Inson resurslarini boshqarish


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 95,85 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü95,85 Kb.
#43030
1   2   3   4
Abdurasulov O KURS ISHI EQT - 75 xD

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 26

KIRISH

Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo’lgan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo’lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o’sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo’lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishda ishlab chiqarish korxonalari samaradorligiga bevosita bog’liqdir. SHu sababli ham, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishning muhim iqtisodiy rolini bitiruv malakasiga ega yosh kadrlarimizga o`rgatmog`miz zarur.



Ishlabchiqarishni modernizatsiyalash-samaradorlikni oshirishning Mamlakatimizni mustaqillikka erishganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilayotganligi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa qo’yadi. Binobarin, Respublikamiz Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov o’z ma’ruzasida ‖2013 yil va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tprmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdanyangilashni jadallashtirish va uning kulamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi darkor‖ 1 , deb ta’kidlashi bejiz emas. SHu bois ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirish masalalarining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish va natijalarni amaliyotda qo’llash chora - tadbirlarini izlab topish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarning mohiyati va ularni amalga oshirish 1 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz-keng ko’lamli isloxotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2013 yil, 18 yanvar. 5 imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish va korxona faoliyatiga tadbiq etishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi. Bitiruv malakaviy ishida qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi: -ishlab chiqarish korxonasida samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi nazariy asoslarini o’rganish; -ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va asosiy ko’rsatkichlari; -ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish va uning muhim jihatlarini ochib berish; -ishlab chiqarish korxonasi iqtisodiy samaradorligi holati va uni oshirish imkoniyatlari; -korxona faoliyatidan kelib chiqqan holda samaradorlik ko’rsatkichlarini taxlil qilish; -ishlab chiqarish korxonasi faoliyati samaradorligini oshirish va uni takomillashtirish bo’yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish. Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Ishlab chiqarish korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalarini respublikamizdagi bir qator olimlar M.SHarifxo’jaev, Yo.Abdullaev, A.Ortiqov, SH.Xolmo’minov, SH.Zaynutdinov va boshqalarning asarlarida nazariy jihatlari yoritilgan va tadqiqotlar olib borilgan. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti va predmeti. Farg’ona viloyati, ―Farg’onaDon maxsulotlari‖ OAJ, uning mavzuga oid ma’lumotlari, hisob va hisobotlari hisoblanadi. Mamlakatimiz korxona korxonalarining innovatsion faolligini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash ishning predmeti bo’lib hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining uslubiy asoslari bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari,Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, mavzuga oid respublika va xorijiy 6 mamlakatlarda chop etilgan o’quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar, jurnal va ro’znomalar, internet ma’lumotlari xizmat qildi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va korxonalar ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotga qo’llashga doir amaliy tavsiyalarni berishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati ―Farg’ona-Don maxsulotlari‖ OAJda samaradorlikni oshirish hamda uni boshqarish masalalarini nazariy jihatdan o’rganish va o’rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni hal etishga doir amaliy tavsiyalarni berish hamda tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat bo’lib, ulardan ushbu korxonalarning boshqaruv tizimini takomillashtirish va isloh qilishda foydalanish mumkinligi bilan ifodalanadi. 1.1. Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatniig iqtisodiy strategiyasi uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy o’rinda turadi. Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi. O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. SHu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda ko’pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. SHuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi. Mustakillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa ko’ydi. Binobarin, Respublika Prezidentining ma’ruza va nutqlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning mohiyati va ahamiyati, 8 dolzarb muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo’liga o’tkazish munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil etib berilmoqda. Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil- mikdor va sifat, ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga keladi. O’zbekiston korxonaida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda. Samaradorlik - eng ko’p uchraydigan umumiy tushunchapardan biri bo’lib, iktisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar. "Samaradorlik" so’zi ―natija‖ degan ma’noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga, bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy-samaradorligi haqida so’z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro’y beraetgan ijtimoiy o’zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni o’rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o’rganish o’ta muhimdir. Ular o’zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir


Yüklə 95,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin