Odatda, palakka o’xshatib tikilgan kirpechpalak deb yuritiladi. Bu turi xam keng
ishlatiladi.
Sо‘zana – forscha sо‘zana deb xam yuritiladi. Igna bilan tikilgan degan
ma’noni beradi. Sо‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo’lib,
xonani bezatish uchun devorga ilib qo’yiladi. U satin, baxmal,
shoyi va boshqa
matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U о‘ziga xos badiiy ko’rinishga ega. Matoning
rangidan ustalarimiz kashta zamin sifatida foydalanadilar. Shuning uchun palakdan
farq qiladi. Sо‘zana xar bir xonadonda bo’lgan, chunki bir qiz turmushga
chiqishidan oldin о‘zi uchun sо‘zana tayyorlagan. Sо‘zana kelinlarning sepi
xisoblangan. Kambagal oilada sо‘zanani malla, oq bо‘zdan,
badavlatlarida esa
shoyidan, baxmaldang tikishgan. Sо‘zana uchun kompozitsion joylashgan
o’simliksimon naqshlardan foydalaniladi. Sо‘zana o’rtasida ko’pincha doirasimon
gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. Sо‘zana tikish juda
qadimdan rivojlangan bo’lib, 19 asrgacha bo’lgan sо‘zanalar saqlanmagan. Faqat
19
asrga oid Samarqand, Buxoro, Nurota, Farg’ona, O’rtatepa, Shaxrisabz,
Toshkent va boshqa joylardagi sо‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu
turi ayniqsa О‘zbekiston va Tojikiston territoriyasida qadimdan keng tarqalgan.
Keyingi paytlarda 40 yillardan boshlab sо‘zana mashinada tikilib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: