Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə149/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ob-havo- biror joy yoki hudud atmosferasidagi meteorologik elementlarning uzuluksiz oʻzgarishlari majmui, atmosferaning muayyan tabiiy jarayonlarga bogʻliq holati. Inson faoliyatining barcha jabhalari ob-havo bilan uzviy bogʻliq. Ob-havo toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Maʼlum joyning aniq bir vaqtdagi ob-havosi meteorologik elementlar (harorat, havo namligi, bulut, yogʻin miqdori, shamol tezligi va yoʻnalishi, qor boʻroni, momaqaldiroq, tuman va boshqalar) bilan tavsiflanadi. Ob-havo Yerning oʻz oʻqi at-rofidagi harakatiga bogʻliq boʻlgan davriy oʻzgarish, shuningdek, asosan, havo oqimlarining almashinishiga bogʻliq boʻlgan nodavriy keskin oʻzgarishlar sodir boʻlib turadi. Xalq xoʻjaligining qariyb hamma tarmoqlarini ob-havoning kelgusidagi holati qiziqtiradi. Yilning issiq davrida Oʻrta Osiyo hududi havo qattiq isib va qurib ketadigan, kontinental tropik havo shakllanuvchi markaz hisoblanadi. Chekka janubiy hududlarda kunduzgi eng yuqori nharorat +45, +50 gacha yetadi. Ob-havoning ochiq, quruq va issiq kelishi qumli tuproqlarning qurib ketishiga va shamolda koʻp miqdordagi qizigan changlar havoga koʻtirilib, haroratning yanada or-tishiga sabab boʻladi. Atmosfera hodisalarini zamonaviy asbob-uskunalar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, hisoblash mashinalari, raketalar, radiozondlar, samolyotlar) yordamida oʻrganish, uning kelajak rivojini aniklaydigan usullarning tako-millashishiga olib kelmokda.
Obirahmat g`ori-
Odam skeleti-
Odam tanasi-
Odam terisi-
Odam- yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi (lotincha ongli odam). Odamlar mavhum fikrlash, nutq, qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat Odam uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan yirik boʻlishi, gavdasida junlarning yoʻqolib ketishi ham odam uchun xos belgi hisoblanadi. Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam bilan bogʻliq qadimgi rivoyatlar va qadimgi diniy kitoblarga koʻra, Odamato va Momohavo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Ingliz olimi Ch.Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyusion nuqtai nazardan talqin qilib, Odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin