Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə184/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Qora metall-
Qora qanotli ninachi-
Qora saksovul-(Haloxiylon aphyllum)shoʻradoshlar oilasiga mansub bargsiz buta yoki daraxt, balandligi 4—9 (12)m gacha. Uning bir yillik novdalari juda ham sersuv, bo`g`imli va yashil rangda bo`lib, barg vazifasini bajaradi. Qorasaksavul aprel-may oylarida ko`karadi va gullaydi. Gullari ko`rimsiz, juda mayda bo`ladi. Asosan, Osiyoning choʻl va chala choʻllarida, shoʻrxok yerlarda, shoʻrlangan qumlarda, taqirlarda koʻp tarqalgan. Urugʻidan koʻpayadi. Yoʻllarda ixotazorlar barpo etishda foydalaniladi. Qora saksovul katta daraxtzorlar hosil qiladi, oq saksovuldan tana va shoxshabbasining qoramtir boʻlishi, bargining tuzilishi bilan ajralib turadi.
Qora sirttan-(Bryonia melanocarpa Nabiev) janubi-g`arbiy Qizilqumda kichik maydonda saqlanib qolgan kamyob o`simlik. U chirmashib o`suvchi ko`p yillik o`simlik. Ildizi yo`g`on, uzunligi 75 sm gacha, yo`g`onligi 15-30 sm, og`irligi 27 kg gacha boradi. Ildiz bo`g`zidan 2-4 m uzunlikdagi chirmashib o`suvchi poyalar o`sib chiqadi. Pastki barglari yirik, etli, keng yuraksimon, yuqoridagi barglari esa mayda, nashtarsimon uchburchak li, 205 bo`lakli bo`ladi. Gullarining toji yashil-sariq rangda bo`ladi. Mevasi yashil-qora rangli, yumaloq, silliq, diametric 6-8 mm. Aprel-may oylarida gulab, iyunda meva hosil qiladi. Qora sirttan Qizilqumdagi qadimiy Chordara shahri xarobalari yaqinida tarqalgan. Qozog`istonda ham uchraydi. Bugungi kunga kelib chorva mollarining ko`p boqilishi tufayli keskin kamayib ketgan. Urug`idan ko`payadi.
Qora sovuq-
Qora tasqara- tasqara(Aegypinae)ning bir turi. Uning uzunligi 50 dan 120 sm gacha, vazni 1,5 dan 12 kg gacha bo`ladi. Boshi va boʻyni kalta parlar bilan qoplangan boʻlib, oʻlimtiklarni yeganida ifloslanmaydi. Qanotlari uzun, keng va kuchli. Oʻlimtik qidirib havoda qanot qoqmasdan parvoz qilishga moslashgan. Tasqara koʻpchilik yirik hayvonlar oʻlimtigi bilan oziqlanadi. Oyoqlaridagi tirnoqlari qayrilmaganligi uchun oʻljasini tutib turishga moslashmagan. Faqat boltayutar oyoqlari oʻljani tutib tura oladi. Bolalariga oziqni jigʻildonida olib keladi. Tasqaraning 14 turi bor. Janubiy Yevropa, Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turi (qora tasqara, oq boshli qumoy, qor qumoyi, boltayutar) uchraydi. Tasqaralar baland togʻlarga uya quradi. Barcha turlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin