Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Nur- yorug`lik manbaidan tarqalayotgan yorug`lik. Nurota shahri-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə141/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Nur- yorug`lik manbaidan tarqalayotgan yorug`lik.
Nurota shahri- Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976-yildan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Hozirda tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Tinchlik (85 km). Nurota viloyat markazi (Navoiy shahri)dan 85 km uzoqlikda. Aholisi 30,3 ming kishi. Nurota Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Nurotaning ulkan boyligi uning marmar konidir. Shahardagi "Nurotamarmar" sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlayapti. Shuningdek, Nurotada non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, "Nurbuloq", "Nurobod" aksiyadorlik jamiyatlariga karashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, pedagogika, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kollejlari, ommaviy kutubxona, klub, "Chashma" oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Nurotada kasalxona, 10 ortiq dorixona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota ustalari tomonidan tayyorlangan duradgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha haridorgir boʻlib kelgan. Nurota shahri tarixini shu joyda Nur qalʼasini qurdirgan Iskandar Zulqarnayn bilan bogʻlashadi. Nurotada Chashma bulogʻi bor, buloq shifobaxsh hisoblanadi.
Nurota tog` tizmasi- Turkiston tizmasining shimoli-g`arbiy qismida joylashgan. Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida. Nurota tog`lari bir-biriga yonma-yon bo`lgan ikkita tizmadan iborat. Shimoliy tizma Nurota tog`lari, aniqrog`i, Shimoliy Nurota tog`lari, janubiysi — Janubiy Nurota tog`lari deb yuritiladi. Shimoliy Nurota tog`laring uzunligi 70 km, o`rtacha balandligi 1260 m. Shimoliy Nurota tizmasining markaziy qismi nisbatan baland, o`rtacha balandligi 1750 m ga yetadi. Eng baland joyi (Zargartog`) — 2169 m. Bu qismida Katta Fozilmon (2134 m), Qarchig`ay (2105 m) kabi cho`qqilar ham bor. Janubiy Nurota tog`lari bir qancha tog`lar: G`ubdintog`, Qaroqchitog`, Oqtog`dan iborat. Oqtog`ning shimoli-g`arbidagi Qoratog` ham janubiy Nurota tog`lariga kiradi. Bu tog`lar bir-biridan Qo`shrabot, Qo`ytosh va Nurota orqali ajralib turadi. Nurota tog`lari shimoli-g`arbga tomon 180 km cho`zilgan. O`rtacha balandligi 1000– 1500 m. Nurota tog`larining pastroq qismida yoz quruq va issiq, qish u qadar sovuq emas. Yillik o`rtacha harorat +14, +15, yanvarniki -0,6, —2,3, iyulniki +15, +25,4 bo`labi. Nurota tog`laridan ko`plab daryo va soylar (Osmonsoy, Kulbasoy, Uchmasoy, Majrumsoy, Uxumsoy, Sentabsoy, Tusunsoy, Oqtepasoy, Ko`ksaroysoy, Oqchopsoy va boshqalar) boshlanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin