Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə78/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Haykal-
Hayvon- hayvonot dunyos i (AshtaNa) — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. H.ning bundan 1 — 1,5 mlrd yil ilgari okean suvida paydo bo`lganligi taxmin qilinadi. Hayvonlar juda bturli-tumandir. Ularning kattaligi ham turlicha bo`ladi. Hayvonlar yashash muhitiga ko`ra quruqlikda yashovchi, suvda yashovchi, suvda va quruqlikda yashovchi kabi turlarga bo`linadi. Hayvonlar oziqlanishigta ko`ra esa o`txo`r hayvonlar, go`shtxo`r hayvonlar va parazitlik qiluvchi kabi turlarga bo`linadi. Barcha hayvonlar dastlab yovvoyi holda yashashgan. Keyionchalik esa ayrim hayvonlar xonakilashtirilgan va hozirda ular uy hayvonlari sifatida turli maqsadlarda boqiladi.
Hayvonot bog`i-
Hayvonot dunyosi-
Hid- biror narsadan taralayotgan ifor. Burun havoda tarqalayotgan hidni sezadi. Hid gaz holatida bo`loadi.
Hilol oy-
Himolay tog` tizmasi-(sanskritcha himalaya — qorlar makoni degan ma`noni biliradi) — Yer sharidagi eng baland togʻ sistemasi, Hindiston, Xitoy, Nepal, Butan va Pokiston hududlarida, shimolda Tibet togʻligi bilan janubda Hindgang tekisligi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 2400 km dan ziyod, eni 350 km gacha cho`zilgan. Tizmalarining oʻrtacha balandligi 6000 m, eng baland joyi 8848 m. 11 ta choʻqqisining balandligi 8000 m dan ziyod. Himolay Hindgang tekisligidan 3 yirik pogʻona shaklida tik koʻtarilgan. 1-pogona daryolar daralari bilan kuchli parchalab yuborilgan Sivalik (Old Himolay, oʻrtacha balandligi 900–1200 m) tizmasidan iborat. 2-pogʻonadagi alohida togʻ massivlari va tizmalardan iborat Kichik (Past) Himolay togʻlari 3-pogʻonadagi Katta (Baland) yoki Bosh Himolay tizmasidan togʻ oraligʻi botiqlari va qadimgi muzlik soyliklari (Katmandu, Srinagar va boshqalar) bilan ajralgan. Himolay gʻarbida 1800–2200 m balandlikda Hindistonning koʻplab iqlim kurortlari joylashgan. Sharqiy qismi musson rejimli nisbatan issiq va nam iqlimli. Yozda 1500 m dan baland yon bagʻirlarda havo harorati +35°, vodiylarda +45° gacha koʻtariladi. Yomgʻir deyarli toʻxtamay yogʻadi. Daryo va soylar, asosan, Himolay ning janubiy yon bagʻirlarida koʻp boʻlib, yuqori qismida qor va muzliklardan, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi.
Hind okeani- kattaligi jihatidan dunyodagi uchinchi yirik okean. Yer maydonining taxminan 20% egallagan. G`arbdan Afrika va Arabiston yarimoroli, shimoldan Osiyo, sharqdan esa Hindiston yarimoroli, Zond orollari va Avstraliya bilan o`ralgan. Hind okeani — Dunyo okeanining bir qismini tashkil etadi. Janubiy qismida Hind okeani Atlantika va Tinch okeanlari bilan katta masofada tutashib turadi. Shimolidan Osiyo, g`arbdan Afrika va janubidan Antarktida o`rab turadi. Hind okeanining o`rtacha chuqurligi 3711 m, eng chuqur joyi 7729 m (Zond botig`i). Hind okeanida orol kam. Eng katta orollari — Madagaskar, Shri Lanka, Sokotra, Tasmaniya. Okeanning o`rta qismida vulkan orollar: Maskaren, Qamar, Andaman, Nikobar, Kergelen va boshqa bor. Tropik mintaqalardagi suv osti vul-kan tog`larida marjon orollar ko`tarilib turadi: Maldiv, Lakkodiv, Chagos orollari va boshqalar. Hind okeani juda katta masofada Antarktida bilan tutashib tursada, boshqa okeanlarga nisbatan ancha iliq. Chunki janubiy tropik chizig`i okeanning deyarli o`rta qismidan kesib o`tadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin