Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə203/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Selin-
Sement-
Sentabr-(lotincha September: septem — yeti degan ma`noni bildiradi) — Grigoriy taqvimida yilning toʻqqizinchi oyi. Bu oy 30 kundan iborat. Eski Rim taqvimidagi yettinchi oy boʻlganligi uchun shunday nomlangan.
Seshanba-(forscha se — uch, shanba – kun, ya`ni uchinchi kun degan ma`noni bildiradi) — dushanba va chorshanba orasidagi hafta kuni. AQShda odatda saylovlar seshanba kunlari boʻlib oʻtadi. Lotin Amerikasi va Ispaniyada 13-sana seshanbaga toʻgri kelgan kun omadsiz, deb hisoblanadi.
Severov qo`yi-(Ovis orientalis severtzovi) Markaziy va G`arbiy Qizilqumning Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi past tog`larida hamda Pomir-Olayning Nurota, Oqtov, Molguzar tog`larida saqlanib qolgan noyob tur. Qo`chqorining uzunligi 130 sm, bo`yi 80 sm, vazni 70 –125 kg, erkagining shoxi halqa shaklida buralgan (uzunligi 98 – 107 sm), urg`ochisiniki ingichka, kalta, qilichsimon egilgan bo`ladi. Severov qo`yi O`zbekiston qizil kirobiga kiritilgan.
Sezgi a`zolari- odam va hayvonlarga tashqi muhitdan keladigan ma`lumotlarni qabul qilishga yordam beradi. Ko`zlarimiz ko`radi, qulog`imiz eshitadi, burnimiz hid biladi, tilimiz ta`m biladi, terimiz tashqi ta`sirotlarni sezadi. Ko`zni qovoqlar muhofaza qiladi.ko`z qovoqlari ochilib-yumilib, ko`zga kirgan chang zarrachalariniyuvib turadi. Ko`z qovog`ining ichi nam bo`ladi.Quloq suprasi tovushning qaysi tomondan kelganini bilishga yordam beradi. Quloq suprasining o`rtasida kichkina teshik bor. Bu teshik orqali tovush quloq ichkarisiga kiradi. Burun hidni sezadi. Agar biz biror narsaning hidini bilmoqchi bo`lsak, burnimiz bilan havoni hidlab ko`ramiz. Havo burunning egri-bugri kanallari orqali o`tib, ichki pardani qoplab olgan sezgi nuqtalariga ta`sir qiladi. sezgi nuqtalari esa hid haqidagi ma`lumotlarni miyaga yetkazadi.Til- but a`m biluvchi a`zo. Til son-sanoqsiz mayda so`rg`ichlar bilan qoplangan. Bu so`rg`ichlar og`izga kirgan narsaning nordon yoki shirin, sho`r yoki achchiq ekanligini payqaydi va bu haqida miyaga xabar beradi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin