Inson ko’rish analizatorlari anatomiyasi va fiziologiyasi. Inson ko’rish analizatorlari potologiyasi



Yüklə 20,07 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü20,07 Kb.
#195403
1   2   3   4   5   6   7
Ko\'z analizatorlari. 102. Komilova S.Sh

KO‘RISHNING FUNKSIYASI


Kipriksimon muskullar ko‘z gavhari qavariqligini o‘zgartirib, yorug‘lik nurini ko‘proq yoki kamroq sinishini ta’minlaydi. Gavhar shaklining o‘zgarishi akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya tufayli buyumlar aniq ko‘rinadi. Tasvirning sariq dog‘ga tushganida bitta bo‘lib ko‘rinishi stereoskopik ko‘rish deyiladi.
Yaqindagi buyumlarga qaraganda ko‘z gavhari qalinlashadi
Uzoqdagi buyumlarga qaraganda ko‘z gavhari yupqalashadi

Ko‘zning ichki to‘rpardasi joylashgan kolbasimon retseptorlar rang bilish xususiyatiga ega, ular ko‘k, yashil va qizil ranglarni qabul qiladi.

  • Ko‘zning ichki to‘rpardasi joylashgan kolbasimon retseptorlar rang bilish xususiyatiga ega, ular ko‘k, yashil va qizil ranglarni qabul qiladi.
  • Ko‘rish o‘tkirligi. Ko‘rish o‘tkirligi ikkita buyum bir-biriga qo‘shilib ketmasdan, alohida-alohida ko‘rinishi uchun zarur bo‘lgan ular orasidagi eng kichik masofa bilan belgilanadi. Ko‘rish o‘tkirligi normal bo‘lgan odam 60 sekundda burchak hosil qilib joylashgan ikkita nuqtani yaqqol aniqlay oladi. Ko‘rish o‘tkirligi maxsus Golovin jadvali yordamida aniqlanadi.

Ko‘zning ko‘rish maydoni. Ko‘zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko‘ra olish xususiyati.

  • Ko‘zning ko‘rish maydoni. Ko‘zni harakatlantirmay turganda atrofdagi buyumlarni, ularning rangini ko‘ra olish xususiyati.
  • Ko‘rish organi funksiyasining buzilishi. Yaqindan ko‘rish (miopiya) holati tug‘ma va hayotda orttirilgan bo‘ladi. Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya) holati, asosan, tug‘ma bo‘ladi, ammo keksalarda ko‘z gavhari do‘ngligining kamayishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.
  • Ba’zi odamlarda kolbasimon retseptorlarning funksiyasi tug‘ma buzilishi tufayli yashil, qizil va boshqa ranglarni sezish qobiliyati buziladi (daltonizm kasalligi). Bu ko‘pincha erkaklarda uchrab, irsiy o‘tadi.

KO‘RISHNING BUZILISHI


Ko‘rishning buzilishi tug‘ma uzoqni yoki yaqinni ko‘rishdan iborat. Tug‘ma yaqinni ko‘rish ko‘z kosasining cho‘ziq bo‘lishi – miopiyaga, tug‘ma uzoqni ko‘rish esa ko‘z kosasining qisqa bo‘lishi – gipermetropiyaga sabab bo‘ladi. Ko‘rish buzilganda shifokor maxsus ko‘zoynak tavsiya qiladi.

Yüklə 20,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin