Samarqand shahri- dunyoning eng qadimgi va mashhur shaharlaridan biri. Yozma manbalda ta`riflanishicha , bu shahar “Yer yuzining sayqali “ deb ta`riflangan.
Samarqand viloyati- respublikada birinchi tashkil bo`lgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining o`rta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari g`arb va shimoli-g`arbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash. Viloyatning markaziy qismi go`zal vohadan iborat bo`lib, bu voha uncha keng bo`lmay sharqdan-g`arbga tomon Zarafshon va Turkiston tog` tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sug`oriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan. Samarqand viloyati aholisi qariyb 4 million. Viloyat hududi 16,8 ming km². viloyatda 16 ta tuman bor. Ular quyidagilar: Bulung`ur, Go`zalkent, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg`om, Paxtachi, Samarqand. Toyloq, Urgut, Chelak va Qo`shrabot tumanlari. Shaharlar soni 11 ta (Samarqand, Bulung`ur, Jomboy, Juma, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Urgut, Chelak). Ko`hna, noyob tarixiy obidalarga boy bo`lgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri bo`lib, u 1924-1930 yillarda O`zbekiston poytaxti vazifasini bajargan.
Samolyot- Sangzor daryosi- Jizzax viloyatidagi daryo. Turkiston tog` tizmasidagi Guralash dovoni yaqinida 3400 m ga yaqin balandlikdagi buloklardan boshlanadi va Jizzax shahridan 70 km shimoli-g`arbda, Qizilqum cho`lining janubi-sharqiy chekkasidagi Tuzkon ko`liga quyiladi. Daryoning uzunligi 198 km, havzasining maydoni 3220 kv.km (tog`liq qismi). Bosh qismi Guralashsoy nomi bilan ataladi. Kichik Qorashaqshaq qishlog`i yonida Jontekasoy qo`shilgandan so`ng u Sangzor nomini oladi. Jizzax shahridan quyida esa Sangzor Qili nomi bilan ma`lum. Yorg`oq qishlog`iga qadar Sangzor Turkiston tog` tizmasi bilan uning tarmog`i hisoblangan Molguzar tog`lari oralig`ida keng vodiy bo`ylab toshloq, serostona o`zanda shimoli-g`arbga oqadi. Sangzor - kamsuv daryo. Daryoni qor va yomg`ir suvlari to`ldiradi.