Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi


Takrorlash va muhokama uchun savollar



Yüklə 66,51 Kb.
səhifə22/30
tarix15.06.2023
ölçüsü66,51 Kb.
#130677
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
S7. Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi

Takrorlash va muhokama uchun savollar:
1. Psixolog o`z faoliyati davomida qanday ishlarni amalga oshirishi lozim?
2. Psixologning huquq va burchlari nimalarni o`z ichiga oladi?
3. Maktab psixologiga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?
4. Psixologning amaliy psixologik xizmat vakili sifatidagi kasbiy shakllanish jarayonida qanday muammolar uchraydi?
5. Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi deganda nimalarni tushunasiz?
ADABIYOTLAR

1. Вачков И.В., Гриншпун И.Б., Пряжников Н.С. Введение в профессию «психолог» Москва, Воронеж. 2002-2007 г.


2. Мухамедова Д.Г., Муллабаева H.M., Расулов А.И. Умумий психология. Дарслик. - Тошкент, “Мумтоз суз” 2018. -2876. ^
3. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5" Edition. - JohnWiley&Sons, 2001. - 608 p 5. Лурия A.P. Лекции по общей психологии. - СПб.: Питер, 2006. - 320 с
4. G'oziyevE.G'. Umumiypsixologiya.. T. O'qituvchi. 2010 y.


HARAKAT INSON FAOLIYATINING BIRLIGI SIFATIDA
REJA:
1.Shaxs va uning faolligi
2.Faoliyat turlari
3. Jismoniy va aqliy harakatlar
4. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi
5. Motivlarning turlari.


Asosiy tushunchalar: faoliyat, tashqi va ichki faollik, pertseptiv, mnemik faoliyat, imajitiv, motivaysiya, motiv turlari.


Faoliyat subyektning olam bilan faol oʻzaro munosabatidir. Odam faoliyati falsafaning faoliyat falsafasi sohasida oʻrganiladi.
Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat F. zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning , har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, F. shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy F. (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy F. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy F. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi F.).
Inson F.i shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. F. elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, F. predmeti, motivlari, F.ning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil etadi. F. muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda F. funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, F. bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.

Yüklə 66,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin