Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə220/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Surxondaryo daryosi-Surxondaryo viloyatidagi daryo, Amudaryoning oxirgi oʻng irmogʻi. Qorovultepa qishlogʻidan bir oz yuqoriroqda Toʻpolondaryo bilan Qoratogʻdaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Boysun va Bobotogʻ tizmalari oraligʻidan janubi-gʻarb tomon oqib borib, Termiz shahri yonida Amudaryoga quyiladi. Uzunligi 175 km (Toʻpolondaryoning boshlanish joyidan esa 297 km). Surxondaryo havzasi shimolida Hisor togʻ tizmasi, gʻarb va janubi-gʻarbda Boysun togʻlari va sharqda Bobotogʻ bilan chegaralangan, janubida esa Amudaryo vodiysi bilan qoʻshilib ketgan. Eng yirik va sersuv irmoqlari Hisor togʻ tizmasidan boshlanadi. Surxondaryoga yirik irmoklardan yana Sangardakdaryo bilan Xoʻjaipok daryolari qoʻshiladi. Bir qancha mayda irmoklaridan tashqari yozda deyarli qurib qoladigan soy va jilgʻalar ham bor. Ulardan eng yiriklari Vaxshivordaryo (24 km), Konikon (32 km), Oqqopchigʻay (61 km), Okjarsoy (51 km) va Boysun (82 km) soylaridir.
Surxondaryo viloyati- O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan (1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi bo`lgan). 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo`shilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Janubidan Amudaryo bo`ylab Afg`oniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-g`arbdan Turkmaniston, shimoli-g`arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming kv.km. Aholisi 1875 ming kishidan ziyod. Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo`rg`on, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho`rchi, Qiziriq, Kumqo`rg`on), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqo`rg`on, Termiz, Sharg`un, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on), 7 shaharcha (Angor, Do`stlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yig`ini bor. Markazi — Termiz shahri.
Sut- juda qimmatli oziq-ovqat mahsuloti. Sut sigir, echki, ot, tuya kabi chorva mollaridan sog`ib olinadi. Sutda odam uchun zarur bo`lgan barcha moddalar bor. Sutdan qaymoq, tvorog, pishloq, kefir, qatiq va smetana kabi bir qancha mahsulotlar tayyorlanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin