Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə124/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Marmarak-(Salvia sclarea) labguldoshlar oilasiga kiruvchi, ko`p yillik o`t, bo`yi 50-100 sm ga yetadi. Poyasi tik o`suvchi, qattiq shoxlangan bo`lib, qalin tukchalar bilan qoplangan. Bargi bandli, yirik-tuxumsimon, asosi yuraksimon, ayniqsa pastki tomoni jingalak tuklidir. Gullari qisqa gulbandli, och qizil binafsha rangli bo`ladi. Marmarak iyun-iyul oylarida gullaydi, urug`I iyul-avgust oylarida yetiladi. U adir va tog` hududlarida ko`p uchraydi. Marmarakning barglari suyuq ovqatlarga va murabbolarga olib ishlatiladi. Tibbiyotda undan nafas yo`llarida va ovqat hazm qilish a`zolarida sodir bo`ladigan ba`zi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Marmarakning ayrim turlari ikki yillik o`simlik. Marmarakni molar sevib yeydi. Uning urug`ini maxsus ishlovsiz berib bo`lmaydi.
Mars-(Mirrix yulduzi) Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha to‘rtinchi sayyora. Qadimgi Rimliklarning urush ma’budi Aresning nomi bilan atalgan. Mars ham Merkuriy va Venera singari insoniyatga qadimdan ma’lum. Yulduzli osmonda u qizil rangdagi jimirlamaydigan nuqta ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Uning yorqinligi vaqti-vaqti bilan birinchi kattalikdagi yulduzlarning yorqinligidan ham ortiq bo‘lib yarqiraydi. Mars davriy ravishda Yerga 57 million km gacha masofada yaqinlashib keladi. Diametriga ko‘ra u Yer va Venerada deyarli ikki marta kichik. Sayyora gaz qobig‘i – atmosfera bilan o‘ralgan bo‘lib, Mars atmosferasining zichligi Yernikiga nisbatan ancha siyrak. Shunga qaramay Mars atmosferasida bulutlar mavjud. Ochiq kunda Mars osmoni pushti rangda bo‘ladi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra Mars atmosferasi Yer atmosferasidan tubdan farq qiladi va u 95.3% korbanat angidrid gazi, 2.7% azot, 1.6% argon gazlaridan iborat. Kislorod esa faqat 0.013% ekanligi aniqlangan. Bulutsiz Mars osmoni Yernikiga nisbatan ancha shaffof va u ultrabinafsha nurlarini ham o‘tkazib yuboradi. Marsning bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanib chiqishi uchun 24 soat 39 daqiqa 35 soniya vaqt ketadi. Marsning Quyosh atrofida bir marta to‘liq aylanib chiqish davri esa 686.9 kun. Ya’ni Yer yilining 1.9 qismiga to‘g‘ri keladi. Marsda ham Yerdagi singari fasllar almashinuvi ro‘y beradi. Buni kuzatishlardagi Mars «qalpog‘i» - qutblardagi muzliklarning erib kichrayishi yoki aksincha, uning qarama-qarshisidagi muzlikning kattalashuvidan aniqlash mumkin. Mars qutblaridagi ushbu muzliklar, Mars atmosferasi tarkibidagi korbanat angidrid gazining muzlashi natijasida qattiq holatga o‘tishidan hosil bo‘ladi. Teleskoplarda koʻrinadigan Marsning sathi qizgʻishsariq va qoramtir sohalari "dengizlar", yorugʻ sohalari "qitʼalar" va qutblari yaqinidagi oq dogʻlari Marsning qutb "qalpoqlari" deb nomlanadi. Mars sirtining birinchi xaritalari 19-asr oʻrtalarida chop etilganligiga qaramay, uning aniq xaritasi "Mars" va Mariner kosmik apparatlari yordamida olingan fotosuratlar asosida tuzilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin