Jo`mrak- Jomolungma cho`qqisi-(boshqa nomlari: Everest, Sagarmatxa) — Yer yuzidagi eng baland choʻqqi, Himolay togʻlarida, Nepal va Xitoy chegarasida joylashgan. Jomolungma qisman Sagarmatxa (Nepal) milliy bogʻi tarkibidadir. Balandligi 8848 metr. Shakli piramidasimon. Togʻ tepasidan atrofga 5000 m balandlikkacha muzliklar oqib tushgan. Janubiy yon bagʻri tik boʻlgani uchun bu yerda qor turmaydi. Jomolungma choʻqqisiga 1953-yilning 29-mayida J.Xant boshliq ingliz ekspeditsiyasi aʼzolari — nepallik Tensing va yangizelandiyalik E.Xillari chiqib yetdilar. Ayollardan birinchi boʻlib yaponiyalik alpinist Y. Tabey (1976) chiqqan. 1998-yilning 22-mayida 11 kishidan iborat Oʻzbekiston alpinistlari Jomolungma choʻqqisini zabt etdilar.
Jonli tabiat- Jonsiz tabiat- Jonzot- Juma-(arabcha— jam boʻlish degan ma`noni bildiradi) payshanba va shanba orasidagi hafta kuni. Grigoriy kalendarida hafta tarkibiga kirgan kunlardan beshinchisining nomi, musulmonlar taqvimida esa oltinchi kun nomi. Islom dinida "sayyid ul-ayyom" — kunlarning ulugʻi sifatida eʼzozlanadi. Juma kuni peshin namozi oʻrniga juma namozi oʻqiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mavʼiza (diniy vaʼz) oʻqiydilar. Soʻng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida juma kunini dam olish kuni deb belgilagan boʻlsalarda, asli bu kunda dam olish shart emas. Chunki Qurʼoni karimning "Jumʼa" surasida: "Juma namozini oʻqib boʻlganlaringizdan keyin (kasb-hunar, savdo-sotiq ishlaringiz sari) tarqab ketingizlar va Allohning fazli (rizqi)ni soʻrangizlar" deyilgan.
Jumagul- Jun-sut emizuvchilarning yigiriluvchan yoki namatlanish sifatlariga ega bo`lgan (qil) tuk qoplami. Ko`pgina hayvonlar tanasi jun bilan qoplangan. Jun ularni tashqi muhitdan himoya qiladi. Sanoatda jundan keng foydalaniladi. Jun jonivorlardan qirqib olinadigan (echki, qo`y), tarab olinadigan (tuya, it, quyon momig`i) yoki tullash paytida yig`ib olinadigan turlarga bo`linadi.