mablag‘larining hisobini olib boradi, respublika byudjetining kassa ijrosi bo‘yicha
hisobotlami tuzadi, respublika byudjeti daromadlari va xarajatlarining analitik
hisobini olib boradi.
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini
amalga oshiradi va bu smetalar ijrosi to‘g ‘risida hisobotlami tuzadi. Byudjet
daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan
ta’minlash moliya organiari byudjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu m
a’lumotlar asosida byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik
amalga oshiriladi.
Bu maqsadlar uchun moliya organiari byudjet daromadlari va xarajatlari, bank
muassasalaridagi byudjetning pul mablag‘lari, byudjet bo‘yicha ochilgan kreditlar
va berilgan mablagMar, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, ssudalar va
boshqalar hisobini yuritadi. Moliya organiari, shuningdek, bank muassasalari
tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan byudjetlar
bo‘yicha to‘g ‘ri taqsimlanishi, byudjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab byudjet
mablag‘larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi hamda byudjet mablag‘ larining butligini ta’minlaydi. Moliya organiari
byudjet ijrosi to‘g ‘risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlami tuzadi va byudjet
ijrosi natijalarini aniqlaydi.
Moliya organiari o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosining buxgalteriya
hisobini bevosita amalga oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi
respublika
byudjeti
ijrosining
buxgalteriya
hisobini
amalga
oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Viloyatlar, shaharlar va
tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, tumanlar byudjetlari ijrosining
buxgalteriya hisobini amalga oshiradi. Moliya organlari muayyan m a’muriy-
hududiy birlikdagi barcha boshqa byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil
10
qiladi. Moliya organlari byudjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi
va ularga tegishli ko‘rsatmalar beradi. Har bir moliya organi o‘zi ijro etayotgan
byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan ma’muriy-hududiy birlik
byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi. Davlat byudjeti ijrosining
buxgalteriya hisobi bo‘yicha moliya organlarining vazifalariga:
1) byudjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga
kelib tushgan daromadlaming byudjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan
nazoratni olib borish;
2) bank muassasalarida saqlanilayotgan byudjetning naqd pulían buxgalteriya
hisobini yuritish;
3) byudjet ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan turli operatsiyalar (byudjetlar
o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, byudjetlarga ssudalar berish va byudjetlardan
ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish;
4) byudjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini
yuritish; 5) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish;
6) quyi moliya organlarida va byudjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda
buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat
qilish;
7)
buxgalteriya
hisobi
va
hisobotini
markazlashtirish
va
mexanizatsiyalashtirish bo'yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat
qilish kiradi. Yuqorida ko'rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligida uning davlat byudjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida
esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan.
Respublika byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi davlat byudjeti bosh boshqarmasi Davlat byudjeti ijrosi va hisobi
bolimi yuritadi. Mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tegishli moliya
organlarining buxgalteriya xizmatlari yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligini davlat byudjeti ijrosining hisobi bo‘yicha funksiyalari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi:
1) mamlakatning davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish
11
va uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
2) byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi va byudjet ijrosi to‘g‘risida
hisobotlar tuzish bo‘yicha moliya organlari, byudjet tashkilotlari va boshqalar uchun
yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqish;
3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar
korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar shakllarini,
hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va shakllarini belgilash;
4) respublika byudjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;
5) rcspublika byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;
6) mamlakatning davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish.
Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti
bosh boshqarmasi davlat byudjeti ijrosi va hisobi bo'limi mahalliy moliya
organlarida byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi ustidan bevosita
rahbarlikni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan
iborat:
1
1) o‘zlari ijro etayotgan byudjetlaming hisobini bevosita yuritish va bu
byudjetlar ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, turnan byudjeti ijrosi
to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.
Mahalliy moliya organlari tegishli byudjetlar daromadlarini va xarajatlarini,
ulaming pul mablag‘larini, fondlarini, ssudalami, byudjetlar o‘rtasidagi hisob-
kitoblami, boshqa byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag‘larni va byudjet
ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda ular tomonidan moliyalashtirilayotgan
byudjet tashkilotlarida hisob va hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi. Mahalliy
moliya organlari respublika byudjetini kassa ijrosining hisobi bo‘yicha va
moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan bajarilishini nazorat
qiladi. Mahalliy moliya organlari mahalliy byudjetlaming daromadlari va
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat
organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni. 2017 yil 24 may
12
xarajatlarini analitik hisobini olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlar ijrosining buxgalteriya hisobi 0‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkcnt shahar
moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlari tomonidan olib
boriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar kassa ijrosi 0
‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining « 0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa ijrosi
bo‘yichayo‘riqnoma»siga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar, shaharlar va
tumanlar
byudjetlari
hisobvaraqlaridagi
hamda
bu
byudjetlardan
moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisobvaraqlaridagi byudjet mablag‘larining
qoldig‘i to‘g‘risidagi m a’lumotni «0‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti kassa
ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma»da belgilangan tartibda va muddatlarda 0‘zbekiston
Respublikasi bank muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlardan kapital
qo‘yilmalami moliyalashtirish
0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali
bu masala bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi. 0‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va 0‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital qo‘yilmalami
moiiyalashtirish bo‘yicha davriy va yillik hisobotni belgilangan tartibda va
muddatlarda tcgishli moliya organlariga taqdim etadi.
Davlat budjeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) respublika byudjeti;
2) QoraqaIpog‘iston Rcspublikasining byudjeti va mahalliy byudjetlar.
Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog'iston Respublikasining
13
respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi
tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning byudjeti viloyat
byudjetini, viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o ‘z ichiga
oladi. Tumanlarga bolinadigan shahar byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari
bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjeti va tuman tarkibiga kiruvchi shaharlar
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti o‘z
ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlarni oladi. Bundan tashqari Davlat byudjeti tarkibida Respublika yo‘l fondi,
0‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulki qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i, Ish
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi hamda 0‘zbekiston Respublikasi
budjtdan tashqari Pensiya fondi mablaglari jamlanadi.
Davlat byudjetiga kclib tushgan mablaglarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida kirim
qilinishini ta’minlash maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
23402 «Respublika byudjetining mablag'lari» hisobvarag‘i Markaziy bankning
Toshkent shahar va hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob kassa
markazlarida hamda tijorat banklarida byudjet daromadlari tasnifiga asosan ochiladi.
Davlat byudjetining buxgalteri hisobi, byudjetga daromadlar tushumi ustidan,
har bir soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga to’lovlami o‘tkazishi ustidan tizimli
nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi. Byudjet daromadlari asosan bank
muassasalariga tushadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya
organlari bank muassasalari tomonidan daromadlar tushumlarini respublika byudjeti
va mahalliy byudjetlarga to‘g‘ri o‘tkazayotganligini kuzatib boradi.
Yil boshiga qadar moliya organlari bank muassasalariga har bir turnan yoki
shahar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlaming ro‘yxati va
ulardan undiriladigan to'lovlar ro‘yxati, bu to‘lovlar qaysi byudjetga va byudjet
tasnifining qaysi boMimiga to‘lovlar o‘tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi.
Bir vaqtning o'zida bank muassasalariga har yili umumdavlat soliqlari va
daromadlarining taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy
byudjetlarga qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi. Moliya
14
organlarida byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya organining
buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa soliq organlari olib
boradi.
Moliya organining buxgalteriya xizmati faqat mazkur byudjetning
daromadlarinigina hisobga olib boradi. Moliya organi funksiyalariga barcha
daromadlaming, qaysi byudjetga kclib tushishidan qat’iy nazar, hisoblanishi, kelib
tushishi, hisobga o‘tkazilishi va qaytarilishini hisobga olish kiradi. Soliq organi
daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy schyotlar olib boradi, byudjetga tushgan
daromadlaming tezkor ma’lumotlarini aniqlaydi. Byudjet daromadlari turli
hujjatlarga asosan byudjet tasnifi bo‘yicha hisobga olinadi.
To‘lov hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming to‘lovchilarini
aniqlash imkonini beradi. Mahalliy byudjet mablag'lari depozit hisobvarag'i
bo‘yicha bank muassasasining ko‘chimiasiga ilova qilingan to‘lov hujjatlari, mazkur
byudjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asosiy hujjat bo‘lib xizmat
qiladi. Mahalliy moliya organi faqat mazkur byudjetga tushgan daromadlarinigina
emas, balki respublika byudjetiga o‘tkaziluvchi daromadlami ham nazorat qiladi.
Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi byudjetga tushishidan qat’iy nazar
barcha daromadlar hisobvaraqlari bo'yicha ko‘chirmalami ham mahalliy moliya
organlariga jo ‘natadi.
2
Dostları ilə paylaş: |