Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulgan eng muxim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bulgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-uzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orkali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A. Tashqi faollik - bu tashkaridan uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik.
B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni uz ichiga oladi.
Misol tariqasida xayotdan shunday manzarani tasavvur kilaylik: uzok ayriliqdan sung ona uz farzandi visoliga yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok kilgandagi uzaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko'z bilan ilgab bulmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi.
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk» tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi va tafakko’ri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan uziga xos faollik shaklidir. Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki, inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan mashgul bo‘lib turadi.