I.BOB. ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI
1.1 Ishlab chiqarishni lokal rivojlantirish
Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatining "ko’zgusi" hisoblanadi. Bu «ko’zgu»da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko’rish 9 mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o’z ishlab chiqarysh faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar o’rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining «ko’zgusi» bo’lgan samaradorlikda ko’zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat. Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga asoslangan iktisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar. Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko’rsatib berilgan. Samaradorlik — bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, 10 samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalar bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir. Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iktisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda, bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniklanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. S = natija / xarajatlar = natija / mehnat,moddiy va moliyaviy resurslar Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradordigini farklaydilar. Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin. Bu yerda shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning sun’iy bo’linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan tashqarida bo’lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. CHunki amalga oshirilgan har bir ishni ayni vaqtda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi. Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish — boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara — material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. U vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash, ish vaqtining zoe ketishini kamaytirish, mablag’lar oborotini tezlashtirish, maxsulot yetishtirish hajmini o’stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, korxona tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan tavsiflanadi. Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni ijtimoiyiqtisodiy samara deb atasak bo’ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqtsor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik" tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam ko’llanilmokda. Samarali ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish kuvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy 12 samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining uzayishida aks ettiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o’sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko’rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu kadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo’ladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Biroq samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi - foyda (daromad) o’z-o’zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqkan xolda, turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan birini o’ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag’ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayottan mablag’larni kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o’rnini yo’qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin. 13 Xorijiy firma va korxonalar o’z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirshdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Yukorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda fakatina pul ko’rinishida o’lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o’zining iqgisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkiichidan, o’z imqdjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustaxkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llarini qidirish, xarajat va natijalarni to’g’ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, xududiy joylashishi va faoliyat turidan qatьiy nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. 1.2. Korxonada ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlari Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish — korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish — korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda kuyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi:
• bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
• iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
• aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish.
Xo’jalik samaradorligani oshirish omillarining yuqorida sanab o’tilgan har biri, faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida, ishlab chiqarish samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o’zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi (1-jadval).
Ishlab chiirishning iqtisodiy samaradorligi murakkab kategoriyadir. Unda ishlab chiqarish natijalariga hamda xarajatlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillar mujassamlangandir. Unda ishlab chiqarish natijalarining o’sishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga to’g’ri kelishida o’zining aksini topadi.
1-jadval.
Bino, inshoot, mashina Mehnat Asosiy Amortizatsiya va uskunalar kurollarining kapital ajratmalari (mehnat qurollari) eskirish Mehnat predmetlari Iste’mol, talab, Aylanma Sarflangan xom materiallar, kapital ashyo, material va yoqilgi, energiya hokazolar qiymati va hokazo
Tayyor mahsulot Dizayn, reklama, Muomala Qo’shimcha xarajat-qadoqlash, Tovar fondler lar (qiymat) yo’qotishlar Pul mablag’lari Kredit uchun fond
Ijtimoiy ishla b chiqarish samaradorligi o’sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
• mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;
• jonli mexnat unumdorlignning o’sishi;
• material sarfining kamayishi;
• fond samarasining oshishi.
Mezon masalasi iktisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon-bu, asosiy o’lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuktai nazardir. SHular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizning ob’ektiv haqiqatligini, to’g’riligini va ishonchliligini aniqlash, hakiqatni anglashmovchiliklardan farq kilish mumkin.
Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak. Demak, samarani o’lchaganda
mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy (mutlaq) samaradorligi deganda, xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqtsori tushuniladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun ko’llaniladi va umuman, xalk xo’jaligi bo’iicha, tarmokdar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni anikdash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig’imlarini aks etgiruvchi differentsiyalangan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadn. Bunday ko’rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, fond sig’imi, kapital sig’imi kiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo’yicha amalga oshirilishi va miqtsor jihatidan o’lchanishi mumkin. Masalan, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi mahsulotning mehnat sig’imi ko’rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash mumkin:
Mu=Q/Is
Bu yerda: Mu - mehnat unumdorligi;
Q - mahsulot hajmi qiymat ko’rinishida;
Is - ishlovchilar (ishchilar) soni.
Mahsulotning mehnat sig’imi mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo’lib, sarflangan mehnat miqtsorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi:
T = Is/Q
Bu mehnat sig’imining korxona miqyosida o’lchanishidir makrodarajada esa mehnat sig’imining uch turi bo’ladi: texnologik, to’la va xalq xo’jaligi mehnat sig’imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab, u yana uch turga: rejali mehnat, me’yortiv mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig’imlariga bo’linadi. Mehnat sig’imi bevosita sarf (asosiy xodimlar sarf qilgan mehnat) bo’yicha, to’la sarf (yordamchi xodimlar sarf qilgan mehnat) bo’yicha hamda umumiy ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Ayrim komplekslar va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa, moddiy sarflar mikdorining qiymatiga nisbatan belgilanadi:
Fond qaytimi (G’k) va fond sig’imini (G’s) aniqlash formulasi quyidagicha:
G’k = Q/F
Bu yerda: Q- mahsulot hajmi, qiymat pul ko’riniishda;
F — asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati. G’S = F/Q
Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig’imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish va mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha. Mashina va uskunalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hamda xodimlar malakasini oshirish, fond qaytimini ko’paytirishshshg muhim zahirasi hisoblanadi.
Bozor sharoitlarida korxona xo’jalik faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi yoki mezon ko’rsatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning daromadliligini qabul qilish mumkin. Bu ko’rsatkich kuyidagi formula asosida hisoblanadi:
R = (G’/Ak)*100
Bu yerda: R - rentabellik, xo’jalik faoliyatining natijasini foyda shaklida ko’rsatadi va foizlarda o’lchanadi;
G’ - korxonaning balans foydasi; Ak - avanslangan kapital (asosiy va aylanma).
Nisbatning kattalashishi mehnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan unumliroq foydalanishni anglatadi. CHunki aynan ular ishlab chiqarish hajmi va xarajatlari, mahsulot bahosiga ta’sir o’tkazadi. Xo’jalik faoliyati material xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan joylarda samaraliroq bo’ladi.
Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi. Bunday yondashuv korxonani ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish quvatlaridan tejamkorlik bilan ratsional tarzda foydapanish, natijada esa mahsulot ishlab chiqarishga sarflanuvchi barcha xarajatlarni kamaytirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar sari chorlaydi. Yuqorida keltirilgan xo’jalik samaradorligini baholash usullari va ko’rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqgasodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo’llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• to’lov qobiliyati koeffitsienti (Ktk.);
• xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsienti (Kxkm);
• moliyaviy mustaqillik koeffitsienti (K mm. );
• xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kxam). Bu ko’rsatkichlar bir karashda mahsulot ishlab chiqarish sohasiga,
demak, ishlab chiqarish samaradorligiga aloqasi yo’qtsay tuyuladi. Aslida esa aynan ular orqali korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iktisodiy va moliyaviy barqarorlik aks ettiriladi. Bundan tashqari, mahsulotning material sig’imi, fond qaytimi, mehnat unumdorligi va rentabellik ko’rsatkichlari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tahlil qilishda qo’llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar o’zlarining faoliyat yuritish qobiliyatini ko’rsatadi hamda turli xil muammoli vaziyatlarda xo’jalik sudlarida o’z manfaatlarini himoya qiladi.
To’lov qobiliyati koeffitsienti (Ktk.) korxonaning debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob kilish hamda tayyor mahsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baholanadigan to’liq imkoniyatlarini ko’rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
KT.K=(A2- Mu.d.k)(P2-IKK)
Bu yerda: A2 — aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va hokazolar);
P2 — majburiyatlar (kisqa muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet oldidagi qarzlar, kreditorlik qarzlari va hokazo);
Mu.d.k— muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlari; Ikk— uzoq muddatli qarz va kreditlar.
korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko’payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma’lumot beradi hamda korxona o’z majburiyatlari oddida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
KMM= P / IB
Bu yerda: IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.
Ko’rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning to’lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi o’lchamlar belgilab berilgan. Masalan, to’lov qobiliyati koeffitsienti hamda xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsienti 2 dan kichik bo’lsa (Kt k <2; Kxkm <2), moliya-viy mustakillik koeffitsienti 0,5 dan kichik bulsa (Km.m <0,5), xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti 0,1 dan kichik bo’lsa (Kxam <0,1) korxonalar nochor deb topiladi.
Ishlab chiqarish-texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy-iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantni taqqoslash va shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlash hamda uni asoslash uchun qo’shimcha kapital mablag’larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koffitsientini hisoblab chiqish va ular miqtsorini me’yortiv qiymati bilan taqqoslash kerak.
Xalq xo’jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning me’yortiv koeffitsienti xalq xo’jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib olingan.
Keltirilgan xarajatlarni aniklash eski texnika o’rniga yangisini yaratish va ko’llash natijasida hosil bo’ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalq xo’jaligi nuktai nazaridan yondashishni taqozo etadi.
Yillik iqtisodiy samara — bu, yangi tsxnika, texnologiya va progressiv mahsulot turlarining, doehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy
samaradorligini tahlil etish va baholashda qo’llaniladigan muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bu ko’rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo’yicha sarflangan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
Y =[(T1+En* K1)] - (T2+En*K2)\ * A 2
Bu yerda: Y — yillik tejam;
T1 — yangi texnika bo’yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo’lgan mahsulot yoki ish birligining tannarxi (so’m hisobida);
T2 — shuning o’zi, tadbirlar joriy kilingandan so’ng (so’m hisobida);
K1 — tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligiga sarflangan kapital mablag’lar miqdori;
K2 — shuning o’zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng;
A2 — yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik mahsulot yoki ishlarning natura birligi.
En — kapital xarajatlarning me’yordagi qiyosiy samaradorligi koeffitsienti.
U yangi kapital qo’yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir so’mlik kapital qo’yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. Masalan, korxona tarmog’i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsienti me’yorsi 0,15 bo’lsa, bu shu tarmoqda har bir so’m kapital qo’yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti «0»dan «1»ga qancha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning rejali qoplanish muddati esa shuncha qisqa bo’ladi.
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samarador- likni oshirishning o’ziga xos omillari mavjud.
Fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgan hozirgi sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini amaliyotga kiritish iqtisodiy samara bilan bir qatorda og’ir jismoniy mehnatni mashinalar mehnati bilan almashtirish, ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarini bartaraf etish, fondlar va energiya bilan ta’minlanish darajasini oshirish, yuqori malaka talab qiladigan va manfaatdorlikni oshiradigan jozibali kasblarga talabni paydo qilish hamda mavjud kasblarga yoshlarda rag’bat uyg’otish va boshqa ijtimoiy muammolarni ham hal etishi lozim.
Insonni har tomonlama yetuk (barkamol) qilish uchun zamin yaratishni maqsad qilib qo’yish - jamiyatning pirovard ijtimoiy samaradorlik mezonidir.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi bir qancha ko’rsatkichlar mavjud, jumladan, maxsulotlarga talabning qondirilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Mahsulotlarga iste’molchilar talabining qondirilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
- mahsulot (ish, xizmat)lar tarkibining iste’molchilar talabiga mos kelish koeffitsienti. Bu ko’rsatkich tovar zahiralarida turib kolgan (o’tmas) tovarlarning hissasi ko’rinishida tavsiflanadi. Bu ko’rsatkichning o’sishi ijtimoiy samaraning pasayayotganidan darak beradi. Erkin iktisodiyot sharoitida mahsulot (ish, xizmat)ning sifati va uning iste’molchi talabiga mos kelishi uchun kurash korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
-reklama vositasida mahsulot (ish, xizmat)larning mavjud turlari bilan
iste’molchilarni tanishtirish darajasi. Hozirgi paytda xaridorni tovarlarning xususiyatlari, sifati va boshqa afzalliklari ko’proq qiziqtiradi. Bu masalalarda esa unga reklama yordam beradi. Uning mahsulot (ish, xizmat)larni iste’molchilarga tanishtirish darajasini o’rganishda turli shakldagi reklamalardan (televidenie, radio va gazetalardan, sportchilardan) foydalanuvchi korxonalar hissasini aniqlash kerak bo’ladi;
- iste’mol savatchasi doirasida iste’molni ta’minlash koeffitsienti va boshqalar. Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlar tarkibida mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar alohida o’rin egallaydi. Ular asosan, quyidagilardan iborat:
-mehnatni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi; -mehnat jarayonlarini robotlashtirish darajasi;
-ishlab chiqarishda ko’llanilayotgan texnologiyalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarning ilg’orlik (zamonaviylik) darajasi;
-mexnatni elektrlashtirish darajasi;
-isitish, sovutish, yuklash-tushirish, ko’tarish-yuklash uskunalar va boshqa asboblar bilan haqiqiy ta’minlanishning me’yorlarga mosligi darajasi;
-bino va inshootlarning davr talablariga javob berish darajasi (ularning zamonaviy loyiha asosida kurilishi, ularda ishlash va dam olish, tibbiy yordam ko’rsatish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi);
-o’ralgan, kadoqlangan va idishlarga solingan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan jami mahsulotlardagi hissasi;
-korxonalarning sog’lomlashtirish, sport va maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
-korxonalarda xodimlar va mutaxassislar safining to’ldirilishi koeffitsienti. Bu haqiqiy ishlovchi xodimlar sonini
belgilangan me’yor bilan qiyoslash asosida aniqlanadi;
-korxonalar xodimlarining davolanish va sayohat uchun yo’llanmalar bilan ta’minlanish darajasi;
- xodimlar va mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish darajasi;
-ishlab chiqarish jarayonida aqliy mehnat hissasining va ijodkorlikning oshib borishi, mehnat intizomining buzilish hollarining kamayishi, xodimlar qo’nimsizligini pasaytirish va boshqalar.
Qayd etilgan ko’rsatkichlar ijtimoiy samaradorlikning alohida yo’nalishlarini tavsiflaydi. Ular birgalikda hisoblansa va ijtimoiy samaradorlikni baholashda birgalikda qo’llanilsa, ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligiga to’liq baho berish imkoniyatini tug’diradi.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari uzviy bog’liq. Ijtimoiy samarani oshirmasdan turib iqtisodiy samarani o’stirib bo’lmaydi va aksincha.
mahsulotning mehnat sig’imi ko’rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash mumkin:
Mu=Q/Is
Bu yerda: Mu - mehnat unumdorligi;
Q - mahsulot hajmi qiymat ko’rinishida;
Is - ishlovchilar (ishchilar) soni.
Mahsulotning mehnat sig’imi mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo’lib, sarflangan mehnat miqtsorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi:
T = Is/Q
Bu mehnat sig’imining korxona miqyosida o’lchanishidir makrodarajada esa mehnat sig’imining uch turi bo’ladi: texnologik, to’la va xalq xo’jaligi mehnat sig’imi. Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab, u yana uch turga: rejali mehnat, me’yortiv mehnat va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig’imlariga bo’linadi. Mehnat sig’imi bevosita sarf (asosiy xodimlar sarf qilgan mehnat) bo’yicha, to’la sarf (yordamchi xodimlar sarf qilgan mehnat) bo’yicha hamda umumiy ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromad qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Ayrim komplekslar va ularning tarmoqlarida, korxonalarda esa, moddiy sarflar mikdorining qiymatiga nisbatan belgilanadi:
Fond qaytimi (G’k) va fond sig’imini (G’s) aniqlash formulasi quyidagicha:
G’k = Q/F
Bu yerda: Q- mahsulot hajmi, qiymat pul ko’riniishda;
F — asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati. G’S = F/Q
Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig’imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish va mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha. Mashina va uskunalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hamda xodimlar malakasini oshirish, fond qaytimini ko’paytirishshshg muhim zahirasi hisoblanadi.
Bozor sharoitlarida korxona xo’jalik faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi yoki mezon ko’rsatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning daromadliligini qabul qilish mumkin. Bu ko’rsatkich kuyidagi formula asosida hisoblanadi:
R = (G’/Ak)*100
Bu yerda: R - rentabellik, xo’jalik faoliyatining natijasini foyda shaklida ko’rsatadi va foizlarda o’lchanadi;
G’ - korxonaning balans foydasi; Ak - avanslangan kapital (asosiy va aylanma).
Nisbatning kattalashishi mehnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan unumliroq foydalanishni anglatadi. CHunki aynan ular ishlab chiqarish hajmi va xarajatlari, mahsulot bahosiga ta’sir o’tkazadi. Xo’jalik faoliyati material xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan joylarda samaraliroq bo’ladi.
Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi. Bunday yondashuv korxonani ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish quvatlaridan tejamkorlik bilan ratsional tarzda foydapanish, natijada esa mahsulot ishlab chiqarishga sarflanuvchi barcha xarajatlarni kamaytirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar sari chorlaydi. Yuqorida keltirilgan xo’jalik samaradorligini baholash usullari va ko’rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqgasodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi ham qo’llaniladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• to’lov qobiliyati koeffitsienti (Ktk.);
• xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsienti (Kxkm);
• moliyaviy mustaqillik koeffitsienti (K mm. );
• xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kxam). Bu ko’rsatkichlar bir karashda mahsulot ishlab chiqarish sohasiga,
demak, ishlab chiqarish samaradorligiga aloqasi yo’qtsay tuyuladi. Aslida esa aynan ular orqali korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iktisodiy va moliyaviy barqarorlik aks ettiriladi. Bundan tashqari, mahsulotning material sig’imi, fond qaytimi, mehnat unumdorligi va rentabellik ko’rsatkichlari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tahlil qilishda qo’llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar o’zlarining faoliyat yuritish qobiliyatini ko’rsatadi hamda turli xil muammoli vaziyatlarda xo’jalik sudlarida o’z manfaatlarini himoya qiladi.
To’lov qobiliyati koeffitsienti (Ktk.) korxonaning debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob kilish hamda tayyor mahsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baholanadigan to’liq imkoniyatlarini ko’rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
KT.K=(A2- Mu.d.k)(P2-IKK)
Bu yerda: A2 — aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va hokazolar);
P2 — majburiyatlar (kisqa muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet oldidagi qarzlar, kreditorlik qarzlari va hokazo);
Mu.d.k— muddati o’tib ketgan debitorlik qarzlari; Ikk— uzoq muddatli qarz va kreditlar.
korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko’payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma’lumot beradi hamda korxona o’z majburiyatlari oddida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
KMM= P / IB
Bu yerda: IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.
Ko’rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning to’lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi o’lchamlar belgilab berilgan. Masalan, to’lov qobiliyati koeffitsienti hamda xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsienti 2 dan kichik bo’lsa (Kt k <2; Kxkm <2), moliya-viy mustakillik koeffitsienti 0,5 dan kichik bulsa (Km.m <0,5), xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti 0,1 dan kichik bo’lsa (Kxam <0,1) korxonalar nochor deb topiladi.
Ishlab chiqarish-texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy-iqtisodiy afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaralisini tanlab olish maqsadida aniqlanadigan samaradorlik qiyosiy samaradorlik deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va undan ortiq variantni taqqoslash va shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va optimalligini aniqlab beradi.
Optimal variantni tanlash hamda uni asoslash uchun qo’shimcha kapital mablag’larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koffitsientini hisoblab chiqish va ular miqtsorini me’yortiv qiymati bilan taqqoslash kerak.
Xalq xo’jaligida yangi texnika, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini belgilash metodikasida samaradorlikning me’yortiv koeffitsienti xalq xo’jaligining hamma tarmoqlari uchun 0,15 ga teng qilib olingan.
Keltirilgan xarajatlarni aniklash eski texnika o’rniga yangisini yaratish va ko’llash natijasida hosil bo’ladigan iqtisodiy samarani baholashga xalq xo’jaligi nuktai nazaridan yondashishni taqozo etadi.
Yillik iqtisodiy samara — bu, yangi tsxnika, texnologiya va progressiv mahsulot turlarining, doehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil etish va baholashda qo’llaniladigan muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bu ko’rsatkich qiyos qilinadigan variantlar bo’yicha sarflangan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar asosida quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi:
Y =[(T1+En* K1)] - (T2+En*K2)\ * A 2
Bu yerda: Y — yillik tejam;
T1 — yangi texnika bo’yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo’lgan mahsulot yoki ish birligining tannarxi (so’m hisobida);
T2 — shuning o’zi, tadbirlar joriy kilingandan so’ng (so’m hisobida);
K1 — tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligiga sarflangan kapital mablag’lar miqdori;
K2 — shuning o’zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng;
A2 — yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik mahsulot yoki ishlarning natura birligi.
En — kapital xarajatlarning me’yordagi qiyosiy samaradorligi koeffitsienti.
U yangi kapital qo’yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir so’mlik kapital qo’yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. Masalan, korxona tarmog’i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsienti me’yorsi 0,15 bo’lsa, bu shu tarmoqda har bir so’m kapital qo’yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti «0»dan «1»ga qancha tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning rejali qoplanish muddati esa shuncha qisqa bo’ladi.
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samarador- likni oshirishning o’ziga xos omillari mavjud.
Fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgan hozirgi sharoitida zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini amaliyotga kiritish iqtisodiy samara bilan bir qatorda og’ir jismoniy mehnatni mashinalar mehnati bilan almashtirish, ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarini bartaraf etish, fondlar va energiya bilan ta’minlanish darajasini oshirish, yuqori malaka talab qiladigan va manfaatdorlikni oshiradigan jozibali kasblarga talabni paydo qilish hamda mavjud kasblarga yoshlarda rag’bat uyg’otish va boshqa ijtimoiy muammolarni ham hal etishi lozim.
Insonni har tomonlama yetuk (barkamol) qilish uchun zamin yaratishni maqsad qilib qo’yish - jamiyatning pirovard ijtimoiy samaradorlik mezonidir.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi bir qancha ko’rsatkichlar mavjud, jumladan, maxsulotlarga talabning qondirilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Mahsulotlarga iste’molchilar talabining qondirilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
- mahsulot (ish, xizmat)lar tarkibining iste’molchilar talabiga mos kelish koeffitsienti. Bu ko’rsatkich tovar zahiralarida turib kolgan (o’tmas) tovarlarning hissasi ko’rinishida tavsiflanadi. Bu ko’rsatkichning o’sishi ijtimoiy samaraning pasayayotganidan darak beradi. Erkin iktisodiyot sharoitida mahsulot (ish, xizmat)ning sifati va uning iste’molchi talabiga mos kelishi uchun kurash korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
-reklama vositasida mahsulot (ish, xizmat)larning mavjud turlari bilan
iste’molchilarni tanishtirish darajasi. Hozirgi paytda xaridorni tovarlarning xususiyatlari, sifati va boshqa afzalliklari ko’proq qiziqtiradi. Bu masalalarda esa unga reklama yordam beradi. Uning mahsulot (ish, xizmat)larni iste’molchilarga tanishtirish darajasini o’rganishda turli shakldagi reklamalardan (televidenie, radio va gazetalardan, sportchilardan) foydalanuvchi korxonalar hissasini aniqlash kerak bo’ladi;
- iste’mol savatchasi doirasida iste’molni ta’minlash koeffitsienti va boshqalar. Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlar
tarkibida mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar alohida o’rin egallaydi. Ular asosan, quyidagilardan iborat:
-mehnatni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi; -mehnat jarayonlarini robotlashtirish darajasi;
-ishlab chiqarishda ko’llanilayotgan texnologiyalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarning ilg’orlik (zamonaviylik) darajasi;
-mexnatni elektrlashtirish darajasi;
-isitish, sovutish, yuklash-tushirish, ko’tarish-yuklash uskunalar va boshqa asboblar bilan haqiqiy ta’minlanishning me’yorlarga mosligi darajasi;
-bino va inshootlarning davr talablariga javob berish darajasi (ularning zamonaviy loyiha asosida kurilishi, ularda ishlash va dam olish, tibbiy yordam ko’rsatish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi);
-o’ralgan, kadoqlangan va idishlarga solingan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan jami mahsulotlardagi hissasi;
-korxonalarning sog’lomlashtirish, sport va maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
-korxonalarda xodimlar va mutaxassislar safining to’ldirilishi koeffitsienti. Bu haqiqiy ishlovchi xodimlar sonini
belgilangan me’yor bilan qiyoslash asosida aniqlanadi;
-korxonalar xodimlarining davolanish va sayohat uchun yo’llanmalar bilan ta’minlanish darajasi;
- xodimlar va mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish darajasi;
-ishlab chiqarish jarayonida aqliy mehnat hissasining va ijodkorlikning oshib borishi, mehnat intizomining buzilish hollarining kamayishi, xodimlar qo’nimsizligini pasaytirish va boshqalar.
Qayd etilgan ko’rsatkichlar ijtimoiy samaradorlikning alohida yo’nalishlarini tavsiflaydi. Ular birgalikda hisoblansa va ijtimoiy samaradorlikni baholashda birgalikda qo’llanilsa, ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligiga to’liq baho berish imkoniyatini tug’diradi.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari uzviy bog’liq. Ijtimoiy samarani oshirmasdan turib iqtisodiy samarani o’stirib bo’lmaydi va aksincha. O’zbekiston korxona korxonalari va butun xalq xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi bir qancha iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish asosida aniqlanishi mumkin.
Ularning eng muhimlari quvvat yoki mahsulot birligiga to’g’ri keladigan kapital ko’yilmasi mikdori, mahsulot tannarxi, qo’shimcha kapital harajatlarning qoplanish madtsati, mehnat unumdorligi, mahsulot hajmining ko’payishi hom ashyo va materiallarning birligidan olinadign mahsulot hajmining ko’payishi yoki bir birlik mahsulot ishlab chiqarishda ularning harajat miqdori va uning belgilangan me’yor (reja) darajasiga nisbatan kamayishi, fond qaytimi, fond rentabelligi, dastgohlar unumdorligi, ish vaqti fondi va korxonaning ishlab chiqarish kuvvatidan foydalanish darajasi va boshqalardir. Ular nihoyatda ko’p va xilma - xildir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari;
• asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari;
• aylanma fondlardan, mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari.
Mehnat resurslari deyilganda inson kuchi tushuniladi, ya’ni ishchi va xodimlar tushuniladi. Korxona tarakqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan ta’minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va qayta tayyorlash shakllarini hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida o’rin egallaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarini kadrlar (xodimlar) bilan ta’minlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Xodimlar o’zlarining bilimi va ilmi, mehnat malakasi, ishlab chiqarish tajribasi va ma’naviyati bilan ishlab chiqarish kuchlarining muhim unsuri hisoblanadi. Ular fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mehnat unumdorligini, mahsulot sifatini oshirish, tannarxini pasaytirish, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash orqali ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydilar.
Ishlab chiqarishida nafaqat mehnat qurollari va mehnat buyumlari (ishlab chiqarish vositalari), balki kadrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqaradilar, joriy va istiqbolga tegishli rejalashtirishni va bashorat qilishni amalga oshiradilar, ishlab chiqarish vositalari va moliyaviy resurslarni harakatga keltiradilar. Kadrlarning bilimi, ilmi, kasbiy mahorati qanchalik yuqori bo’lsa, korxona faoliyatining ishlab chiqarish — iqtisodiy parametrlari shunchalik yuksak bo’ladi. Demak, korxona ishlab chiqarishning ahvoli, holati, rivoji uning kadrlar potentsiali bilan belgilanadi.
Davlat kadrlar siyosatini jamiyat hayotining barcha tomonlariga raxbarlik saviyasini oshirish bilan, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida jamoa tashkilotlarining rahbarlik rolini kuchaytirish bilan bevosita bog’laydi. Davlat va nodavlat tashkilotlari kadrlar bilan ishlashni muttasil nazorat qilib boradilar va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda kadrlar masalasida Prezident va Vazirlar Mahkamasining yagona yo’lidan og’ishmay yuradilar.
Ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatining har qanday sohasida natijalilik, samaradorlik ko’p jihatdan o’rta bo’g’in kadrlarga bog’liq. Ular rahbarlarning eng ko’p sonli kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishga hammadan yaqinroq turadilar. SHu boisdan respublikada o’rta bo’g’in kadrlarga adohida ahamiyat beriladi.
Kadrlar siyosatining mazmuni, uni amalga oshirishda amal qilinadigan bir qator tamoyillar mustaqillikka erishilgandan keyin butunlay o’zgardi. Kadrlar ishining usullari, shakllari, bu ishga yondashishning siyosiy va tashkiliy rahbarlik usullari haqidagi qoidalar qaytadan ishlab chiqildi.
Ma’lumki, siyosat kishilar orqali yuritiladi. Har qanday tashkiliy masalalarni siyosatdan ajratish mumkin emas. SHu sababli, odatda xodimlarning ishchanlik va siyosiy xislatlariga; oshkoralikka va xodimlarni ochiq-oshkora tanlashga, rahbarlikning davomiyligiga rioya qilgan xolda ularni o’zgartirib turishga; kadrlarga ishonishga hamda ularga nisbatan qat’iy talabchan bo’lishga; davlatning asosiy vazifalari va xodimlarning shaxsiy kobiliyatlariga muvofiq tarzda kadrlarni joy-joyiga qo’yishga; ularning ajoyib fazilatlari va kamchiliklarini o’rganishga; xo’jalik va siyosiy rahyuardarning g’oyaviy-nazariy saviyasini muttasil oshirib borishga katta ahamiyat bariladi.
Kadrlar siyosagining dolzarb muammolari Prezident asarlari va nutqlarida nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan va har taraflama asoslab berilgan. Kadrlar siyosati Oliy Majlis tomonidan ko’rib chikilmoqda, ko’pgina qonun va qororlarda o’z ifodasini topmoqda.
1997 yilning avgust oyida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va ta’lim tizimining aniq strategiyasi yaratildi. Bu dasturning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tgayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Dostları ilə paylaş: |