Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə129/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Mevali daraxt- meva hosil qiluvchi ko`p yillik o`simliklar. Mevali darxtlarning mevalari iste`mol qilinishi bilan boshqa daraxtlardan farq qiladi. Ular mevasining turiga qarab quruq meva hosil qiluvchi va ho`l meva hosil qiluvchi kabi turlarga bo`linadi. Bodom, pista, yong`oq kabilar quruq meva beradi. Olma, behi, o`rik va shu kabilar ho`l meva beradi. Ularning mevalari seret bo`ladi. Ho`l mevalarning aksariyat turi danakli mevali daraxtlar hisoblanadi.Danakli meva daraxtlari - raʼnoguldoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub, mevasi danakli ko`p yillik o`simliklar. Ularga o`rik, shaftoli, olxo`ri, olcha (olvoli), gilos, tog`olcha, jiydadoshlardan jiyda va boshqalar kiradi. Danakli meva daraxtlari O`zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida bor. Danakli meva daraxtlari urug`li meva daraxtlarita qaraganda ertaroq gullaydi, 3—4 yilda hosilga kiradi, odatda har yili hosil beradi.
Mexanizm- har xil ishlarni tez va samarali bajarish uchun mo`ljallangan asbob. Ularsiz biror ishni bajarish juda qiyin bo`ladi. Mexanizmlar juda sodda ham va murakkab ham bo`lishi mumkin. Masalan, bolg`acha, qaychin va aravacha soda mexanizmlar. Bunday asboblar bilan odamlar bir necha ming yil ilgari foydalana boshlaganlar.
Mikrob-(yunononcha mikros — kichik, bios — hayot, ya`ni kichik hayot degan ma`noni bildiradi) — mikroorganizmlarning umumiy nomi. Mikroskopik organizmlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, achitqi va mogʻor zamburugʻlari, bir hujayrali hayvonlar, viruslar kiradi. Baʼzan mikroskopik suvoʻtlar va boshqa juda mayda organizmlar ham Mikroblar deb ataladi.
Mikroorganizm- asosan, bir hujayrali mavjudodlardir. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mayda suvoʻtlar va boshqa kiradi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. Mikroorganizmlarning oʻlchami turlicha boʻlib, ularni mikroskop orqali ko`rish mumkin. Koʻpgina Mikroorganizmlar bir hujayrali, baʼzilari, masalan, mogʻor zamburug`lari koʻp hujayrali bo`ladi. Tabiatda kasallik qoʻzgʻatuvchi Mikroorganizmlar ham mavjud. Mikroorganizmlar tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. Ular tabiatda moddalar aylanishida katta rol oʻynaydi. Mikroorganizmlar oʻsimlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil oʻsimliklar uchun zarur bo`lgan mineralga aylantiradi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin