2.2 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
Bu vazifani yechish amaliyotda kuyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi: • bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash; • iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish; • aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish. Xo’jalik samaradorligani oshirish omillarining yuqorida sanab o’tilgan har biri, faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida, ishlab chiqarish 14 samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o’zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi (1-jadval). Ishlab chiirishning iqtisodiy samaradorligi murakkab kategoriyadir. Unda ishlab chiqarish natijalariga hamda xarajatlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillar mujassamlangandir. Unda ishlab chiqarish natijalarining o’sishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga to’g’ri kelishida o’zining aksini topadi. 1-jadval. 25
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga asosiy fondlar juda katta ta’sir ko’rsatadi. Asosiy fond deb, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt bevosita va bilvosita qatnashib, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan va tabiiy qiymatini saqlagan holda o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsuloga qisman o’tkazadiganya mehnat vositalariga aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar, mehnat buyumlari va tayyor maxsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa tashish kabi ishlarni bajaradilar. Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisob-kitob qilish, ulardan foydalanishning samaradorligini ifodalash uchun juda ko’p ko’rsatkichlar kerak bo’ladi. Ularni bir necha guruhlarga bo’lish mumkin:
-asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- ulardan foydalanish darajasini, ularning samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
-ishlab chiqarish fondi bilan kurollantirish darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- integral ko’rsatkichlar.
Bu ko’rsatkichlar tizimida ayniqsa, fond qaytimi ko’rsatkichi va fond rentabellik ko’rsatkichi alohida o’rin egallaydi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri
mavjud ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashdir. Ulardan samarali foydalanish masalasi ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida yanada dolzarblashadi. SHuning uchun ham O’zbekistonda ulardan har taraflama unumli foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to’la va unumli foydalanilsa, ko’proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi oshadi.
Korxonaning ishlab chiqarish kuvvati vaqt birligi ichida belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chiqarish maydonlaridan to’liq foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati natura birligida o’lchanadi.
Ishlab chiqarishda turli uskunalardan foydalanish, korxonaning quvvati asosiy texnologak jarayonlarni bajaradigan yetakchi tsexlar, bo’linmalar yoki agregatlarning kuvvatlariga binoan hisoblanadi.
Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kapital mablag’ sarflamay, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga, mehnat unumdorligi va samaradorlik o’sishiga hamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon yaratadi. SHuning uchun ham hozirgi sharoitda respublikada ulardan unumli foydalanishga katta e’tibor berilmoqda.
Korxona asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari samaradorli -gani oshirishda korxonalarda texnologik uskunalarning ish smenasini ko’paytirish katta ahamiyatga ega.
Korxonada turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag’larga bo’lgan ehtiyojlar doimo oshib boradi. Korxonalarda asosiy fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham harakatda bo’ladi. SHu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi.
Aylanma fondlar — ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazib, o’z shaklini ham o’zgartiradigan, butunlay yo’qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg’armalari va ishlab chiqarishdagi mablag’lar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarish jamg’armalari aylanma fondlarning asosiy qismini tashkil etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mehnat buyumlari, xususan, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, xo’jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat.
Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o’zi yaratgan, lekin chala tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi.
Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi. Ularga yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o’zlashtirish, mutaxassislarni o’qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga
olish, tog’-korxona korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga qoplanadi.
Aylanma fondlarning tarkibini iqtisodiy taxlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoqlar va korxona taraqqiyotini belgilashga katta yordam byoradi. Aylanma fondlarning tarkibini aniqlash, ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llarini belgalash uchun moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar har bir tarmoq ikkinchi tarmoqqa qanday buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish va uning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxona faoliyati samaradorligini oshirishda moddiy resurslardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Moddiy resurslardan foydalanishning juda ko’p yo’llari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- moddiy resurslardan kompleks (har taraflama) foydalanish;
- chiqindilardan yoki ikkilamchi xomashyo va materiallardan foydalanish.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda xo’jalik mexanizmining ahamiyati katta. Xususan bunga, xo’jalik mexanizmining rejalashtirish, baholash, moliyalash kreditlash, xo’jalik hisobini yuritish, boshqarish, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish kabi elementlari ham ta’sir ko’rsatadi. Aylanma fondlardan oqilona foydalanish uchun raqobatni joriy etish kerak. Raqobat esa, mahsulotni eng sifatash, eng arzon va ko’plab ishlab chiqarish vositasidir. Raqobat bo’lishi uchun bir xil mahsulotni ishlab chiqaradigan korxonalar soni ko’p bo’lishi kerak.
Aylanma fondlardan rejali foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini mahsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda
me’yorllashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish ishlab chiqarishxarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, moddiy texnika ta’minotini tashkil etish, texnika va texnologiyalarni
takomillashtirishning asosiy vositasi xisoblanadi. Barcha me’yorlar ilmiy jihatdan
asoslangan va o’z xususiyatlari bo’yicha davr talabiga javob beradigan
bo’lishlari zarur.
Moddiy resurslarni sarflash me’yorlari turlicha bo’lishi mumkin:
1. Foydalanish muddatiga ko’ra me’yorlar:
a) istiqbolli; b) yillik; v) operativ me’yorlar.
2. Qo’llanish miqyosi bo’yicha me’yorlar ikki xil: shaxsiy me’yorlar va rasmiylashgan me’yorlar.
Z. Me’yorlashtirilayotgan mablag’ning detallashtirilish darajasi tayyor mahsulot yoki uning ayrim qismlari bo’yicha ajratilishi mumkin.
4. Materiallarni detallashtirilish bo’yicha yig’ma me’yorlar, material sarfi
bo’yicha yiriklashgan me’yorlar bo’lishi mumkin. \
Moddiy resurslarni to’g’ri, oqilona sarflashni me’yorlashtirish uchun ularning tarkibini belgilash katta ahamiyatga ega.
Me’yorlar tarkibida quyidagilar e’tiborga olinadi:
- mahsulot birligiga sarflanadigan foydali xomashyo va materialning miqdori.
- zaruriy texnik chiqindi va boshqalar.
Me’yorlar tajriba, laboratoriya, texnikaviy, analitik, statistik usullar bilan tuziladi.
Korxonalar faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablag’lar bilan uzviy bog’liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Muomaladagi ishlab chiqarish fondlarining yig’indisi aylanma mablag’larni ifodalaydi. Aylanma mablag’lar 2 ta fondni o’z ichiga oladi:
- aylanma fondlar;
- muomala fondlari.
Aylanma fondlar, o’z navbatida ishlab chiqarish jamg’armasi,
tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahsulotlardan iborat bo’ladi.
Muomala fondlariga jo’natishga yuklangan mahsulotlar va davlat bankidagi pul mablag’lari kiritiladi.
Aylanma mablag’lar doimo harakatda bo’lib, pul va ishlab chiqarilgan tovar shaklida ro’y berishi mumkin.
Korxonaning aylanma mablag’lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida muhim rolь o’ynaydi. CHunki ular ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga sharoit yaratib beradilar. Aylanma mablag’lari kamayib ketgan korxonalar bankrotlikka yuz tutadilar.
Tashkil etilishi usuliga qarab aylanma mablag’lar me’yorllashtiriladigan va me’yorlashtirilmaydigan mablag’larga bo’linadi.
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’lar korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun kerak bo’lgan mablag’larning minimal miqdoridir. Aylanma mablag’larning aylanish davri 3 qismdan iborat bo’ladi:
1. Mablag’larning ishlab chiqarishdagi jamg’arma shakli;
2. Ishlab chiqarish jarayonidagi shakli;
Z. Tayyor mahsulot yoki Me’yorlashtirishning asosiy jamg’armalarini, tugullanmagan ishlab
Me’yorlarga binoan ishlab chiqarish jamg’armalari rejalashtiriladi. Ularning mikdori korxonalarda kamroq, lekin ishlab chiqarish jarayoniga yetarli bo’lishi kerak.
Korxonaning aylanma mablag’lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida muhim rolь o’ynaydi. CHunki ular ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga sharoit yaratib beradilar. Aylanma mablag’lari kamayib ketgan korxonalar bankrotlikka yuz tutadilar.
. Aylanma fondlarning ashyoviy mazmunini asosiy va yerdamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar, ehtiyot qismlar, kam baholi hamda tez to’ziydigan buyum va inventarlar, turli idishlar (taralar) tashkil etadi. Aylanma fondlarga tayyor mahsulot, yo’ldagi mahsulot va hisobdagi pullar ham kiradi.
“BUKA AKUMMASH” MCHJ DA ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASHDA IQTISODIY ASOSLAR
―Farg’ona Don maxsulotlari‖ OAJ 1994 yil 28 dekabr kuni Davlat mulk qo’mitasining №784 K-PO sonli buyrug’iga asosan ta’sis etilgan.
―Boka Akummash‖ OAJ 635897,7 ming so’mlik Nizom jamg’armasiga ega va unda 2119659 dona oddiy aktsiyasi bo’lib, har bir aktsiya qiymati 300 so’mni tashkil qiladi. Jamiyatning mulkida Davlat ulushi 51 foiz, mehnat jamoasi ulushi 5,13 foiz, erkin sotuvdagi ulushi esa, 43.87 foizni tashkil qiladi.
Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish faoliyati un va omuxta yem maxsulotlari, non va bulka maxsulotlari,qandolat maxsulotlari, makaron maxsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan.
Jamiyatning boshqaruv organi – Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi bo’lib, uning vakolatlariga Nizomnm tasdiqlash, yillik hisobotlarni, olingan daromadlarni taqsimlash kabi vakolatlar kiradi. Umumiy yig’ilishlar orasida Jamiyat Kuzatuv Kengashi tomonidan boshqariladi.
Jamiyatning joriy xo’jalik faoliyatini boshqarish kollegial ijroiya organi-boshqaruv hayati tomonidan, funktsional departament strukturasi, ya’ni faoliyatning barcha sohalari bo’yicha chegaralangan majburiyatlarni bo’linmalarga yuklatish printsipi asosida amalga oshiriladi ( ilova).
―Boka Akummash‖ OAJ ning ishlab chiqarish tarkibi 2, 3 tegirmonlar va omuxta yem ishlab chiqarish tsexlari, shahar markazidagi ―Issiq non‖ tsexi, Qirguli mavzesidagi ―Issiq non‖ tsexi, Qoraqoyli qishlogidagi ―Vaxtel‖ issiq non tsexi, Boka shahar-DKK va Pskent tuman DKK shaxobchasi, Muratali don qabul qilish filialidan tashkil topgan.
1-jadval
―Boka Akummash‖ OAJ bo’yicha 2012 yilda ishlab chiqarilgan maxsulotlarning ko’rsatkichlari haqida ma’lumot (―BAM‖ ma’lumotlari asosida)
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib tkribdiki,‖BukaAkummash‖ OAJda 2012 yilda asosiy maxsulot ishlab chiqarish hajmi o’tgan 2011 yilga nisbatan 2420 tonna yoki 106 % ga ko’p ishlab chiqarilgan bo’lsa, omuxta yem ishlab chiqarish hajmi 2012 yilda 37017 tonna yoki 1903 tonna o’tgan yilga nisbatan ortig’i bilan ishlab chiqarilgan.
Urug’lik bug’doy ishlab chiqarish hajmi ham 2011 yilga nisbatan 1460 kg kam ishlab chiqarilgan. Ushbu ko’rsatkichlarni taqqoslama narxlarda ko’radigan bo’lsak, 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 4122588 ming so’m yoki 110% ga ko’p maxsulot ishlab chiqarilganligini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab korxona tomonidan tayyorlanayotgan maxsulotlar bahosida yuzaga kelgan o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Korxonada non, makaron maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’tgan 2011 yilga nisbatan mos ravishda 284 va 682 tonnaga kam ishlab chiqarilgan. Qandolat maxsulotlarini ishlab chiqarish umuman to’xtatilgan. Agar korxonaning maxsulot sotish bozorini taxlil qiladigan bo’lsak, ‖BokaAkummash‖ OAJning barcha ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan maxsulotlarining bozordagi salmog’i 57,8% ni tashkil etadi. Agar jon boshiga 56,2 kg non maxsklotlari ishlab chiqarilsa, bunda ‖Boka Akummash‖ OAJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan non ulushi 21,2 kg ni tashkil qiladi. Boka shaxrida ishlab chiqarilayotgan un maxsulotlarining 90%, qandolat maxsulotlarining 10% korxonada ishlab chiqariladi. Biroq, yuqoridagi jadval ma’lumotlari bozorda yuqori ulushga ega bo’lgan non, makaron va qandolat maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmini kamaytirib yuborgan va korxona o’zining bozordagi mavfeini raqobatchilarga berib qo’ymoqda. Bunga asosiy sabab korxonadagi texnik vositalarning ham jismonan ham ma’naviy eskirganligi va natijada ishlab chiqarish tsexlarining to’xtab qolganligi bilan izohlash mumkin. Korxona ma’muriyati tomonidan 2018 yilda ishlab chiqarishni rivojlantirish va kapital ta’mirlash ishlari rejasi ishlab chiqilgan, biroq bu reja ham amalga oshirilmagan. Unga ko’ra korxona tomonidan jami 1045 mln. So’m miqdorida kapital qo’yilmalar kiritish rejasi amalga oshmagan. SHuningdek, non maxsulotlarini sotish tartibiga e’tibor qaratilsa, ‖Boka Akummash‖ OAJda maxsulotlarni sotish tizimini quyidagi rasmda ko’rishimiz mumkin( 1 -rasm). Rasmdan ko’rinib tuibdiki, non maxsulotlarini sotishni 25% non zavodi, xususiy firmalar, tadbirkorlar tomonidan 40%, issiq non 25%, davlvt ta’minoti 10% ni tashkil etmoqda. Agar korxona non maxsulotlarini 60-70% ni o’z firma do’konlari orqali sotishni tashkil etsa, jamiyat har oyda o’z tovar aylanmasini 40-50 mln. so’mgacha yetkazib,jamiyat ixtiyorida qoladigan savdo chegirmasidan umumiy natijaga qo’shimcha foyda keltirish imkoniyati yuzaga keladi.
Rasmdan ko’rinib tuibdiki, non maxsulotlarini sotishni 25% non zavodi, xususiy firmalar, tadbirkorlar tomonidan 40%, issiq non 25%, davlvt ta’minoti 10% dir.
Agar korxona non maxsulotlarini 60-70% ni o’z firma do’konlari orqali sotishni tashkil etsa, jamiyat har oyda o’z tovar aylanmasini 40-50 mln. so’mgacha yetkazib,jamiyat ixtiyorida qoladigan savdo chegirmasidan umumiy natijaga qo’shimcha foyda keltirish imkoniyati yuzaga keladi(2-jadval).
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bugungi kunda jamiyatda 639 ta ishchilar bo’lib, o’tgan yilga nisbatan ular soni 29 taga kamaygan, undan boshqaruvchilar 20 kishini tashkil qilib, 2012 yilda ular soni 2 taga kamaygan. Jamiyatda ishchilarga 2012 yilda 4047462 m.so’m yoki 2011 yilga nisbatan 1110233 m.so’m (138%) ko’p ish xaqi hisoblangan.
SHunga mos ravishda o’rtacha ish xaqi ham o’tgan yilga nisbatan 153855 so’mga ko’payib 470503 so’mni tashkil qildi. Mehnat unumdorligi ham shunga mos tarzda 6007 m.so’mga o’sib, 65332 m.so’mni tashkil etgan (3-jadval).
3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ‖Boka Akummash‖ OAJda jami xarajatlar miqdori 2011 yilga nisbatan 9843817 m.so’mga oshib 43578127 m.so’mni tashkil etgan. Maxsulot tannarxi o’tgan yilda 28624162 m.so’mni tashkil etgan bo’lsa, joriy yilda 38064563 m.so’mga, ya’ni 9440401 m.so’mga ko’pqygan. Buni davr xarajatlarining 5672765 m.so’mga o’sganligi bilan izohlash mumkin. 1 so’mlik maxsulot tsarfi ham 99,1 tiyinni tashkil qilib, o’tgan yilga nisbatan 0,3 tiyin ot\rtiqcha sarf qilingan. Asosiy faoliyat faydasi 2011 yilga nisbatan 50% ga, 462098 m.so’mga, balans foyda 46958 sumga kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Biroq, shunday bo’lishiga qaramasdan sof foyda 2012 yilda 401334 m.so’mga ko’paygan (2- rasm).
Sof foydaning ko’payganligiga qaramasdan asosiy faoliyat rentabelligi 20% ga, balans foyda rentabelligi 0,6% ga saf foyda rentabelligi 0,3% ga kamaygan.
Demak, korxona ma’muriyati sof foyda hajmini, rentabellik ko’rsatkichlarini oshirish, xarajatlar va 1 so’mlik maxsulot sarfini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni to’g’ri boshqarishni tashkil etishi lozim.
3-jadval
―BAM‖ OAJ da korxona xarajatlari, foyda va rentabellik ko’rsatkichlari(―FDM‖
ma’lumotlari asosida)
Mablag’larni o’rganishda pul mablag’larining tahlili alohida o’rmnni egallaydi. Bunday mablag’lar hisob-kitob, valyuta schyoti va g’aznadagi pullar tushuniladi. Mazkur mablag’lar to’lov majburiyatlarining bajarilishida birlamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, hisob-kitob va valyuta schyotidagi mablag’lar mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar, ishchi-xizmatchilar, byudjet, bank, sug’urta va boshqalar bilan bo’ladigan aloqa manbaidir. SHu tufayli bu masala alohida o’rganilishi lozim. SHu yerda o’tgan va joriy yildagi ko’rilgan zararlar ham aks etgirilishi kerak.
Korxona mulki va mablag’larning kelib chiqish manbalari balansning passivida ko’rsatiladi. Bular o’ziga qarashli va chetdan jalb qilingan manbalarga ajratiladi. Jalb qilingan manbalarga bank kreditlari va kreditorlik qarzlari kiradi.
Passiv ham xuddi aktiv qism kabi ikkita bo’limdan iborat. Ya’ni balans passivining birinchi bo’limi - «O’z mablag’lari manbalari» deb nomlanib, bunda ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar, maqsadli tushum va fondlar kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari aks etgiriladi. Passivning «Ustav kapitali» bandida xo’jalik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan mablag’lari ko’rsatiladi. Hissadorlik jamiyatlarida esa har bir qatnashchining qo’shgan hissasi ustav fondida ko’rsatiladi. Dividend sifatida taqsimlanadigan sof foyda hajmi ham qo’shilgan hissaga qarab aniqlanadi. Demak, ustav fondi bozor iqtisodi sharoitida yuridik shaxs sifatida korxonaning o’ziga tegishli mablag’i va aktsionerlarning qo’shgan hissasidan iborat bo’ladi. Har bir qatnashchi shaxsiy hissasiga qarab korxonaning xo’jalik va moliyaviy faoliyatiga aralashadi. Hamkorlikdagi, xissadorlik, qo’shma va kichik korxonalarning nizom jamg’armasi hajmi qatnashchilar qo’shgan badallar miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Passivning II bo’limiga taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) ham kiritiladi. Bu bandning summasi korxonaning olgan foydasi miqdoriga va uning taqsimlanishiga bog’liqdir. Korxona o’z oldidagi foydadan to’lashi lozim bo’lgan majburiyatlarini bajarib bo’lgandan so’ng, qolgan qoldiq kelgusida rezerv sifatida foydalanilishini ko’zlanib qoldiriladi. Taqsimlanmagan foyda bandi o’tgan yillardaga foydadan qolgan summalarni ham ifodalaydi. Balansda korxonaning o’z mablag’lari manbai qancha ko’p ulushni egallasa, shunchalik moliyaviy ahvol ishonchli bo’ladi.
Badans passivining ikkinchi bo’limi «Majburiyatlar» deb nomlanib, unda korxonaning uzoq muddatli va joriy majburiyatlari aks ettiriladi. Uzoq muddatli majburiyatlarga - uzoq muddatli bank kreditlari va uzoq muddatli qarzlar va shu kabi uzoq muddatli majburiyatlar kiritiladi. Bank kreditlari ishlab chiqarishni texnik jihozlash, asosiy vositalar sotib olish asosiy foyda tashkil qilish va boshqa ko’pgana istiqbolli loyihalarni mablag’ bilan ta’minlash maqsadida olinishi mumkin. Qarzlar bandida esa boshqa korxonalardan (bankdan tashqari) olingan qarz summalari ko’rsatiladi. Bu bandlarni to’ldirish uchun zarur ma’lumotlar «Banklarning uzoq muddatli kreditlari» va «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlar qoldig’idan olinadi.
II bo’lim passivini o’rganish ham katga ahamiyatga ega. Balans passivining ikkinchi bo’limi «Majburiyatlar» deb nomlanib, bu bo’limda qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlariii, korxoia ishchi-xizmatchilari uchun bank kreditlari, tovarlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun berilgan veksellar, mehnatga haq to’lash bo’yicha, ijtimoiy himoyalash, sug’urta, ta’minot, mulkiy va shaxsiy sug’urta, byudjet bilan, undan tashqari to’lovlar, shuьba korxonalari va boshqalar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar ko’rsatiladi. Bulardan tashqari haridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar, ko’zda tutilgan daromadlar, xarajatlar va to’lovlar zahirasi, dargumon qarzlar bo’yicha zahiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar ham ushbu bo’limda
aks ettiriladi. SHu bo’lim passivida juda ko’p buxgalteriya hisobi schyotlarining kredit qoldig’i keltiriladi. Korxona balansiii o’rganishda asosiy e’tibor yil boshida o’tgai davrda mulk va mablag’larnish qanchalik o’zgarganligi hamda aktiv-dagi har bir band passivdagi manbalar bilan qanchalik ta’minlaganligiga qaratiladi.
Yangicha ish yuritish sharoitida korxonalar mulkining tarqibini o’rganish va uni ko’paytirish yo’llarini aniqdash xo’jalik faoliyatining tahlilida muhim o’rii tutadi. Ayniqsa, balansga qarab korxona mol-mulki va boyligining tarkibini kuzatish, sof mablag’ holatini anikdash, imkoniyat me’yorini o’lchashga yordam beradi. Odatda, korxona mablag’lariga asosan vositalar va oborotdan tashqari aktivlar hamda material (me’yorlashtirilgan) aylanma pul mablag’lari kiradi. Ularning miqdori hissadorlik, hamkorlik, kichik va boshqa korxonalarning katta-kichikligiga, ixtisoslashuvi va bozor sharoiti raqobatlariga bardoshligiga bog’liqtsir.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ham o’rganish va tahlil etish lozim bo’ladi.
Quyidagi jadvalda korxona mulkining hajmi va tarkibi keltirilgan. Uni tuzishda balans ma’lumotlaridan foydalanib, sof, ishlatishga layoqztli boyliklar holati o’rganiladi. Keltirilgan ma’lumotlar balansning jami summasiga teng bo’ladi.
Manba: Bo`ka Akummash jamiyati a`zolari ma’lumotlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Dostları ilə paylaş: |