Jildirbos ko`li-Orol dengizining janubiy qirg`og`idagi botqoqlashgan ko`l. ushbu ko`l Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida joylashgan. 1960-yillar boshigacha Orol dengizining qo`ltig`I bo`lgan. Dengiz qurib borishi tufayli quruqlikka aylangan. Lekin Amudaryoning o`ng irmog`I va 2 ta tashlama orqali zovur suvining kelib tushushi natijasida qurigan qo`ltiq o`rnida ko`l vujudga kelgan (2000). Ko`lning sathi o`zgaruvchan. Ortacha chuqurligi 1-3 m, uzunligi 45 km. Ko`l baliqlari ovlanadi.
Jilg`a-yilgʻa — uncha baland boʻlmagan togʻ yon bagʻirlarida qor-yomgʻir suvlari hamda buloqlardan vujudga kelgan oqar suvlar, kichik soy, daryocha. Oʻrta Osiyoda koʻpgina jilg`alar yozda qurib qoladi. Tarixiy manbalarda (chunonchi "Boburnoma"da) vodiy, soylik julga deb atalgan.
Jingalak-
Po`st- Jirafa- Afrika savannalarida yashovchi sutemizuvchi hayvon bo`lib, bo`yi 5.5 metrgacha yetadi. Katta jirafaning vazni 1000 kg atrofida. Uning yaxshi ko`rgan ozuqasi akatsiya va boshqa daraxtlarning tepa qismi sanaladi. Olimlarning fikricha, evolutsiya jarayonida ular aynan bo`ynining uzunligi sabab yashab qolgan. Bu narsa boshqa o`txo`r hayvonlar bilan raqobatlashuvda va yirtqichlarni uzoqdan ko`rishga yordam beradi. Jirafalar 10-12 tadan pod abo`lib yashaydi. Boshida teri bilan qoplangan 2-6 ta kalta suyak shoxlari bor. Jirafalar soatiga 45-50 km tezlik bilan yugura oladi.
Jism-ma`lum joyni egallab, ishg`ol qilib turgan modda. Masalan, qattiq jismlar, suyuq jismlar, gazsimon jismlar. Jismning tana, jism, vujud, tan degan ma`nolari ham bor.
Jismoniy mehnat- Jiyda-(Elaeagnus ) jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Jiydaning Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda jiydaning qargʻajiyda (yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi, tikanakli jiyda, kumushsimon jiyda, non jiyda kabi turlari oʻsadi. Sharq jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang . Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz bo`ladi. Guli sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti unsimon, xushxoʻr. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi. Jiyda qurgʻoqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va shoʻr tuproqlarda ham oʻsaveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan koʻpayadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi esa sentabr—oktabrda pishadi. Bir tup jiyda 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda 60—80 yilgacha yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, oʻrta boʻyli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi oʻsadi va u serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizgʻish-qoʻngʻir rangli. Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbekiston, Tojikiston va koʻpgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bogʻlarida havaskorlar ekadi. Koʻproq yoʻl yoqalari, kanal boʻylari, dala-ihota oʻrmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.