turlari qatori xromatik ranglarga kiradi. Ular tonal deyiladi. Axromatik ranglarga
oq, kulrang, qora ranglar kiradi. Bular tusi, turi yuk ranglardir. Ular neytral ranglar
deyiladi.
Axromatik ranglar to’k bo’lmaydi. Ularning rang tusi xam bo’lmay, bir-
biridan yorqinligi bilangina farq qiladi. Eng yorqin rang – bu oq rang. Qoraning
yorqinligi bo’lmaydi.
Agar qizil rangning o’rtasida diametr o’tkazilsa, u ranglar doirasidagi qizil
rangning taxminan to’grisidagi zangori-yashil rangni kesib o’tadi va xakozo.
Demak, qizilga zangor-yashil, to’k sariqqa zangori, sariqqa – ko’k, yashilroq
sariqqa – binafsha va xakozolar qo’shimcha rang bo’ladi.
Rang tanlashda uning yana bir xususiyatini esda tutish kerak. Rang
buyumning shaklini yoki katta-kichikligini о‘zgartirib ko’rsatishi mumkin. Agar
qizil va ko’k dog’lar bilan qoplangan yuzaga qaralsa, bunda qizil dog’lar ko’k
dog’larga nisbatan yaqinroq bo’lib, aldab ko’rinishi mumkin. Och va iliq ranglar
to’q va sovuq ranglarga qaraganda yaqinroq ko’rinadi. Shuning uchun iliq
ranglar buyumlarni kattalashgandek, sovuq ranglar esa kichiklashgandek
ko’rsatadi. Ranglarning bu xususiyatidan kiyimning ayrim bo’laklarini
bo’rttiribroq, turtib turgan joylarini silliqroq qilib ko’rsatish uchun foydalansa
bo’ladi. Uzoqdan ko’rinadigan buyumlar kashtasini to’q kontrast rangdagi iplar
bilan tikish mumkin.
Kashta tikish uchun iplarni tanlash, ular rangini xillash buyumning nimaga
mo’ljallanganligiga, gulning kattaligiga va qanday joylashishiga bog’liq bo’ladi.
Odatda, kashta guliga asosiy o’rin berilib, fonga (gazlama rangiga) qo’shimcha
o’rin beriladi. Shuning uchun fon naqsh rangidan ochiq bo’lib ajralib turmasligi
kerak. Kashta gulining rangini tanlash bajarish texnikasiga (sanama chok,
vladimiricha chok, tekis chok va x.) ham bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: