Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə205/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Shahrisabz shahri- Qashqadaryo viloyatidagi shahar. 1926-yildan boshlab Shahrisabz tumani maʼmuriy markazi hisoblanadi. Kitob—Shahrisabz vohasida, Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida joylashgan. Shahrisabz janubdan Tanxozdaryo, shimoldan Oqsuv daryosi oqib oʻtadi. Shaharning o`rtacha balandligi 658 m. Aholisi 90 ming kishidan ziyodni tashkil etadi. Shahrisabz Oʻzbekistondagi qadimiy shaharlardan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shaharga miloddan avvalgi 1 ming yillikning oʻrtalarida asos solingan.
Shakar-
Shakl- biror narsaning ko`rinishi.
Shama qorayaloq-
Shamol- atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan gorizontal harakati. Shamol tezligi va yoʻnalishi bilan ifodalanadi. Yer yuzasidagi Sh. tezligi maxsus asboblar (mas, anemometr) yordamida aniklanadi. Shamol tezligi m/sek, m/soat, yoʻnalishi esa flyuger, vimpel, shamol konusi va boshqa yordamida aniqlanadi. Qirgʻoq hududlarda dengiz yoki okean shamolga sabab boʻlsa, quruqlik ichkarisida togʻ, dara va choʻl tarafdagi havolar aylanishidan shamol esishi mumkin. Shamol tarixiy voqealarga taʼsir etgan, transport va qurol diapazoninikengaytirgan hamda energiya manbai boʻlib xizmat qilgan va qilmoqda. Shamol kemalar yelkaniga va havo sharlariga puflab, ularni harakatga keltiradi. Lekin kuchli shamol tabiat va xoʻjalikni vayron qiluvchi xavf tugʻdiradi. Shamol nurash sabablaridan biri hamdir, u togʻ-tosh manzaralarini shakllantiradi. Shamol qum va tuproqni koʻchiradi, yongʻinlar maydonini kengaytiradi. Shamol oʻsimliklar urugʻlarini tarqatadi. Sovuq havoda shamol organizmlarni halok qilishi ham mumkin. Shamol tabiiy kuchlardan biridir va tabiat hodisalarida katta ahamiyati bor.
Shamollash- organizm sovqotishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. Havo haroratining pasayishi, namligining ortishi va boshqa omillar shamollashga sabab boʻladi. Shamollash kishining kuch-quvvatini va organizmning mikroblarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradi. Shamollash deganda koʻpincha nafas yoʻli kasalliklari: tumov, katar, bronxit, zotiljam, gripp va boshqalar tushuniladi. Shamollagan kishining eti uvishadi yoki sovqotadi, aksiradi, burni achishib suv keladi, isitmasi chiqadi, boshi ogʻrib, lohas boʻladi, darmoni quriydi. Shamollash organizm sezuvchanligining ortishi bilan kechadigan (allergik) kasalliklar, masalan, boʻgʻim revmatizmi, ayrim surunkali xastaliklarga, masalan, surunkali nefrit va boshqalar zoʻriqishiga sabab boʻladi.
Shanba-(forscha so`z) — Grigoriy kalendari boʻyicha haftaning jumadan keyingi, yakshanbadan oldingi kuni. Islomdan ilgari arablarda shanba dastlab muqaddas kun sanalgan. Islom dinida juma ibodat va dam olish kuni deb qabul qilingach, shanba haftaning boshlanish kuni boʻlib qolgan. Boshqa kunlar shunga muvofiq ravishda nomlangan. Masalan, yakshanba — birinchi kun, dushanba — ikkinchi kun, seshanba — uchinchi kun, chorshanba — toʻrtinchi kun, payshanba — beshinchi kun.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin