Sanoat- Sariq ilon-(Ophisaurus apodus) — urchuqsimonlar oilasiga mansub kaltakesaklar turi. Tanasi ilonsimon, oyoqsiz, orqa oyoq rudimenti saqlangan. Uzunligi 1,2 m (oilada eng yirik tur) gacha. Tangachalari ostida suyaklashgan plastinkasi bor. Sariq ilon Janubiy Yevropa va Osiyoda, jumladan, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Rangi qoʻngʻir, sargʻish yoki qizgʻish, yaltiroq bo`ladi. Asosan, quruq joylar, koʻpincha jarliklar, oʻrmonlar va bogʻlarda yashaydi. U suvda yaxshi suzadi. Umurtqasiz hayvonlar (asosan, hasharotlar, mollyuskalar), baʼzan mayda umurtqali hayvonlar (kemiruvchilar) bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi. Iyun — iyul oylarida 8—10 ta tuxum qoʻyadi va tuxumlarini qoʻriqlaydi. Beozor hayvon, tutqunlikda yaxshi yashaydi.
Sariq marmarak- Sariqamish ko`li- Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston respublikalari hudida joylashgan. Sariqamish soyligidagi koʻl. Uzunligi 100-120 km, eni 30—40 km, chuqurligi 30—40 km ga teng. Sariqamish shimoldan janubiy sharqqa choʻzilgan. Gʻarbiy qirgʻogʻi tik. Koʻlning suv sathi Xorazm vohasini kesib oʻtadigan Ozyorniy (Koʻllar birlashmasi) kollektoridan kelib quyiladigan suv miqdoriga qarab oʻzgarib turadi. Maydoni sharqiy qirgʻoq hisobiga kengayib, chuqurligi ortib bormoqda. Koʻlda sazan, laqqa baliq, ilonbosh va boshqa turli xil baliqlar koʻp.
Sariqari-inini bo‘g‘otlarga, daraxtlar va butalar shox-shabbasiga yoki har xil kovaklarga qo‘yadi. Ularning ini qalin kulrang qog‘ozdan yasalgan doiraga o‘xshaydi. Arilar inini o‘zlari ishlab chiqargan “qog‘oz”dan quradi. Razm solsangiz, arining eski yog‘och ustidan “o‘rmalab” yurib, uni kemirayotganini ko‘rasiz. Ari kemirib olgan yog‘och luqmasini so‘lagi bilan aralshatirib undan uya yasaydi.
Sariqbosh- Sariqchoy-(Hypericum scabrum) dalachoydoshlar oilasiga mansub, bo`yi 20-50 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Poyasi bir nechta bo`lib, qizg`ish rangda. Sariqchoy may-iyun oylarida gullaydi, urug`i avgust oylarida yetiladi. Xalq tabobatida sariqchoydanturli kasalliklarni: buyrak, yurak, oshqozon-ichak yo`li shamollaganda uning qaynatmasidan foydalanadilar. O`zbekstonning tog` va tog` etaklarida, chakalakzorlar ichida, toshloq yerlarda o`sadi.