Sovun- Soy- Spark- Spirtli ichimlik- Spirtli ichimliklar- Sport- Sport o`yinlari- Stakan- Stanok- (ruscha so`z), dastgoh — metall, yogʻoch, tosh, suyak va boshqalarga ishlov berish, gazlama toʻqish uchun moʻljallangan mashina. Vazifasiga koʻra, tokarlik, silliqlash, parmalash, frezerlash, toʻqish stanoklari va boshqa xillarga bo`linadi. Ishlov berish aniqligiga ko`ra, normal (N), yuqoriroq (P), yuqori (V), juda aniq, (S) va juda yuqori aniq (A) stanoklar boʻladi. Ogʻirligi jihatdan ogʻir, oʻrtacha ogʻir va yengil xillarga boʻlinadi. Koʻpchilik stanoklar avtomatik boshqarish tizimlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistonda qadimgi toʻquv stanoklari dastgoh yoki doʻkon deb atalgan.
Stol lampasi- Sudralib yuruvchi hayvonlar-(Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Sudralib yuruvchilar gavdasining uzunligi bir necha sm dan 10 m gacha bo`ladi. Skeleta deyarli toʻliq suyaklangan. Oyoqlari boshqa quruqlikda yashovchilar singari 5 barmoqli tipda bo`ladi. Ayrim guruhlarda oyoqlar boʻlmaydi. Hozirda sudralib yuruvchilarning 8000 ga yaqin turi, Oʻzbekistonda 2 turkum (tangachalilar, toshbaqalar)ga mansub 58 turi tarqalgan. Antarktidadan tashqari barcha qit`alarda uchraydi. Koʻpchilik turlari qurukdikda, timsoxlar, bir qancha toshbaqalar va ilonlar chuchuk suvlarda, ayrim toshbaqalar, ilonlar va timsoxlar dengizda yashaydi. Koʻpchilik sudralib yuruvchilar tuxum qoʻyadi. Ayrim turlari tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi. Koʻpchiligi yirtqich yoki hasharotxoʻr, ayrim kaltakesaklar (agamalar, iguanlar) hammaxoʻr, quruqlik toshbaqalari, asosan, oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Ayrim sudralib yuruvchilar goʻshti isteʼmol qilinadi, terisi va kosasidan har xil buyumlar, ilonlar zaharidan har xil dorilar tayyorlanadi. Koʻplab ovlash tufayli toshbaqalar, koʻpchilik ilonlar va timsoxdar sonining kamayishiga olib keldi. Sudralib yuruvchilar sonini tiklash uchun ular sunʼiy koʻpaytiriladi (timsoxlar), koʻpayish joylari muhofaza qilinadi va ovlash man etiladi. 150 ga yaqin turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Sulfat tuzi- sulfat kislota tuzlari. Bu kislota 2 qator tuzlar hosil qiladi. Sulfat tuzi, asosan, rangsiz, oson kristallanadigan va suvda eruvchan moddadir. Sulfat tuzi tabiatda keng tarqalgan va turli sanoat sohalarida xom ashyo sifatida qoʻllanadi.
Suli- bir yillik o`simlik. Suli yem bo`ladigan donli ekinlarning orasida eng muhimlaridan biri. Suli doni ot va uy parrandalari uchun yaxshi ozuqadir. Suli uni esa mol va buzoqlarning yem-xashagiga aralashtirib beriladi. Sulining ko`k poyasi ham yaxshi ozuqa hisoblanadi. Suli namsevar o`simlik. Shuning uchun ham yog`ingarchilik ko`p yog`adigan hududlarga ekiladi. Yurtimizda suli asosan, Samarqand va qashqadaryo viloyatlariga ekiladi. Yaxshi hosil beradi.