Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə13/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Asalari-(Apis mellifera) bolari arilarning bir turi. Asalarining vatani Janubiy Osiyo hisoblanadi. Asalarilar, asosan, oila bo‘lib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida "podshosi" deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak asalarilardan iborat. Ona tanasi uzunligi 20 – 25 mm, vazni 200 – 250 mg, bahordan kuzga qadar tuxum qo‘yish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yig‘uvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Erkak asalari tanasi uzunligi 15 – 17 mm, vazni 200 mg, qorin qismi to‘mtoq bo‘lib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yig`uvchi apparati, nayzasi yo‘q, ko‘kragi keng, hartumi qisqa. Bir oilada 80 – 100 tagacha erkak asalari bo‘ladi. Ishchi asalari tanasi uzunligi 11 – 15 mm, vazni o‘rtacha 100 mg, urgochi asalarilar bo‘lib, yozda 35 – 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 – 80 ming, qishda 10–15 ming ishchi asalari bo‘ladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 – 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul changini yig‘ish, nektarni asalga aylantirish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qo‘riqlash kabi ishlarni bajaradi. Asalari qadimdan qimmatbaho mahsulotlar bo‘lgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va boshqalarni olish, shuningdek qishloq xo`jaligi ekinlarini mevali bog‘larni changlatish uchun boqiladi.
Asalari ini-
Asalari ini- tuzilishi jihatidan juda mukammal va g`aroyib. Vertikal shakldagi olti burchakli xonachalarning bir tekis qatorlashuvi barchani hayratga soladi. Xonalar turli maqsadlar uchun xizmat qiladi. Birlarida asalari asal yig`sa, yana boshqasida lichinkalar rivojlanadi. Uyaning asosiy materiali mum bo`lib, u asalarining belidan ajralib chiqadi.
Asbob-(arabcha — sababning koʻpligi degan ma`noni bildiradi) —biror ish bajarishda ishlatiladigan qurol. Masaln, pichoq, qaychi, qozon, tovoq, choʻmich, kapgir — uy-roʻzgʻor asboblari, ustara, qayroq — sartaroshlik asboblari; arra, randa va boshqalar — duradgorlik asboblari hisoblanadi. Bundan tashqari asboblar texnikada — biron bir kattalik (fizikaviy, elektr va boshqa)ni oʻlchashda ishlatiladigan oʻlchash asboblari (masalan, termometr, ampermetr, barometr, vattmetr va boshqalar), isitish asboblari, tibbiyotda — jarrohlik asboblari, harbiyda — otish asboblari, musiqa asarini ijro etish uchun ishlatiladigan soz - cholgʻu asboblari yoki musiqa asboblari ham mavjud.
Asfalt-bog‘lovchi qurilish materiali bo`lib, qurilishda,asosan, yo`l qurilishida ishlatiladi. Asfaltning sun`iy va tabiiy turlari bor. Asfaltning tabiiy turi kam uchraydi, u neftdan olinadi.Asfalt yo`llarning tekis va ravon bo`lishiga xizmat qiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin