Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Suv ombori- toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saqlash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə222/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Suv ombori- toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saqlash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi. Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shim. va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug'orish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va boshqalar) qurilgan. Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln. gektardan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiriladigan suv omboriga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi. Suv omborini loyqa bosishi juda xavfli. Baʼzi hollarda loyqa bilan toʻlishi sababli suv omborini butunlay ishdan chiqadi.
Suv- rangsiz, hidsiz suyuqlik. Suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik mavjudod suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir. Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli po`sti. Tabiatda suv bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Tabiatda chuchuk, tuzli vas sho`r suv bor. Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai hisoblanadi. Qadimgi dunyo faylasuflari fikricha, suv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. Yer yuzida eng ko`p tarqagan suyuqlik. U, asosan, sayyoramizning uchdan ikki qismini egallagan dengiz va okeanlarda to`plangan. Suv havoda ham mavjud. Havosagi suv bug` holida bo`ladi. Suv barcha tirik jonzotning yashashi uchun zarur.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin