Innovatsiyalar vazirligi turon xalqaro universiteti



Yüklə 183,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü183,88 Kb.
#177019
növüReferat
1   2
Anvarova Mavluda

Ong va Ongsizlik.
Ong inson ruhiy hayotini to‗la ifodalay olmaydi. Inson 
ruhiyatida ong bilan birga ongsizlik ham mavjud. Jahon falsafiy an‘anasi va 
psixologiyasida ong va ongsizlik olimlar tomonidan tan olinmoqda. Biroq yaqin 
o‗tmishda, ya‘ni o‗tgan asrning 20-50 yillarida sobiq ittifoqda ongsizlik tu-
shunchasi qoralangan va idealistik tushuncha hisoblangan edi. 60- yillardan 
boshlab ongsizlik tushunchasi qayta tiklanib, uning fenomeni faol o‗rganila 
boshlandi. 
Ongsizlik inson aqliy sohasidan tashqarida ong tomonidan nazoratga 
olinmaydigan turli ruhiy hodisa va holatlar majmuidir. Ongsizlikka tush ko‗rish, 
gipnotik hollar, g‗ayrishuuriy holatlar va hokazolar kiradi. 
Ayni paytda shaxs ongining diqqat markazida bo‗ladigan barcha narsalar 
xotira yordamida ongga kiritilishi mumkin emas, ularni ongsizlikka kiritish ham 
noo‗rindir. Masalan, o‗tmishda ko‗plab axborot olganmiz, lekin u ongimiz amal 
qilishining har bir daqiqasida bizga bevosita ta‘sir ko‗rsatmaydi. Uni amalda ong 
fokusiga yuborish mumkin, ammo ular ham muayyan holda xatti-harakatlarimizga 
ta‘sir etadi. Ongsizlik sohasiga insonning biologik mavjudot sifatidan holi 
bo‗lmagan instinktlari kiradi. Instinktlar insonda ongosti istak-mayllari, tuyg‗ulari, 
xohish impulslarini paydo qiladi, keyin ular ong sohasiga aylanadi. 
Avtomatizm deb ataladigan hodisa va intuitsiya ong yordamida
 
tug‗ilishi, 
keyin esa ongsizlik sohasiga o‗tishi mumkin. Avtomatizm insonning murakkab 
harakatlari bo‗lib, dastlab ong nazorati ostida sodir bo‗ladi, uzoq mashq qilishlar
ko‗plab takrorlashlar oqibatida nazoratdan chiqadi va ongsizlikka aylanadi. 
Masalan, musiqa asboblarini chalish, suzish, velosiped yoki avtomobil haydash, 
ba‘zi oddiy mehnat qilish usullari va hokazo. Bunday avtomatizmlar hayotimizga 
chuqur kirib borgan. Ongsizlik tizimida odamning muayyan vaziyatda ma‘lum 
faollikka intilishi, tayyorligi muhim o‗rin tutadi. 


21 
Ongsizlik elementlari yuqoridagidan tashqari ongga yaqinlik darajalari bilan 
ham farq qiladi. Fanda, hattoki, ongosti deb ataladigan ongsizlik darajasi yoki 
mahsus qatlam ham ajratib ko‗rsatiladi, unga ong darajasidan avtomatizm 
darajasiga o‗tish bilan bog‗liq bo‗lgan psixik hodisalar kiradi. 
Avtomatizmlar misolida ongsizlikning himoyalanish funksiyasi yaxshi 
ko‗rinadi, ongsizlik momenti ishga tushishi bilan ongning ishi kamayadi va inson 
ijodiy imkoniyatlari kengayadi. Masalan, avtomobil haydash mahorati yuksak 
kishilar bu jarayonda bir vaqtning o‗zida ham musiqa eshitishlari, ham muhim 
masalada suhbat olib borishlari mumkin. Komputerda matnni bexato yozayotgan, 
bir qulog‗idagi eshitgich bilan musiqa tinglayotgan va kasbdoshlarining suhbatida 
faol ishtirok etayotgan hodimlarni ko‗p uchratish mumkin. Holbuki, bu 
holatlarning har biri ongning, diqqatning bo‗linishini talab qiladi. 
Shu ma‘noda, ongsizlik inson xatti-harakatlarini boshqarishi ham, ongga 
muayyan tarzda ta‘sir ko‗rsatishi ham mumkin. 
Adabiyotdagi ikkita faktni keltiramiz. Ba‘zi xorijiy mamlakatlar 
kinoteatrlarida badiiy film namoyishi payti biron-bir tovarni reklama qiluvchi 
maxsus kadrlar ko‗rsatilgan. Bu kadrlar inson ko‗zi ilg‗amas muddat ichida (ya‘ni, 
0,5 s. dan kamroq) ko‗rsatilgan va film tomoshasiga ham xalaqit bermagan. 
Tomoshabin bu kadrlarni ko‗rmagan, lekin ular ongosti tomonidan qayd qilinib 
seansdan so‗ng shu odamlar xatti-harakatiga ta‘sir ko‗rsatgan. Ana shu tarzda 
reklama qilingan tovarlarga nisbatan ehtiyoj odatdagidan 2-3 barovar ortgan. 
.Ikkinchi fakt. Gipnoz vaqtida bir kishiga uyg‗onganidan besh daqiqa 
o‗tgandan so‗ng burchakda turgan soyabonni olishga buyruq berilgan. Bu odam 
gipnotik uyqudan uyg‗onib, buyruqni bajargan. Ushbu harakatning sababi 
so‗ralganda, u o‗zining soyaboni ekanligi uchun shunday qilganligini aytgan. Bu 
sabab hodisaning asl mohiyatiga to‗g‗ri kelmaydi va, tabiiyki, o‗ylab topilgan edi, 
lekin o‗sha kishi ongini bu sabab mutlaqo qoniqtirgan. U o‗z xohishiga ko‗ra 
soyabonni o‗ziniki ekanligiga ishonish maqsadida olganligiga qattiq ishongan. 
Keyin qayta so‗roqlar yordamida o‗zi harakatlarining haqiqiy sababini, ya‘ni 
gipnoz paytida olingan buyruq ekanligini eslashga majbur qilishgan. 


22 
Keltirilgan misollar, birinchidan, inson ruhiyotida ongsizlik hollari 
mavjudligini ko‗rsatadi. Ikkinchidan, bunday holatlar masalani ―Onglilik bilan 
ongsizlik munosabati qanday?‖, degan savol tarzida qo‗yishga undaydi. 
Fan tarixida bu savolga birinchilardan bo‗lib avstriyalik nevropatolog, psixiatr 
va psixolog Z. Freyd (1859—1939) katta tajribaviy material asosida javob berishga 
harakat qildi. Yuqoridagi faktlarning ikkinchisiga tayangan holda Z. Freyd, 
shuningdek, ko‗plab tajribalar asosida ongsizlikning muhim, hattoki, hal qiluvchi 
roli borligi to‗g‗risidagi xulosaga keladi. Uning fikricha, inson hayotida turli 
faktorlar ta‘sirida yuzaga keladigan u yoki bu ―komplekslar‖ ongdan ongsizlikka 
siqib chiqariladi, keyin esa ular biron bir psixik hodisa yoki ruhiy kasallik sababi 
bo‗lishi ham mumkin. Aniq kompleksni aniqlash yo‗llarini topish va aniqlash, 
uning sub‘ekt tomonidan anglanishigacha olib borish zarur. Shundagina kasallikni 
davolash mumkin bo‗ladi. Z. Freyd tomonidan kompleksni aniqlash va bemorlarni 
terapevtik davolash usuli psixoanalitik metod deb atalgan edi. 
Freyd psixoanalizni bir qator tarkibiy elementlar, siqib chiqarilgan 
narsalarning (ko‗p hollarda) seksual xarakterdagi tasavvur, shuningdek, tush 
ko‗rishlarni, kasallik keltirib chiqaruvchi ongsizlikning strukturalarini aniqlash 
vositalari sifatidagi metodika tarzida asoslab berdi. Tan olish lozimki, nafaqat 
psixoanaliz qoidalari ishlab chiqilgan XX asrning birinchi choragi uchun, balki 
keyingi o‗n yilliklar uchun ham bu katta yutuq edi. Psixoanalizning diagnostik va 
terapevtik usullari ko‗pgina tibbiyot nazariyotchilari va amaliyotchilarining 
e‘tiroficha, yaxshi natijalar bergan, ba‘zi hollarda esa katta samaraga olib kelgan. 
Ongsizlik to‗g‗risidagi tasavvurlar asosida Z. Freyd o‗z dunyoqarashini, 
shuningdek, inson psixikasi, ong (men) va ongsizlik (u) o‗rtasidagi o‗zaro 
bog‗liqlik to‗g‗risidagi ta‘limotini yaratdi. 
Z. Freyd fikricha, inson ruhiyoti, uch sohaga egadir: ―U‖, ―Men‖, ―Oliy men‖. 
―U‖ ongsiz intilishlarning chuqur qatlamidir; bunda rohatlanish tamoyili 
yetakchilik qiladi. ―Men‖ onglilik sohasi bo‗lib, ongsizlik bilan tashqi dunyoni 
bog‗lab turadi va reallik tamoyili amal qiladi. ―Oliy men‖ ichki shaxsiy vijdon, 
o‗ziga xos axloqiy ta‘qiq aytish mumkinki, inson ongi ichidagi sotsiallikdir. ―Men‖ 


23 
dunyo va ―U‖ o‗rtasida vositachi bo‗lishga, ―U‖ni dunyoga muvofiq qilishga 
hamda dunyoni ―U‖ xohish-istagi bilan muvofiqlashtirishga intiladi. ―Men‖ tashqi 
dunyoga ―U‖ ta‘sirida yordam berishga va bu dunyo an‘analarini amalga 
oshirishga harakat qiladi. ―Men‖ ―U‖da hukmronlik qiladigan qoniqish tamoyilini 
reallik tamoyili bilan almashtirishga intiladi. ―Men‖ning funksional ahamiyati 
shundaki, unga normal sharoitlarda harakatga undash ustidan hukmronlik qilish 
huquqi berilgan. ―U‖ga nisbatan ―Men‖ chavandozga o‗xshash ot kuchini jilovlab 
borishi kerak, ya‘ni uni chavandozdek qayoqqa xoxlasa, o‗sha tomonga boshlaydi. 
Xuddi shunga o‗xshash tarzda ―Men‖ ―U‖ning odatdagi xohishini, go‗yoki uning 
o‗zi istagandek harakatga aylantiradi. Z. Freyd ―U‖ning ―Men‖ga nisbatan 
mohiyatini bo‗rttirib yuborgan. Bunday bo‗rttirish ongsizlik va onglilik o‗rtasidagi 
munosabatning gnoseologik aspektidan ko‗ra psixologik aspektiga, inson xatti-
harakatlarining sabablari masalasiga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Lekin bu holat Z. Freyd 
dunyoqarashi ongsizlikdan boshlanishini bo‗rttirishga tomon yo‗naltirilgan 
an‘ananing ichki mohiyatini belgilaydi. Olimning asosiy qarashlariga qarama-
qarshi bo‗lgan fikr ―barcha ruhiy jarayonlar asosan ongsizlikdir‖, degan fikrdir. 
Ongni ongsizlikkacha soddalashtirish ruhiyat va fiziologik munosabat 
muammosida Z. Freyd fikrlarining gnoseologik noizchilligini anglatadi. Bundan 
tashqari, garchi olim ong masalasining sotsial jihati to‗g‗risida fikr yuritgan bo‗lsa 
ham, lekin sotsial faktorning inson ongi va ruhiyati shakllanishi hamda 
taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib bermadi. Bu ruhiylikning ijtimoiylashuvi 
muammosining aniq shakllarini endigina aniqlashga kirishgan hozirgi zamon 
psixiologiyasi uchun ham murakkab masaladir. 
Z. Freydning dunyoqarashini idealistik yoki materialistik deb baholagandan 
ko‗ra, uni gnoseologiyaga, umuman, fanga qay darajada hissa qo‗shganligini 
hisobga olish, ya‘ni e‘tirof etish to‗g‗ri bo‗lar edi. 
U ruhiyatni ong bilan aralashtirgan konsepsiyalarga jiddiy zarba berdi. 
Ongsizlikni ruhiy faoliyatning hayvonlargagina tegishli bo‗lmagan, ongning paydo 
bo‗lishi bilan shakllanadigan, keyin esa o‗z mavjudligi va amal qilishiga ko‗ra u 
bilan belgilanadigan quyi shakl ekanligi to‗g‗risidagi xulosaga keldi. 


24 
Z. Freyd konsepsiyasi ongsizlikka urg‗u berish kuchaygan falsafiy an‘analar 
Shopengauer, Gartman, Bergson va boshqalar ustuvorligi bilan belgilanadi. U 
birinchi bo‗lib ongsizlikning inson ruhiyatida tutgan o‗rnini asosli ravishda, 
eksperimental va klinik ma‘lumotlar asosida ko‗rsatib berdi. Uning konsepsiyasini 
bugungi psixologiya ham, ilmiy falsafa ham aslo inkor eta olmaydi. 
Ongsizlikni tushunishda Z. Freydning izdoshi shvetsariyalik psixolog K.G. 
Yung (1875-1961) ning asarlari katta ahamiyatga ega. K.G. Yung ongsizlikni 
o‗rganar ekan, uning tarkibida arxitiplar deb ataluvchi narsalarni aniqladi. 
Agar Z. Freydning ―kompleksi‖ inson individual hayotining natijasi va siqib 
chiqarish mahsulidan iborat bo‗lsa, arxitiplar esa kishilarning jamoaviy hayoti, 
urug‗lar hayoti bilan bog‗liq bo‗lib, inson ruhiyatida mustahkamlanib boradi
avloddan avlodga nasl orqali yetkazib beriladi. Bunda Z. Freyd ―komplekslari‖ 
yo‗qolmaydi, lekin ular to‗g‗risidagi tasavvurlar ―arxitiplar‖ tushunchasi bilan 
to‗ldiriladi. K.G. Yung ta‘kidlaydiki: ―Ong ostonasida joylashgan nisbatan yuzaki 
bo‗lgan shaxsiy ongsizlikdan farqli ravishda jamoaviy ongsizlik odatdagi 
sharoitlarda anglanishi mushkul. Shuning uchun, tahliliy texnika yordamida 
xotirlash mumkin emas, chunki u siqib chiqarilmagan va unutilmagan. Jamoaviy 
ongsizlik o‗z-o‗zida mavjud bo‗lmaydi, aslida u qadim zamonlardan buyon, irsiyat 
tufayli, miya tuzilishi orqali anatomik usulda saqlangan obrazlarning muayyan 
shakli vositasida o‗tib kelayotgan imkoniyatdan boshqa narsa emas. Tug‗ma 
tasavvurlar yo‗q, ehtimol, har qanday kuchli fantaziyaning chegaralarini, fantaziya 
faoliyati kategoriyalarini, ma‘lum ma‘nodagi 
apriori
g‗oyalarini aniqlaydigan 
tasavvurlarning tug‗ma imkoniyatlari bor. Ular bugungi hissiyot va amaliyotimizda 
boshqarib turuvchi ba‘zi tamoyillar sifatida namoyon bo‗ladi‖. 
Kollektiv ongsizlikning elementlari bo‗lgan arxitiplar ma‘lum darajada qator 
avlodlarning umumlashgan cheksiz teng ta‘sir etuvchi bir xil tajribalari 
hisoblanadi. Ongsizlik arxitiplarning yig‗indisi sifatida insoniyat tomonidan 
boshdan kechirilganlarning qoldig‗i hisoblanadi. Biroq, ular o‗lik, vayrona 
maydonlar qoldig‗i emas, balki individual turmushning ko‗rinmas, shuning uchun, 
ta‘sirchan tarzda belgilaydigan reaksiya va dispozitsiyalarining tirik sistemasidir. 


25 
Ona-Yer, qahramonlar, donishmandlar umuminsoniy arxitiplarga kiradi. 
―Soya‖ arxitipiga insondagi barcha salbiy jihatlar kiradi, zero inson ruhidagi 
g‗arazli maqsadlar uning xatti-harakatlarida namoyon bo‗ladi. Bu maqsad ochiq, 
namoyon bo‗lmasdan yashiringan holda bo‗lishi ham mumkin. ―Anima‖ arxitipi 
erkakda ayollikning boshlanishini, ―animus‖ arxitipi esa ayolda erkaklikning 
boshlanishini anglatadi. Ular erkak bilan ayolning bir-birini o‗zaro tushunishiga 
yordam beradi. Biroq ideallashtirilgan tasavvurning real inson yoki voqelik bilan 
mos kelmasligi oqibatida ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. K.G. Yungdagi 
―o‗zlik‖ arxitipi esa inson ruhiyatining sub‘ekti bo‗lib, inson faoliyatini oldindan 
belgilab beradi. 
Arxitiplar belgilar bilan uzviy bog‗langan bo‗lib, ular masalan, tush ko‗rish, 
badiiy faoliyat kabilarda namoyon bo‗ladi. Kollektiv ongsizlik, — deb ta‘kidlaydi 
K. Yung, — har bir individual miya strukturasida yuzaga kelgan katta ma‘naviy 
meros hisoblanadi. Individual ong o‗tkinchi hodisadir. U vaqtinchalik moslashuv 
va yo‗nalish bo‗lgani bois, uni fazoda mo‗ljalni to‗g‗ri olishga tenglashtirish 
mumkin. Ongsizlik ruhni harakatga keltiruvchi kuch manbaidan iborat, ularni 
boshqarib turuvchi shakl yoki kategoriyalar esa arxitiplardir. Insoniyatning kuchli 
g‗oya va tasavvurlarining barchasi arxitiplarga kiradi. Bu, ayniqsa, diniy 
tasavvurlarga taalluqlidir. Lekin ko‗plab ilmiy, falsafiy va axloqiy tushunchalar 
ham bundan mustasno emas. Ularning hozirgi shaklini qadimgi tasavvurlarning 
variantlari deb qarash mumkin. Chunki, ongning funksiyasi aql darvozasi orqali 
tashqi dunyoni anglash va bilishdan iborat emas, balki ichki dunyoni ijodiy 
ravishda tashqi dunyoga aylantirishdan ham iboratdir. Xulosa qilib aytganda, 
ongsizlik va onglilik inson yagona ruhiy faoliyatining nisbatan mustaqil bo‗lgan 
ikki tomonidir. Ongsizlikda inson faoliyatini kuchaytirish, ayniqsa, sub‘ekt ijodiy 
faoliyatining boy imkoniyatlari bor. Ong ongsizlikni vujudga keltirib inson xatti-
harakatlarining umumiy strategiyasini nazorat qilib borishga qodir. Garchi inson 
xatti-harakatlari, xususan, uning sotsial xatti-harakati ong bilan belgilansa-da, 
anglangan xatti-harakat faqat axloqiy, xulq- atvor aktlari bilangina chegaralanib 
qolmaydi, unda ongsizlikka ham, albatta, o‗rin qoladi. 


26 
Inson ruhiyati kelib chiqishi, uning shakllanishi, takomili va rivojlanishida 
ongsizlik birinchi, onglilik esa ikkinchi bosqich bo‗lib maydonga chiqadi. Lekin 
ongning paydo bo‗lishi bilan ongsizlik unga qorishib ketmaydi, u ong bilan faol 
aloqa qila boshlashi natijasida inson ruhiyatining tarkibiy qismiga, muayyan 
darajasiga aylanadi. Insondagi va hayvondagi ongsizlik umumiylikka ega bo‗lishi 
bilan birga muhim farqlarga ham ega. Odamda ongsizlik insoniylashadi va 
ijtimoiylashadi, u o‗z tabiatiga ko‗ra biosotsial hodisaga aylanadi. 
 

Yüklə 183,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin