Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


O`yingoh- O`zbekiston chinniguli-(



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə147/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

O`yingoh-
O`zbekiston chinniguli-(Dianthus uzbekistanicus) Pomir-Oloyning janubi-g`arbiy qismida o`suvchi noyob o`simlik. Bo`yining uzunligi 40 sm gacha yetadigan ko`p yillik o`t. poyalari ko`p, oddiy, ba`zan yuqori qismidan shoxlangan, tuksiz, pastki qismi g`adir-budir, uzunigi esa 20-35 sm. Gulari yakka-yakka, asosi qalin tukli, pushti rangli. Mevasi ko`sakcha, ichida esa urug`I ko`p bo`ladi. May oyida gullab, iyunda mevasi yetiladi. O`zbekiston chinniguli Zarafshon tizmasi(Taxtaqoracha davoni, Qizilolma va Tarag`ay qishloqlari atroflari)da Hisor tizmasi(Bog`cha qishloq atrofi)da tarqalagan (Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari). Bu o`simlik asosan, tog`-shag`alli joylarda, tosh va ohaktosh siniqlari orasida o`sadi. Urug`idan ko`payadi. Chiroyli gullaganligidan guldastalar uchun uzib olinishi va chorva mollari ko`p iste`mol qilganligi tufayli soni qisqarib ketgan. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.
O`zbekiston milliy bog`i- Alisher Naviy nomidagi bog`. Bog` aholi madaniy dam oladigan ko`kalamzor maskan. Bog`da an`anaviy bayramlar va sayllar o`tkaziladi. Bu bog` dastlab 1938-yili yoshlar tashabbusi bilan hasher usulida bunyod etilgan. Ko`l ustiga ikkita yoysimon osma ko`prik o`rnatilgan. Bog`da Muqumiy teatrining yozgi binosi, qayiq bekati, 1940-yilda qurilgan Bolalar temir yo`li, attraksion va boshqalar bor. 1991-yil bog` maydoni kengaytirilib qayta qurildi. Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan uning nomi berildi. Bog` o`rtasida ko`shk qurilgan bo`lib, tomi gumbaz bilan qoplangan. Gumbaz ustunlarga tayangan. Ko`sh o`rtasida bronzadan ishlangan 7 metrli Navoiy haykali o`rnatilgan. Atrofida “Xalqlar do`stligi” san`at saroyi, “Navro`z” restorani va boshqa binolar joylashgan.
O`zbekiston Qizil kitobi- yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi, ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. 1948 - yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966 - yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi. Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974 yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978-yilda taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983 yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984 yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Yangi Qizil kitob 2003 yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin