Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə221/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Sutemizuvchilar-(Mammalia) -umurtqali hayvonlar sinfi. Sut emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uzunligi 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Sut emizuvchilar issiq qonli hayvonlardir. Hozirda sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va boshqa turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli sut emizuvchilar yer yuzidagi Shimoliy qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan. Sut emizuvchilar qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻpchilik sut emizuvchilar ovlangan. Bir qancha turlari xonakilashtirilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qoʻriqchi sifatida foydalanib kelinadi. Bir qancha Sut emizuvchilar qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik (ayrim kemiruvchilar) va chorvachilikka (asosan, yirtqichlar) ziyon keltiradi. Ayrim sut emizuvchilar (asosan, kemiruvchilar) oʻlat, tulyaremiya, quturish va boshqa ogʻir yuqumli kasalliklarning tarqalishida ishtirok etadi.
Sutka- Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi. Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi turlarga ajratiladi. Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi. Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400 sekund)dan iborat. Sutka kunduz va tun, ertalab va kechqurundan tashkil topgan.
Suv hayvonlari-
Suv o`tlari- suvda o`suvchi o`simliklardir.Biz yoz kunlarida hovuz suvining yashil tusga kirib qolganini ko`ramiz. Hovuzning iliq suvida suvo`tlar deb ataladigan alohida o`simliklarn juda tez ko`payadi. Mana shu o`simliklar hovuz suvini yashil qilib yuboradi. Agar siz shu “yashil tusli” suvni mikroskopda kuzatsangiz, unda juda ko`p mayda yashil sharchalarni ko`rasiz, bu suvo`tlar guruhidir. Suvo`tlar ko`k-yashil, qo`ng`ir va qizil rangda bo`ladi. Suvo`tlar suvda yashovchi hayvonlar uchun ozuqadan tashqari suvni kislorod bilan boyitadi va uni chiruvchi bakteriyalardan tozalaydi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin