Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə135/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Namangan shahri- Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi bo`lib, aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda turadi. Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan biridir. Namangan Fargʻona vodiysining har jihatdan peshqadam shahridir. U vodiyning shimolida, Shimoliy Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3 kv.km. Iyulning oʻrtacha havo harorati +26, yanvarniki —2, -3 ni tashlik etadi. Aholisi 396 mingdan ziyod.
Namangan viloyati- Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Bu viloyat 1941- yil 11-martda tashkil etilgan (1960-yil 25-yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967 - yil 18 - dekabrda kayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoqlari – Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, janubi-sharqsan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning So`gʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Viloyat aholisi esa 1982,7 ming kishini tashkil etadi. Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayat, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Namangan shahri.
Namlik-havodagi suv bugʻlari va fizik jismlar tarkibidagi suv miqdori. Namlik ob-havo va iqlimni, jismlarning xossalarini belgilaydigan omillardan biri. Namlik havoning suv bugʻlariga, jismlarning suvga qanchalik toʻyinganligiga, ularning tabiatiga, zichligiga yoki gʻovakligiga, ichki va tashqi sirtlari oʻlchamlariga bogʻliq. Uni materialning quruq qismi massasi birligiga nisbatan olingan suv miqdori bilan ham ifodalash mumkin. Materiallar (masalan, paxta, taxta), mahsulotlar (don va boshqalar) ning namlik darajasini belgilab qoʻyishning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta. Koʻp jismlar (masalan don, sement) maʼlum namlikdagina moʻljallangan maqsad uchun yaraydi. Odam, jonivor va oʻsimliklarning hayoti ham maʼlum darajadagi namlik va muhitning nisbiy namligiga bogʻliq. Namlik miqdori maxsus asbob — namlik oʻlchagich bilan oʻlchanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin