Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə86/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ipak qurti kapalagi-
Ipak tola-
Irmoq-katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, irmoq oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va boshqa ichki suv havzalariga quyiladigan daryolar ham baʼzan irmoq deyiladi.
Isfara daryosi-(yuqori oqimida Oqsuv, oʻrta oqimida Karavshan) — Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston respublikalaridagi daryo. Turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻridagi Oqsuv muzligidan boshlanadi. Kishmishsoy bilan qoʻshilgach, Isfara nomini oladi. Isfaraning muzliklardan boshlanadigan 60 ga yaqin mayda irmogʻi bor. Konibodom shahridan 7—8 km janubi-sharqda Fargʻona vodiysining tekislik qismiga chiqadi. Daryoning uzunligi 107 km, havzasining maydoni 3240 km². Isfara havzasida 210 ta muzlik bor, ularning eng kattalari Oqsuv (maydoni 17,4 km²) va Jiltiq (maydoni 21,4 km²) muzliklaridir. Isfara, asosan, muzliklardan suvlaridan toʻyinadi. Isfara Fargʻona vodiysiga yiliga oʻrtacha 290 ming t loyqa keltiradi. Isfara suvining hammasi sugʻorishga sarf boʻlganligi uchun Sirdaryoga yetib bormaydi. Isfara daryosi boʻyida Qirgʻizistonning Jiltiq, Tamingen ovullari, Tojikistonning Isfara shahri, Toshqoʻrgʻon, Surx, Xonobod, Neftobod, Rabot qishloqlari joylashgan.
Isfayramsoy daryosi-(Isfayram), Ispayram — Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikalaridagi daryo, Sirdaryoning chap irmogʻi. Yuqori oqimida Tengizboy deb nomlanadi. Kichik Olay (uz. 33 km), Surmatosh (33 km), Tegirmachsoy (26 km), Koʻlsoy (21 km), Poʻmsoy (19 km) kabi yirik irmoqlari va 60 ga yaqin mayda irmoklari bor. Uzunligi 122 km. Isfayramsoy xavzasida umumiy maydoni 134,6 km² boʻlgan 72 ta muzlik bor. Oʻrta va yuqori oqimida juda koʻp mayda togʻ koʻllari joylashgan. Ulardan eng yirigi Zarkoʻldir. Isfayramsoy, asosan, muzlik, qor va qisman yomgʻir, yer osti suvlaridan toʻyinadi. Daryo Fargʻona vodiysiga yiliga 160 ming t oqiziq keltiradi. Suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi, Sir-daryogacha (chapdan) yetib bormaydi. Havo haroratining keskin koʻtarilishi oqibatida muzliklar va qor qoplami jadal erib, Isfayramsoy havzasidagi koʻllarda suv sathining keskin ortishi va toʻgʻonlarni buzib oʻtishi natijasida falokatli sel toshqinlari ham boʻlib turadi. Isfayramsoy boʻyida Oʻzbekistonning Quvasoy shahri Qirgʻizistonning Langar, Maliksuv, Maydon, Uchqoʻrgʻon va boshqa qishloqlari joylashgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin