Ystj 91-21-guruh talabasi Toshkentboyev Baxodirshoxning elektratexnika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 0,56 Mb.
tarix06.07.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#135879
YSTJ

YSTJ 91-21-guruh talabasi Toshkentboyev Baxodirshoxning elektratexnika fanidan mustaqil ishi

Gidroelektr stansiya


Gidroelektr stanciya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion (GES ning stansiya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan) GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi.
Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. GES inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), GES binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshootlari bilan GES turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish gʻildiragini, unga oʻrnatilgan oʻqni va oʻq bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr energiya hosil boʻladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida isteʼmolchilarga yetkazib beriladi.
Hozir barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GES lar uzoqdan turib (qoʻshni GES dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. GESning belgilangan quvvatiga koʻra kam (5 MVt gacha), oʻrta (5—25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga boʻlinadi. Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, GES-ZB, GES-5B) GES kaskadlari kiradi. GES lar ichida gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) va koʻtarilish suv elektr stansiya (PES) alohida oʻrin tutadi.
GAES lar yirik energetik tizimlarda koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlardagi energiyani toʻldirib turish uchun quriladi. GAESning energiyani akkumulyatsiyalash xususiyati energetik tizimdagi baʼzi vaqt oraligʻida boʻsh boʻlgan elektr energiyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tigʻiz vaqtda esa yigʻilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitatsiya kuchlari suv massasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam koʻgariladi, dam pasayadi.
Ana shu koʻtarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bularda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yoʻq. Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensatsiyey elektr stansiya (KES), issiqlik elektr markazi (TETS), atom elektr stansiya (AES) bilan bir tizimda ishlaydi. Bunda energosistemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab GES bazisli, koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlarida ishlaydigan boʻlishi mumkin. GESlar elektr energiya berish bilan birga daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini sugʻorishga imkon beradi (yana k,. Gidroenergetika)
Gidrotexnika inshootlari — suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi boʻyicha 2 guruhga —umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi.Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan G. i. tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (daryo, koʻl, suv ombori va sh. k.)dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi.
Suv oʻtkazgich (vodovod) suvni tegishli joylar (kanal, nov, akveduk, dyuker, quvurlar, gidrotexnika tunellari)ga yoʻnaltirish maqsadida quriladi; tutashtiruvchi inshootlar (suv tushirgich, tezoqar, shovva, kanal rostlagichlari) G. i. turli qismlarining ravon birlashishini taʼminlaydi. Suv tashlama inshootlar suv omborlari, kanallar, bosimli havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Chiqarib (tashlab) yuboriladigan suv miqdorini rostlash uchun suv tashlama inshootlarga zulfinlar oʻrnatiladi. Rostlagich (yoʻnaltirgich) inshootlar suv oqimi tabiiy sharoitlarini oʻzgartirish va yaxshilashga, oʻzan va qirgʻoqlarni yuvilib ketishdan, oqiziqlarning toʻplanib qolishidan, muz taʼsiri va b.dan himoya qilishga moʻljallangan.
Maxsus G. i. gidroenergetika (gidroelektr stansiya binolari, bosimli havzalar va sh. k.), suv transporti (kema kutargich shlyuzlar, pristanlar va b.) inshootlari, meliorativ (magistral va taqsimlovchi kanallar, suvni kerakli balandlikka koʻtarish uchun nasos stansiyasi, kollektor-drenaj tarmogi, tindirgich, suv taqsimlagichlar, suv oʻlchash qurilmalari va b.) inshootlar, suv taʼminoti hamda kanalizatsiya inshootlari va b. kiradi.
G.i. vazifasiga koʻra asosiy (toʻgʻonlar, bosimli devorlar, suv tashlama, rostlash inshootlari, tunnellar va b.) va yordamchi inshootlar (muzdan himoya inshootlari, ajratish devorlari va b.)ga boʻlinadi.
G.i. kapitalligi boʻyicha 4 darajaga (4darajaga yordamchi inshootlar kiradi) boʻlinadi. Qabul qilingan kapitallik darajasiga muvofiq G. i.ning mustahkamlik darajasi, yaʼni chidamlilik va barqarorlilik darajasi aniqpanadi, hisobiy maksimal suv sarfi (l/s yoki m’/s), qurilish materiallariga talablar belgilanadi. G.i. boshqa muhandislik inshootlardan doimiy ravishda oqib yoki tinch turgan suv taʼsiri ostida boʻlishi bilan farqlanadi. Suv G.i.ga mexanik (statistik va dinamik yuk, suvning zilzila paytidagi bosimi, filtratsiya bosimi, muz bosimi, oqiziqlarning yemirish taʼsiri va b.), fizik va kimyoviy (materiallarning zanglashi, gruntdagi tuzlar erishi, katta tezlik va vakuum paydo boʻladigan kvitatsiya va b.), biologik (oʻt oʻsishi va b.) taʼsir oʻtkazadi. Shu sababli G.i. qurishda maxsus gidrotexnik beton, temir-beton va b. pishiq materiallar qoʻllaniladi. G.i.dan foydalanishda zamonaviy avtomatika va telemexanika vositalari qoʻllaniladi.
Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin