Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə210/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Shira-
Shira bitlari-
Shirbaliq (sudak)- slalar (Lucioperca) — olabugʻasimonlar oilasiga mansub baliqlarning bir urugʻi. Sudakning 5 turi maʼlum. Gavdasining uzunligi 130 sm cha, vazni 20 kg gacha bo`ladi. Oddiy sudak xoʻjalik ahamiyatiga ega. Orqasi yashilkulrang , ikki yonida 8—12 ta qoʻngʻirqora yoʻllari bor. Yelka va dum suzgichlarida qora dogʻlari boʻladi, boshqa suzgichlari sargʻish tusda. Erkagi suv tubida uya yasab, shu uyada urg`ochisi tashlagan uvildiriqni qoʻriqlaydi. Baliq va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo suv havzalarida, jumladan, Boltiq, Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizi va baʼzi daryolarda tarqalgan. Issiqkoʻl, Balxash va boshqa suv havzalarida iqlimlashtirilgan. Orol dengizida urchish uchun mart — aprel oylarida qirgʻoqqa keladi. Sirdaryo va Amudaryoga ham oʻtadi.
Shirbaliq (sudak)-(Lucioperca) yirik baliqlardan bo`lib, uzunligi 130 sm, og`irligi 12 kg gacha, ayrimlari esa 18 kg gacha keladi. Tanasi mayda tangachalar bilan qoplangan. Orqa tomonida ikkita katta suzgich qanotlari bo`adi. Katta og`zi buechak bo`lib ko`zigacha kirib brogan. O`tkir va yirik tishlari boshqa hamma baliqlardagi kabi qoziqtish shaklida bo`lib, ular o`ljalarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Shirbaliqning ust tomoni yashilsiomon kulrang bo`lib, yoni hamda past tomoni kulrangsimon oq bo`ladi. Tanasi bo`ylab uzunasiga qo`ng`ir tusli yo`llar ketgan. Sudak Amudaryo, To`rtko`l va Orol dengizida uchraydi. Bu baliq juda serpusht. O`lchami 40-60 sm keladigan urg`ochi baliq har biri 200 dan 500 minggacha uvuldiriq tashlaydi. Sudak mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Shunin g uchun uni keraksiz baliqlarni yo`qotish uchun suv havzalariga qo`yib yuboriladi.
Shisha-
Shisha nay- shishadan tayyorlangan nay shaklidagi buyum. Shisha naydan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Shkala-
Sho`ra- shoʻradoshlarga mansub bir yillik oʻtlar. Mo`tadil iqlimli zonalarda shahrining xushboʻy sho`ra, sassiq sho`ra, serbarg sho`ra (Chenopodium foliosum (Moench) Aschers.), koʻk sho`ra, qizgʻish sho`ra (Ch. rubrum),oq sho`ra (C. album), dumbul sho`ra (C. murale) va boshqalar turlari tarqalgan. Boʻyi 10—100 sm, barglari bandli, uchburchak yoki tuxumsimon, gʻubor bilan qoplangan. Gullari roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. May — sentyabrda gullab urugʻlaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Oʻzbekistonda sho`ra bahorgi begona oʻt sifatida deyarli barcha maydonlarda uchraydi. Sho`raning 80 ga yaqin turi bor. Sho`ra sho`r yerlarda o`sadi, uning sho`rtob ta`mi bor. Sho`ra yem-xashak sifatida katta ahamiyatga ega.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin