Sherobod kanali-- Surxondaryo viloyatidagi magistral kanal. 1966-yilda qurilgan. Kanalning umumiy uzunligi 27 km. Viloyatning Sherobod va Qiziriq choʻllariga suv uzatadi. Janubiy Surxon suv omborining oʻng qirgʻogʻida qurilgan bosh suv olish inshootidan suv oladi. Kanal trassasining dastlabki 8 km Surxondaryoning oʻng qirgʻogʻi boʻylab va Toshkoʻpriksoy oʻzani tagidan 150 m uzunlikdagi 3 koʻzli temirbeton quvurli dyuker orqali oʻtadi. 60-yillar oxirida uning 12 km da Sherobod choʻlidagi 80 ming gektardan ortiq yerni suv bilan taʼminlovchi nasos styasi barpo etildi. 27 km da kanal chap va oʻng tarmoqqa boʻlinadi. Kanalning chap tarmogʻi Sherobod choʻlida yangi oʻzlashtirilgan yerlarni sugʻorishga xizmat qiladi. Uning uzunligi 29,6 km. Oʻng tarmoq esa Sheroboddaryo tizimidagi yerlarni suv taʼminotini yaxshilashga xizmat qiladi, uzunligi 76,6 km.
Sherobod shahri- Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 - yil 29 - sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh. Tuman shimolidan Boysun, shimoli-sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, janubdan Muzrabot, janubi-shardan Angor tumanlari, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming kv. km. Aholisi 600 ming kishidan ortiq. Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Zarabogʻ, Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Ko'hitang, Yangiturmush) bor. Markazi – Sherobod shahri.
Shifobaxsh meva- Shimol- shimol nuqtasi — ufqning toʻrtta asosiy tomonidan biri. Tush chizigʻi bilan haqiqiy ufq doira chizigʻi kesishgan va Shimoliy qutbga eng yaqin joylashgan nuqta. Quyosh chiqadigan tarafga qarab turganda chap tomonda. Sh yoki N (North) harfi bilan belgilanadi.
Shimoliy Amerika materigi- Yerning gʻarbiy yarimshar qismidagi materik, Amerika qitasining shimoliy yarmi. Shim.dan Shim. Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va jan.sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shimolda Merchison burni, gʻarbda Shahzoda Uels burni, sharqda Sent-Charlz burni, janubda Panama boʻyni orqali Janubiy Amerika materigi bilan tutash. Shimoliy Amerikaga Markaziy Amerikani ham kiritadilar. Maydoni 20,36 mln. kv.km.