Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Tesha- Teshiktosh g`ori-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə228/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Tesha-
Teshiktosh g`ori- Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m balandlikda joylashgan. G`orning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi shimoli-sharq tomonga qaragan bo`lib balandligi 7 m, eni 20 m, uzunligi 21 m. Uning umumiy maydoni 300 m2 bo`lib, shundan 100 m2 joyi eng qadimiy odamlar (neandartal) yashaganligidan guvohlik beruvchi qazilma buyumlar mavjud. Teshiktosh g`ori yashash uchun qulayligi tufayli g`orni vaqtvaqti bilan suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. G`orni birinchi marta 1938-1939-yillarda A. P. Okladnikov o`rgangan. G`orning har bir qatlamida bittadan va baʼzilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan. Gulxanlar atrofida ko`plab tog` echkisi, bug`u, sirtlon, ayiq, quyon va har xil qushlarning suyak qoldiqlari, 3000 ga yaqin tosh buyum, tosh uchirindisidan tayyorlangan uchburchak shakldagi 24 ta qurol, qirquvchi va tarashlovchi sifatida ishlatilgan 65 ta qirg`ich, paykonlar, tosh pichoqlar topilgan. Teshiktosh g`ori topilmalarining eng qimmatlisi 25 sm chukurlikdan topilgan Teshiktosh odamidir.
Texnika- turli mexanizm va asboblar tayyorlash hamda ulardan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan ilmiy bilimlar tarmog`i. mashina va moslamalarning o`zini ham shu nom bilan ataydilar. Kompyuterlar, avtomobillar, fotoapparatlar – bularning hammasi texnika. Biz texnikadan hamma joyda: maktabda, uyda, ishxonada, safarda foydalanamiz. Texnika orqali har xil ishlarni tez va oson bajarish mumkin. U juda murakkab va juda oddiy bo`lishi mumkin. Bino, ko`prik va to`g`onlarni qurish uchun maxsus qurilish texnikasidan foydalaniladi.
Texnika vositalari-
Tikan-
Til-
Tillarang sug`uro`t- O`zbekistonda soni kamayib borayotgan kamyob o`simlik., ko`p yillik o`t. Ildizining yo`g`onlashgan yuqori qismidan 10-20 ta poay `osib chiqadi. Barglari patsimon bo`lib, uzunligi 10-30 sm ga yetadi. Poyalarining uchida yirik, diametric 4-5 sm keladigan tillarang gullari bo`ladi. Mevasi tuxumsimon. Iyun-iyul oylarida gullab, avgustda mevasi yetiladi. Tillarang sug`uro`t O`zbekiston hududida Oloy tizmasining Shohimardon daryosi havzasida va Sinszyan (G`arbiy Xitoy), Tibet, Himolay tog`larida o`sadi. Urug`idan ko`payadi. Bu o`simlik urug`idan juda kam ko`karishi va ungandan keyin 6-7 yil o`tgach gullashi sababli soni kamayib ketmoqda. O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” iga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin