Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahar 2-umumiy o’rta ta’lim maktab biologiya fani o’qituvchisi Inatov Azizbekning 9-sinflar o’rtasida o’tkazilgan “Men biologiyani qanchalik bilaman” bellashuvi uchun tayyorlagan tadbir ishlanmasi
Inson uchun uning hayotida ikkita asosiy kun bor ,birinchisi uning dunyoga kelgan kuni bo’lsa ,ikkinchisi nimaga kelganini anglagan kun. Mark Tven.
Assalom alaykum aziz ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchilar bugungi “Men biologiyani qanchalik bilaman “deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz.Bugungi tadbirimiz 9-sinflar o’rtasida o’tkaziladi.Barcha sinflardan jami 6 nafardan eng biologiya faniga qiziqadigan zukko o’quvchilarimiz qatnashadilar .O’quvchilarimizga 5 ta shartdan iborat topshiriqlar beriladi va har bir guruh javoblari eshitilib ballar qo’yiladi va shu tariqa eng yuqori ballni olgan sinf o’quvchilari g’olib bo’lishadi.Hamma 9-sinflarimizga omad tilagan holda biz boshladik.
Bir soatgina ilm o’rganish ,bir kechalik ibodatdan yaxshidir. Hadisdan.