Ma’lumki, tevarak-atrof muhiti xilma-xil hamda undagi tovushlar va hidlar, haroratga ko‘ra juda rang-barang bo‘ladi. Atrofmuhit bilan odam organizmi muttasil bir-biriga bog‘liq. Bu bog‘lanish sezgi organlari orqali ta’minlanadi, ya’ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta’sir etadi va ularning bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi.

Bosh miya po‘stlog‘ining turli qismlarida maxsus nerv hujayralari to‘plami joylashgan bo‘lib, ularni I. P. Pavlov analizatorlar (sezgi organlarining markazlari), deb atagan. Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan: ta’sirotlarni qabul qiluvchi — retseptor, o‘tkazuvchi qismi — sezuvchi nerv tolasi va analiz-sintez qiluvchi qismi — sezuvchi nerv markazlari.