Ingichka ichak- odam va umurtqa li hayvonlar ichagining bir qismi bo`lib, meʼda bilan yoʻgʻon ichak oraligʻida joylashgan. Ingichka ichak hazm yoʻlining eng uzun qismi, u meʼdaning oxirgi chiqish qismidan boshlanib, yoʻgʻon ichakning boshlangʻich qismigacha davom etadi. Ingichka ichakning uzunligi 5–6 m bo`ladi. Ingichka ichak oʻnikki barmoqichak, och ichak va yonbosh ichakdan iborat. Oʻn ikki barmoq ichak Ingichka ichakning boshlangʻich qismi boʻlib, uzunligi 25—30 sm (taxminan 12 barmoq enicha), shakli taqaga oʻxshash. Oʻn ikki barmoq ichakdan och ichak boshlanib, Ingichka ichakning beshdan ikki qismini tashkil etadi. Och ichak yonbosh ichakka ulanib ketadi. U Ingichka ichakning beshdan uch qismiga teng . Ingichka ichakning hamma qismida ichak shirasi ishlab chiqaradigan bezlar boʻlib, ular ovqat parchalanishida muhim rol oʻynaydi.
Institut-(lotincha institutum — „oʻrnatish“) maʼlum turdagi muassasalarni taʼriflovchi atama. Institut turli ixtisoslashgan oʻquv yurtlari (oʻrta, oliy, malaka oshirish tizimi), institut, loyihalash va boshqa muassasalarning nomi.
Internet-(lotincha inter – aro va net (work) – tarmoq degan ma`noni bildiradi) — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoklarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼi nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga informatsiyani saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar(matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va boshqa koʻrinishlar)da informatsiya almashinishga imkon yaratadi. Internet tizimi 20-asrning 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzil-malarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. Bugungi kunda internet jadal suratlarda rivojlanmoqda.