Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə74/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Guliston shahri- Sirdaryo viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Shahar bir necha qismga boʻlingan: 1, 2,3,4,5 mavzelar, "Ahillik", "Maxalla", "Suvchilar", "Doʻstlik qoʻrgʻoni","Ulug`obod qo`rg`oni"(1985-yilda qoʻshilgan). Shaharda juda koʻp koʻngilochar joylar, maʼdaniyat va istirohat bogʻlari, Olim Xoʻjayev nomli drama teatr, Guliston markaziy stadioni, Alpomish sport majmuyi, madaniyat va maʼrifat markazi faoliyati koʻrsatishadi. Hozirda shaharda 55 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan "Nikoh saroyi", suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan "Guliston" choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va boshqalar bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.
Gullar-
Gulsapsar-(Iris sogdiana) gulsapsardoshlar oilasiga mansub ko`p yillik o`t. gulsapsaar ko`p tarqalgan o`simlik bo`lib, uning bir necha yuzlab navlari mavjud. Ular gullarining rangi, hajmi va shakli bo`yicha farqlanadi. Gulsapsarning bo`yi 30-50 sm. Barglari qilichsimon, eni 1,3 sm gacha bo`ladi. Gulqo`rg`oni yirik, to`g`ri, chiroyli, uzun, bargsiz gulbandlarda 5-9 tadan joylashadi. 2-3 ta guli bir vaqtda ochiladi. Hushbo`y hidli. Rangi oq, sariq, pushti, xira qizil, zangori binafsha bo`ladi. Aprel-iyun oylarida gullaydi. Gulsapsar 3-4 yilda ildizpoyani bo`lib ekish bilan hamda urug`idan ko`payadi. Bu o`simlik Toshkent, Samarqand, Farg`ona, Buxoroda keng tarqalgan.
Gultuvak-ichiga tuproq solib, gul ko`paytiriladigan maxsus idish. Aksariyati sopoldan yasalib, bezak va sir berilmaydi. Gul va o`simliklarga moslashtirilib turli shakllarda yasaladi. Gultuvakning tubi teshik bo`ladi. Solingan suv tuproqqa shimilib, gultuvakning tagiga quyilgan idishga tushadi.
Gulxan-
Gulzor- bog` va xiyobonlarni, yo`l bo`ylarini, binolar oldini bezash uchun manzarali o`simlik va gullar ekiladigan maydon. Gulzorlar aniq geometric shaklda yoki tabiiy yer bo`lagi shaklida bo`ladi. Gulzor uchun bir yillik yoki ko`p yillik manzarali o`simliklar hamda gilamsimon o`simliklar ekiladi. Har bir maydon yoki joy uchun mos keladigan manzarali o`simliklarning alohida xillari tanlab olinadi. Bunda bir guruh o`simliklar gullab bo`lishi bilan boshqa guruh o`simliklar gullay boshlaydi, ya`ni gulzorda erta bahordan kech kuzgacha gullar ochilib turadi. Gulzorning hajmi, shakli va unda o`sadigan manzarali o`simliklar gulzor o`rnashgan joyga har tomonlama mos kelishi lozim.
Guruch — sholini oqlab olinadigan asosiy don, oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Sholi oqlanganda silliq, yirik guruch bilan birga oqshoq ham tushadi. Guruchning qaysi navli sholidan olinishiga qarab turlari koʻp. Masalan, devzira, jaydari, avangard, alanga, gulzor, qizil guruch va boshqalar. Vatani Osiyo boʻlib, shu qitʼada yashovchi xalqlarning pazandachiligida asosiy masalliq, hisoblanadi. Guruchdan toʻyimli, tez hazm boʻladigan taomlar tayyorlanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin