Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə204/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Shaftoli-(Persica)raʼnoguldoshlarga mansub mevali daraxt. Vatani — Oʻrta Osiyo. Uning 6 turi maʼlum. AQSH, Yevropaning janubi, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Zakavkazyeda keng tarqalgan. Bundan 2 ming yil oldin madaniylashtirilgan. 5000 ga yaqin navi bor. Hozirgi davrda Shimoliy va Janubiy yarim sharning barcha subtropik va tropik mamlakatlarida oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 3-oʻrinni egallaydi. Bogʻdorchilikda, asosan, oddiy shaftoli turi navlari oʻstiriladi (boshqa turlaridan manzarali oʻsimlik yoki payvandtag sifatida foydalaniladi). Boʻyi 3–9 m, bargi ketmaket joylashgan, nashtarsimon. Mevasi sersuv (50— 600 g gacha), danakli, yassi dumaloq, tuxumsimon, oqishyashildan toʻq qizilgacha, tukli va tuksiz (luchchak) bo`ladi. Eti koʻkimtiroq, och pushti, sariq, toʻq qizil, danagidan ajraladi (ajralmaydigan navlari ham bor), mazasi nordonshirin, shirin. Yangiligida yeyiladi, qoqi, konserva (jem, murabbo, kompot) qilinadi, bargi va guli qaynatmasi xalq tabobatida bosh ogʻrigʻi, revmatizm, oshqozonichak kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi. Shaftoli yaxshi asal beruvchi daraxt. SHaftoli danagidan va payvand qilib qoʻpaytiriladi. Ekilganidan keyin 3 — 4yili hosilga kiradi. 12—15 yil yaxshi hosil beradi (daraxti 100–150 kg gacha). Oʻzbekistonda aprelda gullaydi, naviga qarab mevasi may—oktabr oylarida pishadi. Shaftoli nisbatan issiqsevar, yorugʻsevar va —15, — 20° li qisqa sovuqlarga chidaydi, —25° da nobud boʻladi, ayniqsa, gullagan paytida bahorgi qorasovuqlardan koʻp zararlanadi.
Shag`al-tog` jinslarining nurashidan hosil bo`ladigan qattiq qurilish materiali. Paydo bo`lishiga ko`ra, daryo, dengiz, ko`l, tog` va jar toshlariga bo`linadi. Shakliga ko`ra, qirrador, tuxumsimon, nayzasimon va yassi xillari farqlanadi. Daryo va dengiz shag`allari toza hamda silliq, tog`, ko`l va jar shag`allari qirrador, turli aralashmalar bilan ifloslangan bo`ladi. O`lchamiga qarab, mayda (5—20 mm), o`rtacha (20—40 mm) va yirik (40—150 mm) toshlarga bo`linadi. O`lchami 150 mm dan katta bo`lgan toshlar xarsangtosh deb ataladi. Shag`allar yo`l qurilishida, beton quyish ishlarida qo`llaniladi. Beton quyish uchun eng maqbul xom ashyo qirrali shag`al hisoblanadi. Bu tosh ezilgan tosh, qazib olingan xom ashyolardan yoki toshdan yasalgan tosh bloklarni ezish orqali ishlab chiqariladi. Eng ko`p talabga ega bo`lgan shag`al o`rta kattalikdagi, kichik va katta bo`lganlar esa kam talabga ega.
Shahar- aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band boʻlgan yirik aholi manzilgohi. Shahar — bevosita qishloq xoʻjaligi bilan band boʻlmagan aholi toʻplangan markaz. Shahar atrofidagi tumanlar uchun maʼmuriy va madaniy markaz boʻlibgina qolmay, balki ularning joylashishi va oʻsishiga ham katta taʼsir koʻrsatuvchi omil hamdir. Aholi punktlariga Shahar maqomi berilishi uchun aholi soni, bajaradigan funksiyasi: sanoat ishlab chiqarish, tashkiliy-xoʻjalik, madaniy-siyosiy, maʼmuriy va boshqalar bosh mezon boʻlib hisoblanadi. Aholi manzilgohlarini Shahar toifasiga oʻtkazish maʼlum qonuniy tartibda amalga oshiriladi va chegarasi belgilanadi. Oʻzbekistonda aholi soni 7 mingdan yuqori boʻlishi talab etiladi. Aholi soniga koʻra, Shaharlar kichik (50 minggacha), oʻrta (50—100 ming) va katta (100 mingdan ortiq) boʻladi. Oʻzbekistonda 120 shahar, 113 ta shaharcha bor. Shundan 17 tasi katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Qoʻqon, Fargʻona, Nukus, Qarshi, Urganch, Olmaliq, Angren, Chirchiq, Navoiy, Margʻilon, Termiz, Jizzax), 16 tasi oʻrta va qolganlari kichik shaharlar. Shaharlar bajaradigan vazifalariga koʻra — poytaxt, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya, din, fan va ilmiy tekshirish markazlariga boʻlinadi. Shuningdek, respublikaga boʻysunuvchi, muxtor respublika, viloyat, tumanlarga boʻysunuvchi Shaharlarga ajratiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin