Tabiiy boylik- Tabiiy gaz- Tabiiy o`simliklar- Tabiiy xarita-tabiatda sodir bo`ladigan voqea va hodisalar (tabiat komponentlari)ni alohida yoki ularning qonuniy uyg`unligini (geografik joylashish holatini hamda ular orasidagi o`zaro bog`lanishni) tasvirlovchi mavzuli xaritalar. Tabiiy hodisalar xaritalari deb ham yuritiladi. Geologik, geofizik, geokimyo, geomorfologik, meteorologik va iqlim, gidrologik (quruqlik suvlari), okeanologik (okean va dengiz suvlari), tuproq, geobotanik, zoogeografik va boshqa maxsus mavzuli xaritalar, shuningdek, landshaft xaritalari tabiiy xaritalarning asosiy tiplari hisoblanadi. Foydalanish maqsadlariga ko`ra, o`quv xaritalari, ilmiy maʼlumotnoma, targ`ibot va tashviqot, operativ xo`jaliklar, navigatsiya, kadastr, yo`llar, turistik va boshqa xaritalarga, tasvirlanayotgan maydoniga ko`ra dunyo, yarim sharlar, materiklar, okeanlar, aloxida davlatlar, respublikalar, viloyatlar va boshqa maʼmuriy birliklar xaritalariga bo`linadi. 1963 yilda O`zbekistonning birinchi "Tabiiy geografik atlasi", 1982—85 yillarda 2 qismdan iborat "O`zbekiston atlasi" ilmiy maʼlumotnoma nashr etilgan. 1994—2004 yillarda O`zbekistonning 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli devoriy tabiiy, ekologik, iklim va tabiatni muhofaza qilish xaritalari, 1:2000000 masshtabli O`rta Osiyo va Qozog`istonning tabiiy o`quv xaritasi nashr etildi. Mayda masshtabli atlas xaritalari yangilandi.
Tabiiy yo`ldosh-sayyoralar atrofida aylanadigan osmon jismi. Masalan, Oy Yerning tabiiy yo`ldoshi. Yo`ldosh harakatining yo`li orbita deb ataladi. Yer sayyorasi atrofida inson qo`li bilan yaratilgan yo`ldoshlar ham aylanadi. Bu kosmik apparatlar sun`iy yo`ldoshlardir.
Tajriba- o`quv, malaka va bilimning birligidan iborat bo`lib, biror harakatni bajarib ko`rish. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri — eksperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajribalar qilish orqali yangi bir xulosaga kelinadi. Kishilarning hayoti mobaynida orttirgan bilimlari, o`quv va malakalari majmuasi boʻlgan tajriba avloddan-avlodga oʻtib boradi. Tajriba fanni boyitishning , nazariya va amaliyotni rivojlantirishning muhim vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Talas olatog`i- G`arbiy Tyanshandagi tog` tizmasi. Qirg`iziston va Qozog`iston Respublikalari hududida joylashgan. Tog` kenglik bo`ylab sharqdan g`arbga 270 km ga cho`zilgan. G`arbda Oqsuv daryosining yuqori oqimida tugaydi. Talas olatog`ining balandligi 400 m ga yaqin. Eng baland joyi - Manas cho`qqisi (4484 m). Janubiy qismidan janubi-g`arbga Chatqol, Piskom, Ugom, Qorjontov kabi tizmalar ajralib chiqqan. Talas olatog`i Talas, Sirdaryo, Chirchiq daryo vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Tizmada Kolba, Maydontol kabi dovonlar bor. Tog`ning etaklarida dasht o`simliklari va butalar, yon bag`irlari, suvayirg`ich va unga yaqin qismlarida subalp va alp o`tloqlari tarqalgan. Uning yon bag`irlarini kesib oquvchi daryo bo`ylari va yon bag`irlarida qoraqarag`ay, oqqarag`ay, archa daraxtlari uchraydi.
Tamaki- bir yillik qimmatbaho o`simlik. Tamaki chekiladigan narsalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo olish uchun ekiadi. Tamaki tarkibida nikotin moddasi bor. Tamakining o`sish davri 110 – 125 kun. Uninng urig`ida texnikada ishatish mumkin bo`lgan moy bor. Tamakidan trubkaga solib chekiladigan tamakiar, har xil papiroslar, sigaretalar, sigarlar tayyorlanadi. Tamaki navlari sigar qilinadigan va papiros qilinadigan guruhlarga bo`linadi. Tamaki almashlab ekish maqsadida yengil tuproqqa ko`chat qilib ekiladigan yerga undan oldin don ekinlari, ko`p yillik va bir yillik o`tlar, xususan sudan o`ti ekilsa yaxshi hosil beradi. Tamaki hosili yiliga 5 – 7 marta yig`inb olinadi.