Abu Rayhon Beruniy-vatandoshimiz,Xorazmning aziz farzandi, ulug’ olim . Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentabrda qadimgi Xorazmning Kot shahrida (hozirgi Beruniy shahri) tug’ilgan. Sharqning qomus ul-ilimi, astronomi, geografi, ma’danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri mujassamlashgan. 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor yer globusini yaratdi. O’zidan oldingi ajdodlar qoldirib ketgan ko’plab kitoblarni o’rganadi va bizgacha etib kelgan, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”)ni yaratadi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, sug’diylar, xorzamiylar va boshqa ko’plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, shuningdek Sharqning turli mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to’la bayon etilgan. Bu asarda Beruniy o’zini faqat elshunos olim emas, balki tilshunos, arab, yunon, fors, suryoniy va boshqa til hamda adabiyotlarning bilimdoni sifatida namoyon etdi.
Adir- cho`l va tog`lar o`rtasidagi oraliq zona hisoblanadi. Adirlar dengiz sathidan 500-700 metrdan 1200-1600 metrgacha baland bo`lgan tog`oldi qirlardir. Adir mintaqasi balandroq tog` etaklaridan ko`pincha botiqlar bilan ajralgan bo`ladi. Bahor paytida adirda o`tlar, lolalar o`sib yotadi. Xo`jallikda adirdan erta bahorda yaylov sifatida foydalaniladi, yog`in ko`proq tushadigan adirda g`alla yetishtiriladi. Ayrim joylarga suv chiqarilib, bog`lar barpo etiladi.
Afg`on maynasi- Afg`oniston- Amudaryo oqimining janub tomonida, bahaybat Hindiqush tog`larining yonbag`irlarida joylashgan. U Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston bilan chegaradosh. Mamlakatning ko`p qismi tog`liklardan iborat bo`lganligi uchun dehqonchilik bilan shug`ullanish og`ir. Afg`oniston o`zining a`lo sifatli qorako`li, guldor jun gilamlari, ko`n-terilari, quritigan mevalari, bodom, anor, kunjutlari hamda yoqut, la`l toshlari, hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur. Paxta, sholi va bug`doy ham yetishtiriladi. Aholisining ko`pchiligini afg`onlar (pushtunlar) tashkil etadi. Bundan tashqari, tojiklar, o`zbeklar, xazoralar va boshqa xalqlar ham bor. Afg`onistonnning qadimiy shaharlari ko`p. hirot, Balx, G`azna, Qandahor, Jalolobod shaharlari shular jumlasidan. O`zbekiston Respubikasi bilan Afg`oniston o`rtasida 1992-yilda diplomatya munosabatlari o`rnatilgan.