Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Manzara- Manzarali daraxt-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə123/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Manzara-
Manzarali daraxt- yaproqli, igna bargli, doim yashil va barg toʻkuvchi oʻsimliklar kiradi. Xiyobon, koʻchalarga, hovuz va koʻl boʻylariga eman (dub), kashtan, chinor, akatsiya, oq qayin, majnuntol, terak, sarv, oq qaragʻay, shamshod, doʻlana, archa; shiypon va ayvon tevaragiga ilashib o`suvchilar — tok, chirmoviq, butalardan atirgul, siren (nastarin) va boshqalar ekiladi.
Marg`ilon shahri-(boshqa nomlari Margilan, Margelan) — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining janubiy qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona shahridan 10–12 km shimolida, 475 m balandlikda. Yaqin temir yo'l stansiyasi — Margʻilon (4 km). Margʻilonning janubiy chekkasidan Janubiy Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,5 ming kishidan ziyod bo`lib, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Margʻilondan 3–4 km janubroqda joylashgan Yangi Margʻilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi Margʻilon shahar Kengashiga qaraydi. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000-yillik tantanalari oʻtkaziladi. Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 20 ga qurilish tashkiloti bor. "Turonshoyi", Alisher Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, "Fargʻonasut", yogʻochsozlik korxonalari mavjud. "Doʻstlik— Margʻilon" qoʻshma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy tadbirkorlik obyektlari faoliyat yuritmoqda.
Mariana botig`i- Tinch okeanning g`arbiy qismidagi chuqur suv osti botig`i. Mariana orollari bo`ylab 1340 km masofaga cho`zilgan. O`rtacha kengligi 59 km, chuqurligi 11022 m. Mariana botig`i Dunyo okeanining va Yer sharining eng chuqur joyi.
Marinka baliq-
Markaziy magistral kanali-
Markaziy Osiyo-Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy hududi. Maydoni 6 mln. km². Shimoliy va g`arbiy chekkasi Mongoliya, Xitoy bilan Rossiya o`rtasidagi davlat chegarasigacha bo`lib, sharqdan Katta Shinjon, janubdan esa Tibet hududidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan o`ralgan. Markaziy Osiyo dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik bo`ylab cho`zilgan tog` tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiqlar (Jungoriya, G`arbiy Mongoliyadagi Katta Ko`llar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston nazarda tutiladi. Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Xitoyning Uyg‘ur viloyatlari ham kiradi.
Marmar-(yunoncha marmaros - yaltiroq tosh degan ma`noni bildiradi) — kristalli tog` jinsi. Mayda donachali marmar sifatli hisoblanadi. Marmar sovuqqa chidamli bo`ladi. Shuning uchun ham marmardan qurilishda keng foydalaniladi. Marmarga sayqal berish mumkin. Marmar qizil, pushti,sarg`ish, qo`ng`ir, yashil, jigarrang qora, kulrang, oq ranglarda bo`ladi. O`zbekistonning qadimgi Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon va boshqa shaharlaridagi me`moriy obidalarida katta va mayda marmarlardan foydalanilgan. Toshkent shahridagi ko`pgina teatr, ma`muriy binolar va metro bekatlarini bezashda marmardan foydalanilgan. O`zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan marmar konlari: G`ozg`on, Nurota, Zarband, Tomchiota, Ko`chat, Makrid, Qaxralisoy va boshqalardan qazib olinadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin