Bir tur arealida uzoq muddatdan beri
ya shab kelayotgan, boshqa populyatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, erkin chatishib, serpusht nasl beradigan individlar yig‘indisiga — populyatsiyadeyiladi.
2.Xlorofill
O’simliklar tarkibida yashil rang beruvhi pigment.
3.Prokariotlar
Haqiqiy yadroga ega bo’lmagan organizmlar (bakteriya va ko’k-yashil suvo’tlari).
4.Spora
Bakteriyalar noqulay sharoitda hosil qiladigan jarayon.
5.Ribosoma
Ribosoma hujayrada oqsil
sintezini amalga oshiruvchi organoid bo‘lib, membranasiz organoidlar qatoriga kiradi.
6.Lizosoma
Lizosomalar(yunoncha –“lizeo” – eritaman, “soma” – tana degan so‘zlardan olingan) uncha katta bo‘lmagan yassi tanachalardir. Diametri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana bilan o‘ralgan. Lizosomada oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalaydigan 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar bo‘ladi
7.Fe(temir) element
Fe elementi eritrositlar oqsili –gemoglobin tarkibiga kiradi va kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga olib borishda ishtirok
etadi.