Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi



Yüklə 11,41 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü11,41 Kb.
#210792
Umumiy maʻlumotlar


Umumiy maʻlumotlar
Inson huquqlari sohasidagi Jahon taʼlim dasturining toʻrtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov gʻoliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida eʼlon qilinadi va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadilar.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi oʻquv kursi;

  • “Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;

  • Inson huquqlari va erkinliklariga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

  • Inson huquqlari va erkinliklariga bagʻishlangan eng yaxshi oʻquv adabiyotlari: bosma oʻquv adabiyot va elektron oʻquv adabiyoti;

  • Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;

  • Inson huquqlari bilimdoni;

  • Inson huquqlari boʻyicha eng yaxshi innovatsion gʻoya muallifi.

Ushbu tanlovning maqsadi inson huquqlari sohasidagi taʼlim va tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek mamlakat aholisi oʻrtasida inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishdir. 
Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari

  • Tanlovda yoshidan qatʼiy nazar, inson huquqlari sohasiga qiziqqan yoki shu sohada faoliyat olib borayotgan barcha ishtirok etishi mumkin;

  • Har bir ishtirokchi belgilangan nominatsiyalar boʻyicha ijodiy ish tayyorlashlari kerak.

Eslatma: Nomzodlar inson huquqlari sohasi boʻyicha maʼlum bir bilimga ega boʻlishlari lozim. Chunki ular aynan shu soha boʻyicha oʻz qobiliyatlarini namoyon qiladilar.
Foydali tomonlari

  • Saralangan nomzodlar dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida eʼlon qilinadi;

  • Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadilar.

Hujjat topshirish

  • Tanlovda ishtirok etishni istaganlar ushbu ariza shaklini toʻldirishlari lozim;

  • Ariza shakli tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga joʻnatilishi kerak.

Muhim: 2023-yil 1-noyabrdan kechikkan arizalar inobatga olinmaydi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Oxirgi muddat: 1-noyabr, 2023-yil;
Email: konkurs2023@nhrc.uz.
Yüklə 11,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin