Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə211/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Sho`rchi shahri- Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi shahar (1976-yildan). Tuman markazi hisoblanadi. Sho`rchi Termizdan 122 km shimoli-sharqda, Surxon vohasining oʻrta qismidagi tekislikda joylashgan. Sho`rchi yonidan Surxondaryodan suv oladigan Qumqoʻrgʻon kanali oqib oʻtadi. Aholisi 21,5 ming kishi tashkil etadi. Shaharda "Don mahsulotlari", "Shoʻrchipaxta" aksiyadorlik jamiyatlari, bosmaxona, MTP, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish uyushmasi, "Shoʻrchimebel" kompaniyasi, pillakashlik fabrikasi, 2 non zavodi, "Istiqlol" poyabzal ishlab chiqarish korxonasi, respublika miqyosidagi yirik elevator, tegirmonlar, kichik va qoʻshma korxonalar, firmalar ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 ta maxsus internat, ixtisoslashtirilgan internat maktabi mavjud. 9 ta kasb-hunar kolleji (qishloq xoʻjaligi, kommunal xoʻjaligi, tibbiyot, yengil sanoat, maishiy xizmat ko'rsatish, agro sanoat, iqtisodiyot kollejlari) bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, shahar kutubxonasi, koʻzi ojizlar kutubxonasi, madaniyat va istirohat bogʻi(charog'on bog'i), tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.
Sho`ro`zak-
Sho`rxok- ustki qatlamida 1 foiz va undan ortiq suvda eriydigan tuzlar bo`lgan tuproq. Qishloq xo`jalik ekinlari sho`rxokda yaxshi o`smaydi. Sho`rxok yerlarni o`zlashtirish uchun ular ostidagi suvlarni kamaytirish va tuproqdagi tuzlarni yuvish kerak.
Shohi Zinda ansambllari- Samarqanddagi me`moriy yodgorlik (11—20-asrlar) bo`lib, Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo`lib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yo`lak orqali bog`langan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulug`bek o`g`li nomidan qurdirgan Abdulaziz chortog` (1434—1435), unga shimoldan Davlat qushbegi madrasasi (1812—13) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya o`rtalig`ining chap tomonida ziyoratxona va go`rxonadan iborat qo`shgumbazli maqbara (15-asr) joylashgan. Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga olingan. 19—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan. 18-asrda vayron bo`lgan zina o`rnida 40 pog`onali g`ishtin yangi zina qurilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 16 iyul qaroriga asosan ushbu yodgorlik majmuasida katta ko`lamdagi ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin