Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə82/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ilm-fan-
Ilon- o‘ziga xos tana tuzilishiga ega bo‘lgan, o‘lchami 20 sm dan 10 m gacha etadigan hayvondir. Ilonning 2700 ga yaqin turi ma’lum. Tanasi har xil yo‘g‘onlikda bo‘yiga cho‘zilgan. Dumi hamisha tanasidan kalta. Oyog‘i bo‘lmaydi. O‘ziga xos ajoyib harakatlanish usuli, xatti-harakatlari, zahar tishlari va harakatsiz tik qarab turishi tufayli ilonlar haqida qanchadan-qancha ertak va afsonalar to‘qilgan hamda ko‘p xalqlar orasida ilondan qo‘rqish hissi paydo bo‘lgan. Ilonlarning asosiy sezgi organi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag‘idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha sekund havoda yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o‘ynatadi va ichiga tortib oladi va u havoda paydo bo‘ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida ma`lumot oladi va shunga qarab o‘ljasining qayerda joylashganligi yoki suv manbaining qayerdaligi haqida bilib oladi. Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, ko‘p-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi. Suvli mevalar, masalan, pomidorlarni yutib yuborgan hollari ham bo‘lgan. Aftidan ular organizmni suv bilan ta’minlash maqsadida shunday qilishsa kerak. Tuxum qo‘yib yoki tirik tug‘ib ko‘payadi. Bir yilda bir marta tuxum qo‘yadi. Yosh ilonlar kattalariga nisbatan ancha ochiq rangli bo‘ladi.
Ilon zahri- zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hidsiz tiniq suyuqlik. Ilon zahri turlicha bo`ladi. Ulardan biri odam yoki hayvonni oʻldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Koʻzoynakli ilon zaharidan nervga taʼsir etadigan modda — neytrotoksin, koʻlbor ilon va charx ilon zaharidan bir qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlanishida ana shu maxsus toksinlar va baʼzi fermentlar asosiy rol oʻynaydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan qorongʻi joyda saklangan ilon zahri 15—20 yilgacha barcha xossalarini saqlab qoladi. Oʻrta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining organizmga taʼsiri ham bir xil emas, mas, koʻzoynakli ilon zahari, asosan, nerv sistemasiga, koʻlbor ilon, charx ilon va boʻsh ilon zahari esa, asosan, qon tomir devori va qonga taʼsir etadi. Bu ilonlar chaqqanda jarohatlangan joy va uning atrofi shishadi va qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Ilon zahrining taʼsiri odamning qaysi joyini ilon chaqqaniga ham bogʻliq. Koʻkrak yoki boʻyinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu qismda yirik qon tomirlar koʻp. Ilon chaqqanda koʻriladigan eng asosiy choralardan biri organizmga kirgan zahar miqdorini kamaytirishdir. Buning uchun ilon chaqqan joy mahkam ushlanadi va qattiq siqib, jarohatdan qon chiqariladi. Qonni ogʻiz bilan ham soʻrib olish mumkin, lekin ogʻiz boʻshligʻida yara-chaqa boʻlmasligi kerak. Ilon oyoq yoki qoʻlni chaqsa, zahar badanga tez tarqalmasligi uchun, ularni mutlaqo qimirlatmaslik kerak. Qaysi ilon chaqsa, organizmga oʻshaning zaharidan tayyorlangan maxsus zardob yuboriladi. Bunday zardoblar Toshkentdagi Vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida tayyorlanadi. Ilonlardan har 25—30 kunda bir marta zahar olinadi. Oʻzbekistonda uchraydigan ilonlardan ko`zoynakli ilon (kapcha ilon) va koʻlbor ilon (gyurza)da koʻp, charx ilon va boʻsh ilon (qalqontumshuq ilon)da kamroq, choʻl qora iloni (gadyuka)da juda kam zahar boʻladi.
Ilonbaliq- karpsimonlar turkumiga mansub baliq bo`lib, chuchuk suvda yashaydi. Gavdasi choʻziq, yalangʻoch, uzunligi 1 — 1,5 m, vazni 40 kg gacha yetadi. Yuzilishi ilonga o`xshagani uchun nomi shundan olingan. Orqa va qorin suzgichlari yoʻq. Juda katta anal suzgichining toʻlqinsimon tebranishi tufayli suvda suzadi. Ilon baliqning ayrim turlari o`zidan elektr tokini chiqaradi. Ilon baliq ovlanadi. Baʼzan katta akvariumlarda boqiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin