Shudring-(yoki shabnam) — kechqurun, kechasi va saharda yuz beradigan yerdagi nurlanish hisobiga havoning sovishi va suv bugʻining kondensatlanishi tufayli yer sirtida, turli narsalar va oʻsimlik yaproqlari ustida hosil boʻladigan tiniq va salqin mayda suv tomchilari. U havo salqinlashishi tufayli quyi atmosfera qatlamidagi suv bug`ining kondensatsiyalashishidan hosil bo`ladi. Shudring, ayniqsa, o`t-o`lanlar, daraxt va turli o`simliklar barglarida yaxshi bilinadi. Chunki kondensatsiyalashgan suvga o`simlikning o`zidan ajralib chiqadigan namlik ham qo`shiladi. Havo harorati muayyan nuqta (shudring nuqtasi)ga tushganda hosil boʻladi. Havo ochiq va kuchsiz shamolli tunlarda shudring koʻproq paydo boʻladi. Shudringlar bir kechada oʻrtacha 0,1—0,3 mm, moʻtadil kengliklarda esa 1—0,5 mm qalinlikda tushadi. Ertalab quyosh nurlari tushgach shudring bugʻlanib ketadi.
Shulxa- Shumtol-zaytundoshlarga mansub daraxtlar turkumi. Tabiiy holda uchraydigan 65 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo togʻlari yon bagʻirlarida va togʻ daryolari vodiylarida suriya shumtoli, daryo boʻyi shumtoli va sugʻd shumtoli oʻsadi. Oʻrta Osiyoning shahar va qishloqlarida pensilvaniya shumtoli (qora shumtol), oddiy shumtol, amerika shumtoli (oq shumtol), bezakli shumtol va nashtarbarg shumtol turlari manzarali daraxt sifatida ekiladi. Shumtol yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik. Koʻklamgi qorasovuqlardan koʻproq zararlanadi. Daraxtlari 150— 350 yil yashaydi, 15—20 yoshida gullaydi. Ildizi baquvvat, yon tomonga keng tarqalgan. Daraxtining balandligi 30—50 m, tana aylanasi 1,5 m, shoxshabbalari uzun tuxumsimon. Bargi patsimon murakkab, kuzda toʻkiladi. Gullari chetdan changlanadi. Mevasi uzun, qanotli pista yoki yongʻoqcha, qish davomida daraxtda saqlanadi. Shumtol urugʻidan va toʻnka bachkisidan koʻpayadi. Urugʻlari kuzqishda teriladi, bahorda sepiladi. Koʻchatlarini bir yoshda koʻchirib ekish mumkin. Himoya oʻrmonlari barpo etishda, park va xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi. Yogochi yogʻochni qayta ishlash sanoatida ishlatiladi.
Shuvoq- ko`pyillik o`simlik. Uning 100 dan ortiq turi bor. Shuvoq dori sifatida ham ishlatiladi. Uning bir qancha turlari cho`llarda o`sadi. Chorva mollari erta bahorda shuvoqning barglarini, kech kuzda esa urug`lagan novdalarini va qurigan barglarini hyeydi. Sovuq boshlanganidan keyin shuvoqning achchiqligi va o`tkir hidi yo`qoladi. Shuning uchun shuvoq yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Bir yillik shuvoq (burgan) poyasi tik, yuqori qismi sershox, boʻyi 30—100 sm, ildizi yoʻgʻon, yogʻochsimon bo`ladi. Barglari ketmaket joylashgan, bandli, patsimon qirqilgan. Poya va barglari tukli, kumush rangda. Gullari mayda, sariq yoki qizgʻishpushti, roʻvaksimon toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi mayda pista. Iyul—avgustda gullab, mevalaydi. Bir tupi 100 mingdan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi va ildizpoyasidan koʻpayadi.