Mushukcha- Musicha-(Streptopelia senegalensis) — kaptarsimonlar oilasi gʻurraklar urugʻiga mansub qush. Dumi uzun, boshqa kaptarsimonlarga nisbatan kichik. Tanasining orqa tomonidagi patlari bir xil kulrang , boʻyni orqasida qora rangli yarim halqasi bor. Urug`ning boshqa turlaridan gavdasining kichikligi (uzunlik 14—30 sm), daraxtlar shoxiga in qurmasligi bilan farq qiladi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan, turar joylar yaqinida yashaydi. Binolarning boʻgʻotlariga in quradi, 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Bir yilda bir necha marta bola ochadi. Oʻtroq yashaydi. Oʻsimliklar urugʻi, jumladan, don va non uvoqlari bilan oziqlanadi.
Muskul- Muz- qattiq holatdagi suv. Muz asli shaffof, rangsiz, faqat katta hajmdagisi moviyroq rangda bo`ladi. Qor va qirov ham aslida muzdan iborat. Muz suvda cho`kmaydi. Toza muz esa elektr oʻtkazmaydi. Tabiatdagi muz suvga nisbatan ancha toza boʻladi. Quyosh sistemasidagi sayyoralar va kometalarda ham muz borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Yer sharidagi muzning aksari qismi qutbiy oʻlkalarda, asosan, Antarktidada toʻplangan (bu yerda muzning qalinligi 4 km ga yetadi). Oʻrta Osiyo togʻlarining dengiz sathidan 3000 m dan baland joylarida muzliklar bor. Tekisliklarda esa qish sovuq kelgan paytlarda daryo va boshqa suv havzalarida paydo boʻladi. Muz suvga nisbatan yengil boʻlganidan suv yuzidagi muzlar daryolarni va boshqa suv havzalarini tubigacha muzlab qolishdan saqlaydi. Atmosfera, suv ichi va ustidagi, yer yuzasidagi va Yer poʻstidagi muz oʻsimlik hamda hayvonlarning yashash sharoiti va hayot faoliyatiga taʼsir qiladi. Muz bir qancha tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi (uchuvchi apparatlar, kemalar, inshootlar, temir yoʻl va tuproqning muzlashi, doʻl urish, qor boʻronlari, qor bosishi, dare oʻzaniga muz tiqilib qolib toshqin boʻlishi, ekinlarni sovuq urishi va boshqalar). Sport musobaqalari oʻtkazish maqsadida sunʼiy yaxmalaklar ishlanadi. Tabiiy muzdan oziq-ovqat mahsulotlarini, biologik va tibbiy preparatlarini saqlash hamda muzlatishda foydalaniladi. Tabiatda muz qor, doʻl, qirov, aysberg kabi koʻrinishlarda tarqalgan.